O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 §. Oliy hislar - hissiyot
Frustratsiya (lot. frustratic - muvaffaqiyatsizlik, aldov) - oliy ahamiyatga
ega bo'lgan maqsadlarga erishish yo'lida kutilmaganda yuzaga kelgan, yengib bo'lmaydigan to'siqlar, umidlarning barbod bo'lishi bilan bog'liq ravishda yuzaga keladigan salbiy-emotsional nizoli holatdir. Frustratsiya - ko'pincha frustratsiya manbaiga, frustratorga qarshi yo'naltirilgan, tajovuzkorona xulq bilan bog'liq bo'ladi. Frustratsiya, sababini bartaraf etib bo'lmaslik holatlarida (boy berilgan narsa, imkoniyatlarni qaytarib bo'lmasligida) psixikaning sezilarli va davomli buzilishi (xotira, mantiqiy tafakkur qobiliyati va b.q.) bilan bog'liq bo'lgan chuqur depressiv holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Frustratsiyani aniqlab, belgilab bo'lmaslik, ya'ni uning qiyinligi, odam bunday holat sababini bartaraf eta olmasligi bilan bog'liq. Shuning uchun, odam frustratsiya holatida qandaydir kompensatsiya qiluvchi (o'rnini to'ldiruvchi) yechimlar qidiradi, hayol, orzular olamiga kirib ketadi, gohida psixik rivojlanishning ancha oldingi bosqichlariga qaytadi (regressiya qiladi). 5 §. Oliy hislar - hissiyot His - ijtimoiy ahamiyatli hodisalarni aks ettirishning hissiyotli shaklidir. Ular u yoki bu sharoitni, mazkur odamning shaxs sifatidagi hayotiy faoliyati jihatlariga qay darajada mos kelishi yoki mos kelmasligi bilan yuzaga keladi. Agar, tuban, vaziyatli hissiyotlar biologik ehtiyojlarni qondirilishi bilan bog'liq bo'lsa, oliy hissiyot (his) esa - shaxsiy, ijtimoiy ahamiyatli qadriyatlar bilan bog'liq. His - shaxsning asosiy (bazaviy) emotsional-mazmuniy jihatidir. Ular biologik shartlangan hissiyotlardan, kelib chiqishiga ko'ra farqlanadi, individ tomonidan ijtimoiy qadriyatlarning o'zlashtirilishi (internalizatsiyalanishi) darajasiga ko'ra shakllanadi. “Men uchun ahamiyatli” holat, hislar “Biz uchun ahamiyatli” tarzda o'zgartiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ahamiyatli hodisalarni individning emotsional jihatlariga o'tkazishdan iborat bo'ladi. Ijtimoiylashuvdagi kamchilik, nuqsonlar (defektlar) - individning asosiy (bazaviy) hislarining shakllanganligi, uning quyi hissiyotlar stixiyasi (inson irodasiga bo'ysun-maydigan qudratli ijtimoiy hayot hodisasi)ga vaziyatli tobeligida kuzatiladi. Odamning hislari iyerarxik tuzilgan bo'ladi. Har bir individda uning shaxsiy yo'nalganligini belgilab beruvchi ustivor hislari mavjud. Ular odamni voqelik bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarining turli jihatlarini boshqarib turadi. Hislarning iyerarxiyasi shaxsning motivatsion jihatlarini belgilab beradi. Praksik, axloqiy, estetik va bilish hislari farqlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling