O'zbekiston respublikasi profi universitety


impulьsiv, ong osti xatti-harakatlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

impulьsiv, ong osti xatti-harakatlari bilan boshqariladi. 
Affekt holatida, faoliyatning muhim mexanizmlari - xulqiy aktni tanlashdagi 
tanlovchanligi buziladi, odamning odatiy xulqi keskin o'zgaradi, uning 
ustanovkalari va hayotiy pozitsiyalari shakli o'zgaradi, hodisa voqealar o'rtasidagi 
o'zaro a'loqalarni o'rnatishga qobiliyat buziladi, ongda qandaydir bitta, ko'pincha 
noto'g'ri (buzilgan) tasavvur ustunlik qila boshlaydi.
Affekt holatida “ongning bunday torayishi” neyrofiziologik nuqtai 
nazardan, qo'zg'alish va tormozlanishning normal o'zaro munosabatining buzilishi 
bilan bog'liq bo'ladi. Affekt holatida dastavval tormozlanish jarayoni jabr ko'radi, 
qo'zg'alish tartibsiz holda miyaning qobiq osti zonalariga tarqala boshlaydi, 
hissiyotlarning ong tomonidan nazorat qilinishi yo'qoladi.
Affekt holatida qobiq osti tuzilishlari ma'lum bir avtonomiya kashf etadi. U 
jo'shqin, sodda reaktsiyalarda ifodalanadi. Affekt nerv jarayonlari muvozanatining 
keskin buzilishini, nerv jarayonlarining “to'qnashuvi”ni yuzaga keltiradi. Nerv 
bog'lamlari tizimida ko'chishlarning ro'y berishi, qonni ximiyaviy tarkibining 
sezilarli darajada o'zgarishi, vegetativ nerv sistemasi faoliyatining va yurak 
faoliyatining sezilarli darajada buzilishi, psixomotor boshqarish (imo-ishoralar, 
jestikulyatsiya, maxsus mimik ifodalar, keskin qichqiriq, yig'i va sh.k) kabilar bilan 
kuzatiladi. Affekt holati ongning ravshanligining buzilishi bilan bog'lik va juz'iy 
amneziya - xotiraning qisman buzilishi bilan kuzatiladi.


193 
Affektni namoyon bo'lishining barcha ko'rinishlarini (qo'rquv, g'azab, alam, 
rashk o'ti, ehtiroslar tug'yoni va sh.k.) uch bosqichga farqlash mumkin:
- birinchi bosqichda, barcha psixik faoliyat keskin buziladi, voqeliqda, 
borliqda orentatsiya qilish buziladi; 
- ikkinchi bosqichda, ortiqcha qo'zg'alish keskin, yaxshi nazorat 
qilinmaydigan xatti-harakatlar bilan kuzatiladi; 
- uchinchi yakuniy bosqichda asabiy zo'riqish pasayadi, depressiya, xolsizlik 
holati (apatiya) yuzaga keladi.
Sub'ektiv ravishda, affekt, kishi tomonidan uning irodasiga bog'liq 
bo'lmagan holda, tashqaridan berilgan ta'sirdek kechiniladi. Biroq, kuchli irodaviy 
nazorat ostida affektga, uning boshlanish bosqichidayoq yo'l qo'ymaslik mumkin. 
Bunday vaziyatda ongni affektiv xulqning eng salbiy oqibatlariga qaratish muhim 
ahamiyatga ega.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling