O'zbekiston respublikasi profi universitety
Affektiv holatlar turli shakllarda namoyon bo’ladi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Affektiv holatlar turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ularning ayrimlarini
ko'rib chiqamiz. Qo'rquv - organizmni hayotiy faoliyatining keskin o'zgarishida namoyon bo'ladigan xavfga shartsiz reflektor emotsional reaktsiyasidir. Qo'rquv biologik 194 himoya mexanizmi sifatida yuzaga kelgan. Hayvonlar organizm yaxlitligiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan, tezlik bilan yaqinlashib kelayotgan har qanday ob'ektdan instinktiv ravishda qo'rqadi. Sivilizatsiya sharoitida ular biroz o'zgargan bo'lsada, lekin tug'ma qo'rquvlardan ko'pchiligi odamlarda ham saqlanib qolgan. Ko'pchilik odamlarda qo'rquv muskul tonusini pasayishiga olib keladigan astenik hissiyot bo'lib, bunda yuz niqob ko'rinishidagi ifodani oladi. Ko'pchilik hollarda qo'rquv kuchli simpatik (yondosh) ko'rinishlarni: qichqirish, qochish, g'ayritabiiy xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Qo'rquvning xarakterli alomatlari - badan muskullarining titrashi, og'iz-tomoqning qurishi (tovushning xirillashi va pasayib, yo'qolib ketishi shundan), tomir urishining keskin tezlashishi, qonda qand miqdorining ortishi va sh.k.dir. Bunda gipotalamus neyrosekretlar (sekretsiya bezlari garmonlari ajratib chiqara boshlaydi, gopofizni adrenokortikotrop garmonini ajratib chiqaruvchi faolligi kuchayadi. Bu garmon qo'rquvning o'ziga xos sindromlarini yuzaga keltiradi. Qo'rquvning ijtimoiy shartlangan sabablari - jamoatchilik tanbehi xavfi, uzoq muddat qilingan ish natijalarini yo'qotish, shanning kamsitilishi va shu kabilar. Qo'rquvning affektga o'tuvchi eng yuqori darajasi - dahshatdir. Dahshat - ongning keskin buzilishi (aqlsiz qo'rquv), dong qotib qolish. Adrenalin miqdorining haddan tashqari ortiqcha bo'lishligi tufayli bu holatning yuzaga kelish ehtimoli taxmin qilinadi. Bu holat tartibsiz muskul qo'zg'alishi (“harakat bo'roni”) kabilar kuzatiladi. Dahshat holatida odam hujum xavfi darajasini orttirib boholashi va uning o'zini himoya qilishi ham real xavfga mos kelmaydigan xaddan ortiqcha bo'lishi mumkin. Xavfli zo'ravonlik tufayli yuzaga kelgan qo'rquv hissi, o'zini-o'zi himoya qilish instinktiga asoslangan, shartsiz reflektor javob xatti-harakatlariga undaydi. Shuning uchun ham bunday xatti-harakatlar qator hollarda jinoyat tarkibini tashkil qilmaydi. Psixikasi zaiflashgan shaxslar (psixosteniklar), xavfning ma'lum bir turlariga nisbatan gipertrofiyalashgan, hayolda mustahkam o'rnashib olgan tasavvurlar - fobiya (balandlikdan, o'tkir narsalardan va sh.k. qo'rqish)larga ega bo'ladilar. Qo'rquv – ko'pincha, kuchliroq odamlar tomonidan keladigan xavfga passiv himoya reaktsiyasidir. Agar xavf tahdidi nisbatan zaif odam tomonidan kelayotgan bo'lsa, unda reaktsiya tajovuzkor, hujumkor xarakter kashf etishi - g'azab, nafratga aylanishi mumkin. G'azablangan holatda odam oniy, ko'pincha impulьsiv xatti-harakatga moyil bo'ladi. Haddan tashqari ko'tarinki muskul qo'zg'alishi, o'zini yetarlicha tuta olmaslik holatida osongina, juda kuchli xatti-harakatlarga aylanadi. G'azab tahdid soluvchi (vajohatli) mimika, hujumkor poza bilan kuzatiladi. G'azab holatida odam ob'ektiv mulohaza qila olmaydi, kam nazorat qilinadigan xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Qo'rquv va g'azab affekt darajasiga yetishi mumkin, lekin ular kam deganda hissiy zo'riqish darajasida ifodalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling