O'zbekiston respublikasi profi universitety


Anomiya - frants. anomi -


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Anomiya - frantsanomi - qonunning yo'qligi, ishlamasligi. 


204 
XX asrning 20-yillariga kelib nemis tadqiqotchisi Volьfrang, Mid
1
xizmatlari evaziga ijtimoiy-psixologiyani rivojlanishining yangi bosqichi 
boshlanadi - eksperimental ijtimoiy psixologiya yuzaga keladi. 
Mid odamlar bilan tajriba sinovlarini o'tkazib, so'ng ularni boshqa 
sinaluvchilar guruhiga qo'shib qo'yadi. Shunday tadqiqotlari natijasida u 
odamlarning yolg'iz o'zlari bo'lishi yoki odamlar orasida bo'lishiga qarab ularning 
og'riqqa chidamliligi, jismoniy va aqliy xatti-harakatlarni amalga oshirishga 
qodirliklari o'rtasida sezilarli tafovutlar bo'lishini aniqladi. 
Masalan, uning tajribalarining biriga 12-14 yoshli o'smirlar jalb qilinadi. 
Tajriba shartiga ko'ra, sinaluvchilarga elektr toki bilan ta'sir ko'rsatiladi. Tok kuchi 
to sinaluvchi dosh bera olmay qolgunga qadar ortirib borilaveradi. Sinaluvchi 
chiday olmay qolgan holatida uning signali (ishorasi) bilan sinov to'xtatiladi. 
Tajribaning boshida barcha sinaluvchilar bitta-bittadan tajribadan o'tkazilib 
sezgirlik va chidamlilik chegarasi aniqlanadi. Keyin ular ikkitadan (juft-juft 
qilinib) sinaladi. Bunda sezgirlik darajasi va chidamlilik 13% ga ortadi. 
Tajribaning navbatdagi bosqichida ishtirokchilar o'zlariga yoqadigan odamlarni 
o'ziga sherik qilib tanlab olishadi. Bunda ko'rsatkichlar 40% ga ortishi kuzatilgan.
Shu bilan birga, Mid odamlarning, ularni u yoki bu ijtimoiy guruhga 
munosabatiga ko'ra turli (betaraf, salbiy va ijobiy) toifalarini farqlaydi. 
Shuningdek, u emotsional, irodaviy va motorik jihatlarga guruhning ta'siri yuqori 
ekanligini aniqladi. Ijtimoiy - psixologik omillarning individni qator psixik sifatlari 
- idroki va tafakkuri, xotirasi va hayoli, hissiyoti va irodasiga ta'siri o'rganildi.
Middan keyin, amerikalik psixolog Gordon Olport (1897-1967) ijtimoiy-
psixologik tajriba tadqiqotlarini o'tkazish metodikalarini yanada takomillashtirdi. 
Uning tadqiqotlari asosida ishlab chiqarishni, reklamani, siyosiy tashviqot ishlarini, 
harbiy ishlarni va boshqalarni tashkil etishni takomillashtirish, yanada yaxshilash 
bo'yicha samarali amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. (Alport L. Social psychoiogy. 
Boston, 1924).
XX asrning 20-30 yillariga kelib ijtimoiy psixologiya amaliy fan sifatida 
jadal rivojlana boshladi. AQShda boshqarish, psixologik mos keluvchanlik, ish 
beruvchilar (tadbirkorlar) va ishchilar o'rtasidagi munosabatlarni yumshatish va 
shu kabi muammolarni tadqiq etish borasida keng ko'lamli ilmiy tadqiqot ishlari 
amalga oshirildi. Ayniqsa, birinchi jahon urushi yillari va undan keyin harbiy 
sohada ijtimoiy psixologik tadqiqotlarni o'tkazishga katta e'tibor berildi. Bu 
tadqiqotlarga millionlab harbiylar jalb etildi. Bunday tadqiqotlar natijasida ijtimoiy 
psixologiya yutuqlari, boshqa barcha ijtimoiy sohalarda bo'lgani kabi harbiy 
sohaga ham chuqur kirib bordi. O'sha davr mutaxassislari harbiy sohada ijtimoiy 
psixologiya yutuqlaridan foydalanish samaralarini ko'rishib “harbiy ishda ijtimoiy-
psixologiyaning amaliy yutuqlaridan foydalanish, - bu 42 smli pushkadan-da 
dahshatli quroldir” - deb ta'kidlagan edilar. 
AQShda harbiy sohada ijtimoiy psixologiya yutuqlarini joriy etishni 
rivojlantirishning yangi bosqichi, ikkinchi jahon urushi arafasiga to'g'ri keladi. 
1
Mid – Djordj Gerbert Mid (27.2.1863 – 26.4.1931) amerikalik faylasuf, sotsiolog va ijtimoiy 
psixolog. M.ning ijtimoiy kontseptsiyasi ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. 


205 
Urush arafasida 300 dan ortiq yuqori malakali psixolog mutaxassislar harbiy 
xizmatga jalb qilindi. Ularning aksariyati, shunchaki psixolog mutaxassisgina 
emas, balki psixologiya ilmida o'z yo'nalishi, maktabini yaratgan, ilmiy qarashlar 
(kontseptsiya, ta'limotlar) asoschilari edilar. (Germaniyada Gitlerchi-fashizm 
hukumat tepesiga chiqqanidan va uning tasarrufidagi Yevropa mamlakatlarida 
hukm surgan antisemitizm siyosati tufayli, ko'plab atoqli psixologlar (ularning 
aksariyati yaxudiy millatiga mansub edilar) Amerikaga ko'chib ketishga majbur 
bo'lganlar) Ularning kuchi, ilmiy tajribasi bilan ulkan ishlar amalga oshirildi. 
Ijtimoy psixologik tadqiqotlar metodikalarini yanada rivojlantirish ishlariga 
katta hissa qo'shgan mutaxassislardan biri, amerikalik ijtimoiy psixolog va psixiatr 
Yakob (Djekob) Moreno (1892-1974) dir. Moreno sotsiometriya metodini ishlab 
chiqdi. Sotsiometriya - kichik guruhlarda odamlarning shaxslararo, o'zaro 
munosabatlarini miqdoriy o'rganish metodikalari tizimidir. Bu metodika haqidagi 
ma'lumotlar psixologiya darsliklarida, o'quv qo'llanmalarida batafsil berilgan. 
Moreno kichik guruhlar ijtimoiy psixologiyasini ishlab chiqilishiga sezilarli 
hissa qo'shdi, “shaxsning guruhdagi mavqei”, “guruh ichidagi dinamika” va 
boshqa tushunchalarni kengaytirdi, guruh ichidagi nizolarni yumshatish, kichik 
guruhlardagi 
ijtimoiy-psixologik 
iqlimni 
yaxshilash 
(optimallashtirish) 
masalalariga oid muayyan metodikalar ishlab chiqdi.
Morenodan keyin chet el ijtimoiy psixologlari kichik guruhlarni, ijtimoiy 
mikromuhitni jamoaning asosiy elementi, “hujayrasi” - deb qaray boshladilar. 
“Jamiyat - guruh – shaxs” tizimida o'rta bo'g'in mutlaqlashtirib borildi. Shaxsning 
o'zi bajarayotgan ijtimoiy roli, guruh me'yorlari, guruh bosimiga (tazyiqiga) to'la 
tobeligi ta'kidlandi (isbot talab qilmaydigan hodisa ekanligi qayd qilina bordi). 
XX asr chet el ijtimoiy psixologiyasida eng ahamiyatli yo'nalishlardan biri 
bo'lmish - interaktsionizm - ijtimoiy o'zaro munosabatlarni - interaktsiya 
muammosini birinchi planga olib chiqdi. Bu oqim atoqli sotsiolog va ijtimoiy 
psixolog Djordj Gerbert Mid (1863-1931) qarashlariga asoslanadi. Ushbu ijtimoiy-
psixologik yo'nalishning asosiy mezonlari bo'lib Mid tomonidan 30-yillarda ilmiy 
muomalaga kiritilgan “ijtimoiy rolь”, “ijtimoiy mavqe”, “guruh ichidagi o'zaro 
munosabatlar” (interaktsiya) va boshqa tushunchalar hisoblanadi.
Interaktsionizm yo'nalishi vakillari bo'lmish M. Kun, A. Rouz, T.Shibutani 
va boshqalar qator ijtimoiy-psixologik muammolar: muloqot, kommunikativlik, 
ijtimoiy me'yorlar, ijtimoiy rollar, shaxsning guruhdagi mavqei, referent guruh va 
boshqalarni oldingi planga olib chiqdilar. J. Mid tomonidan ishlab chiqilgan 
ijtimoiy-psixologik tushunchalar, uning davomchilari tomonidan ijtimoiy-
psixologiya faniga keng kiritila boshlandi. Bu yo'nalishning eng muhim yutug'i - 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling