O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Hissiyot va hislar
 
Hissiyot va hislar turlari
 
Xususiyatlari
 
Qonuniyatlari
 
Hissiyotlar
 
Hislar
 
 
 
 
1.Sezgilarning 
emotsional toni 
2.Hissiy javob 
3. Kayfiyat 
4.Nizoli emo-
tsional holatlar: 
stress, affekt, 
frustratsiya 
1. Praksik 
2. Axloqiy 
3. Estetik 
4. Intellek-
tual 
1. Sifatiga ko'ra: ijobiy va 
salbiy 
2. Xulq faolligiga ta'sir 
qilishiga ko'ra:
stenik va astenik. 
3. Xulqning ongli nazorat 
qilinishiga ta'sir 
ko'rsatishiga ko'ra: ongning 
rolini kuchaytiruvchi yoki 
chegaralovchi 
4. Chuqurligiga ko'ra
chuqur va yuzaki 
5. Jadalligiga ko'ra
kuchli va kuchsiz 
1. Yahlitligi 
2. Kontrastligi 
3. Summatsiyasi 
4. Kompensatsiya 
ko'chuvchanligi 
5. Ambivalent 
hislarning o'zaro 
ta'siri 
6. Psixosomatik 
korrelyatsiya, 
Vegetativ 
o'zgarishlar bilan 
aloqasi. 
38 – rasm. Hissiyot va hislarning turlari, xususiyatlari va qonuniyatlari 
Xulqni ongli boshqarish yetarlicha bo'lmagan holatlarda (o'rinlarda) hissiyot 
ustivorlik qiladi, albatta bu xatti-harakat qanchalik kuchli anglangan bo'lsa, 
hissiyotning ahamiyati shunchalik kam bo'ladi, degani emas. Anglangan xatti-
harakatlarda hissiyot aql bilan hamkorlikda boshqaruvchilik “vositasi”ni o'taydi. 
Irodaviy boshqarish hissiy boshqarishni inkor (bartaraf) etmaydi, u hissiyot va 
aqlning muvozanatini, odam psixik faoliyatidagi ob'ektivlik va sub'ektivlikning 
muvozanatini ta'minlaydi (38-rasm).


202 
IV QISM 
 
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA ASOSLARI 
 
I BOB 
 
IJTIMOIY PSIXOLOGIK TUShUNChALAR 
Ijtimoiy psixologiya - psixologiya fanlarining odamlarni ijtimoiy o'zaro 
munosabatlaridagi xulqi va faoliyati qonuniyatlari va xususiyatlarini o'rganuvchi 
sohasidir. 
1 §. Ijtimoiy psixologiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi 
Ijtimoiy psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya va 
sotsiologiya fanlari zaminida yuzaga keldi. Xuddi psixologiya fanida bo'lgani kabi, 
ijtimoiy psixologiyaning yuzaga kelishida ham shu fanning o'rganish ob'ekti 
bo'lmish odam va jamiyat haqidagi bilimlar uzoq davr mobaynida yig'ilib kelingan. 
Ijtimoiy psixologik g'oyalar dastavval falsafa, sotsiologiya, antropologiya, 
etnografiya va tilshunoslik kabi fanlar doirasida shakllanib kelgan. “Xalqlar 
psixologiyasi”, “Omma instinktlari” va boshqa shu kabi tushunchalar ilmiy 
muomalaga kiritilgan. Bulardan tashqari, hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasi 
mezonlari (tushunchalari, kategoriyalari) hisoblanmish ayrim ta'limot, g'oyalarni 
Platon va Aristotel ishlarida, Sharqning qomusiy mutafakkirlari Abu Nosir 
Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Husayn Voiz Koshifiy va boshq, 
frantsuz materialist - faylasuflari, utopist sotsialistlar ishlarida uchratish mumkin. 
XIX asrning o'rtalariga kelib ijtimoiy psixologiya asta-sekinlik bilan 
mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. Ayrim mualliflar uning yuzaga 
kelishini Germaniyada 1859 yilda Shteyntal va Latsaruslar tomonidan tashkil 
qilingan “Etnik psixologiya va tilshunoslik jurnali”ning nashr etila boshlaganligi 
bilan bog'laydilar.
Yevropada empirik ijtimoiy psixologiyaning yirik namoyandalari frantsuz 
yurist va sotsiologi G. Tard, frantsuz sotsiologi G. Lebon va ingliz psixologi U. 
Mak-Dugallardir. Bu olimlar XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida jamiyatning 
ijtimoiy rivojlanishini odamning ayrim psixik xususiyatlari bilan asoslashga 
harakat qilganlar. Masalan: G. Tard - taqlidchanlik bilan, G. Lebon - psixik 
ta'sirlanish (zaharlanish, yuqish) bilan, U. Mak-Dugall - instinktlar bilan bog'lagan.
G. Tard o'zining kriminologik tadqiqotlarida ijtimoiy psixologik 
tushunchalardan keng ko'lamda foydalangan
1
. G.Tard (1843-1904) kontseptsiya-
siga ko'ra, jamiyatning rivojlanishi shaxslararo ta'sir, ayniqsa taqlid qilish, odatlar, 
modalar kabi omillar bilan belgilanadi. Tardning ta'kidlashicha taqlid qilish tufayli 
1
Преступник и преступление (Жиноятчи ва жиноят). - М., 1906. Сравнительная 
преступность (Қиёсий жиноятчилик). – М., 1907.


203 
guruhli va ijtimoiy (jamoa) me'yorlari va qadriyatlari yuzaga keladi. Ularni 
o'zlashtirib borar ekan individlar jamoa hayoti sharoitlariga moslashib boradi. Quyi 
tabaqalar jon-jahdi bilan oliy tabaqalarga taqlid qilib boradi. Biroq, idealga erisha 
olmaslik ijtimoiy “muxolifat”ni (oppozitsiyani), ijtimoiy o'zaro munosabatlarning 
nizoliligini yuzaga keltiradi. G. Tard birinchilardan bo'lib olomon psixologiyasini 
individuallikni bosib yuboruvchi omil sifatida chuqur tadqiq qildi. G. Tardning 
g'oyalari ta'siri ostida tabiiy va ijtimoiy meros turlari farqlana boshlandi.
Boshqa bir frantsuz sotsiolog va psixologi Gustav Lebon (1841-1931), 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling