O'zbekiston respublikasi profi universitety


Affektni bartaraf etish usullariga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Affektni bartaraf etish usullariga - harakat reaktsiyalarini ixtiyoriy 
to'xtatib qolish, sharoitni, vaziyatni almashtirish, faoliyatni boshqa turiga o'tish 
kabilar misol bo'ladi. 
Biroq, salbiy affektlarni yengib o'tishning eng muhim sharti - shaxsning 
ma'naviy 
sifatlari, 
uning 
tarbiyalanganligidir. 
Affekt 
xulqning 
adaptiv 
vositalarining taqchilligida yuzaga keladi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari 
muvozanatsiz bo'lgan odamlar affektlarga ko'proq moyil bo'ladilar, lekin bu 
moyillikni o'zini-o'zi tarbiyalash yo'li bilan yengib o'tish mumkin. 
Affekt shikast yetkazuvchi vaziyatlar haqida o'ylash (eslash), shuningdek, 
salbiy hissiyotlarning yig'ilib qolishi natijasida (izli affekt) ham yuzaga kelishi 
mumkin.
Affektiv xatti-harakatlar hissiy-impulьsivdir, ya'ni hissiyotlar bilan 
uyg'onadi. Ular anglangan motivga ega bo'lmaydilar. Shaxsni butunlay qamrab 
oladigan, kuchli hissiyotlar, o'z-o'zidan xatti-harakatga undovchi hisoblanadi.
Affekt holatidagi xatti-harakatlar muayyan, anglangan maqsadning 
bo'lmasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarda foydalanilgan vositalar o'ta 
qisqargan ong maydoniga tasoddifan tushib qolgan ob'ektlar bilan cheklanadi. 
Affektdagi xaotik xatti-harakatlarning umumiy yo'nalishi - shikast yetkazuvchi 
qo'zg'atuvchini bartaraf etishga qaratilgan bo'ladi. Affekt holatida hissiyot aqlga 
joy qoldirmaydi.
Odam xulqining irodaviy boshqarilishi faqat affekt yuzaga kelayotgan 
bosqichdagina namoyon bo'lishi mumkin. Keyinchalik esa, odamda irodaviy 
nazorat yo'qoladi. U o'z xulqini boshqara olmay qoladi. 
Affektda erishilgan natija faqat oldindan anglangan maqsad illyuziyasini 
yaratadi xolos. Agar xatti-harakatda anglangan maqsad bo'lsa, unda aynan mazkur 
alomatga ko'ra uni affekt holatida sodir etilgan deb hisoblash mumkin emas.
Affekt holati jinoyat kvalifikatsiyasi va jazo miqdorini belgilashga ta'sir qilar 
ekan, bu holatni isbot qilish talab qilinadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling