O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sintoniya
Hissiy xayrixohlik - predmetli muhitda ro'y berayotgan joriy o'zgarishlarga
bildiriladigan operativ hissiy munosabat (go'zal manzarani ko'rib qolgan vaqtda hissiy xayrixohlik yuzaga keladi)dir. Hissiy xayrixohlik odamning hissiy qo'zg'alishi, uning hissiy tonusi bilan belgilanadi. Hissiy xayrixohlikning turlaridan biri sintoniyadir. Sintoniya - boshqa odamlarning hissiy holatini birga kechinish; ularga xayrixoh bo'lish - odamning muhim ijtimoiy sifatidir. 1 Idiosinkraziya - metal buyumlarning bir-biriga ishqalanishidan chiqaradigan tovush. 189 Hissiy hamkorlik, hamfikrlik, hamdardlikka qobiliyat odamning qanday tarbiyalanganligiga bog'liq bo'ladi. Yetarlicha emotsional aloqa bo'lmagan sharoitlarda tarbiyalangan odamlar yoki emotsional aloqalar xaddan ziyod ortiqcha bo'lgan sharoitlarda tarbiyalangan odamlar, hissiy hamdardlikka noqodir bo'lib qoladilar. Kayfiyat - psixik faoliyatni kuchaytiruvchi yoki kuchsizlantiruvchi, vaziyatli shartlangan turg'un hissiy holatdir. Kayfiyat - odamning hayotiy faoliyatini umumiy tonusi (tuzilishini) belgilab beruvchi hayotiy sezgilarining hissiy integratsiyasidir. Kayfiyat individning shaxsiy jihatlariga, uning asosiy qadriyatlari, ishdagi muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi, qulay yoki noqulay sharoit, odamlarning o'zaro munosabatlaridagi madaniyat darajasi, o'zini-o'zi his qilishi va sh.k.larga taalluqli ta'sirlar orqali yuzaga keladi. Kayfiyatning sababi hamma vaqt ham anglanavermasada, lekin u doimo sababiy shartlangan bo'ladi. Kayfiyatda hissiyot va hislarning undovchi funktsiyasi, ularning odam faoliyatiga ta'siri namoyon bo'ladi. Barcha boshqa emotsional (hissiy) holatlar kabi kayfiyat ham ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin va ma'lum bir jadallik, ifodalanish, zo'riqish va turg'unlikka ega bo'ladi. Hissiyotlar yoki hislar ta'siri ostida kuzatiladigan psixik faollikni eng yuqori darajasi ko'tarinki ruh, zavq-shavq, ilhom, eng past darajasi esa - apatiya deyiladi. Salbiy ta'sirlar tufayli yuzaga keladigan psixik faoliyatning arzimagan buzilishi - dilsiyohlik holatini yuzaga keltiradi. Salbiy kayfiyatni to'xtatib qo'yishni bilish zarur va doimo, “qora tun ortidan yorug' kunlar kelishini” yodda tutish lozim, hayotning quvonchli kunlari va ijodiy ko'tarinkilik onlari shubhasiz keladi. Past kayfiyat, ko'pincha odam organizmidagi oddiy bioximik, psixofiziologik jarayonlar, noqulay atmosfera ta'siri yoki mazkur individning hissiy sikllari tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Turli emotsiogen ta'sirlar ostida ham odamning hissiy turg'unligi kuzatiladi. Bu, uni xulqining turg'unligida namoyon bo'ladi. Qiyinchiliklarga chidamlilik (turg'unlik), boshqa odamlar xulqiga toqatlilik - tolerantlik (lot. tolerantio - sabr - toqat, bardosh, chidam) deyiladi. Odam tajribasida u yoki bu kayfiyatning ustunligi, unda shu kayfiyatni turg'un bo'lib qolishiga olib keladi, bu esa uning uchun xarakterli bo'lib qoladi. Yaxshi kayfiyatni qadriga yetish kerak va uni odat qilib olish lozim. U faol, sermahsul faoliyatga undaydi, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilaydi. Odam ma'lum darajada o'z kayfiyatini boshqarishi, o'z onggini hayotning ijobiy tomonlariga, uni yanada yaxshilash istiqbollariga yo'naltirishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling