O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tirishqoqlik - psixik holat sifatida qiyinchiliklarni uzoq muddat davomida 
yengib o'tish, xatti-harakatni nazorat qilishdan va uni rejalashtirilgan (ko'zda 
tutilgan) natijaga erishishga yo'naltirishdan iborat. Bu maqsadga erishishga xizmat 
qiladigan nimaiki bo'lsa, ya'ni to'siqlarni yengib o'tishda tadbirkorlik, 
uddaburonlik, epchillikni namoyon qilish, shularning barchasiga tanlovchan 
munosabatda bo'lish holatidir. Tirishqoqlikni - uddaburon bo'la olmaslik, o'z 
faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo'lmaslik, ob'ektiv sharoitlarga zid keluvchi 
qaysarlik holatidan farqlash lozim bo'ladi. 
Vazminlik holati - faoliyat jarayonida odamga, uning xatti-harakatini 
kutilmagan (istalmagan) yo'nalishlarga undovchi, turli xil turtkilar ta'sir qiladi. 
Bunday salbiy (istalmagan) xatti-harakatlarni to'xtatib qolish, kuchli irodaviy zo'r 
berishni talab qiladigan vazminlik holatining, o'zini-o'zi tuta bilishning mazmuni 
hisoblanadi. Bu zo'r berish hissiyotni aql-idrok tomonidan bosib turishga 
yo'naltirilgan bo'ladi. 


183 
Vazminlikni e'tiborsizlik, beparvolik, hissiy idrok qila bilmaslik bilan 
aralashtirib yubormaslik kerak. Vazminlik kuchli hissiy ta'sirlarga oqilona 
asoslangan munosabatda (reaktsiyada) bo'lishni taqozo qiladi. Agar, tergovchi 
masalani nazokat bilan, mohirona ko'yishning o'rniga stolga mushtlab gapirsa, 
bunday holatda u o'zini tuta olmagan bo'ladi. Vazminlik bu irodaning tormozlovchi 
funktsiyasi namoyon bo'ladigan holatdir. Bu - nazorat qilinadigan xulq holatidir. 
Faoliyatni irodaviy boshqarish o'zida psixik holatlarning ma'lum bir 
dinamikasini namoyon qiladi. Barcha irodaviy holatlar shaxsning tegishli irodaviy 
sifatlari bilan bog'liq. Ayrim irodaviy holatlarda uzoq muddat bo'lish tajribasi, 
shaxsda, keyinchalik uning irodaviy holatiga ta'sir qiluvchi tegishli sifatlarning 
shakllanishiga olib keladi. 
Shunday qilib, xulqni irodaviy boshqarish - bu xulqning odamni hayotiy 
pozitsiyalari, uning qadriyatli oriyentatsiyasi tizimiga bo'ysundirilishidir. 
Irodaviy 
boshqarish 
ijtimoiy 
muhit 
talablari 
bilan 
shartlanadi. 
Umumlashtirilgan holda shuni aytish mumkinki, odam o'zida, unga boshqa 
odamlar tomonidan imkon berilgan xulq namunalarini namoyon qiladi. 
Faoliyatni, xulqni irodaviy, ongli boshqarish, odam psixikasining hissiy 
jihatlariga qarshi qo'yilmaydi. Ahamiyatli maqsadlarni qo'yish va ularga 
muvaffaqiyatli erishish, chuqur hislar bilan bezatiladi. Iroda umuman barcha 
hissiyotlarga emas, balki odam oqilona xulqni namoyon qilishiga halaqit beradigan 
impulьsiv hissiy jo'shqinlikka qarshi turadi. Odam uchun hissiyot emas, balki 
hissiy jihatlarning avtonomlashib qolishi, uning ongli nazorat ostidan chiqib ketishi 
xavflidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling