O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy nazorat
Guruhli jamoalar - tarkibining gomogenligi (bir turliligi), tuzilishli-
differentsial tashkil etilganligi, faoliyatining yo'nalganligi bilan ajralib turadi. Ommaviy jamoalar yorqin ajralib turuvchi chegaraga ega bo'lmaydi. Ularning mavjudligi vaziyatli shartlangan, tarkibi esa - turli xil, tuzilishi tashkil qilinmagan bo'ladi. Bular keng harakatlar ishtirok-chilari, ommaviy axborot vositalari auditoriyasi, ommaviy madaniyat, ommaviy mahsulotlar va xizmatlar iste'molchilari, turli xavaskorlik jamoalari (estrada yulduzlari muxlislari, sport klublari ishqibozlari va b.q.). Ijtimoiy jamoalarning katta va kichik, turg'un va impulьsiv, guruhlangan va guruhlanmagan, kontakt va dispers va boshqa turlari farqlanadi. Ijtimoiy jamoalar turli qadriyatli tasavvurlar va xulq me'yorlarining tashuvchisi hisoblanib, ijtmoiy-madaniy faoliyat sub'ekti sifatida mavjud bo'ladi. Har bir ijtimoiy jamoada ijtimoiy qadriyatlar bilan bir qatorda guruhli xulq me'yorlari haqida turg'un tasavvurlari, o'zining odatlari va axloqi, ijtimoiy nazorat bilan qo'riqlanadigan, umum qabul qilingan xulq me'yori doirasidan chiqishning ma'lum chegaralari bo'ladi. Ijtimoiy nazorat - ijtimoiy guruhlar va jamoalarning shaxsga, uning ijtimoiy ahamiyatli xulqining ijtimoiy me'yorlar asosida boshqarish maqsadida ta'sir qilish usullari tizimidir. Ijtimoiy nazorat ijtimoiy tizimning turg'unligini ta'minlab turadi. Shu maqsadda tegishli ishtimoiy nazorat institutlari - jamoatchilik, ma'muriy va huquqiy tashkilotlar tuziladi. Ijtimoiy nazorat, ijtimoiy boshqaruv elementi sifatida teskari aloqa tamoyiliga ko'ra ishlaydi va ijtimoiy og'ishlarning o'sishiga keskin munosabat bildiradi. Ijtimoiy og'ishlarning jadalligiga bog'liq ravishda jamoa yoki ijtimoiy guruh ijobiy yoki salbiy ijtimoiy sanktsiya qo'llaydi. Sanktsiyalarning samaradorligi ularning adekvatligi va differentsiya- langanligiga bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy guruh qanchalik kam rivojlangan bo'lsa, unda salbiy sanktsiyalar - jazolashlarning miqdori shunchalik ko'p bo'ladi. Guruh ijtimoiy rivojlanganlik darajasining yuqoriligi guruh a'zolarida o'zini-o'zi nazorat qilishning shakllanganligi, ularning mazkur guruhga va sotsiumga integratsiyalanganligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy nazorat hukumat (hukmronlik) mexanizmidan keng qo'lamda foydalanish bilan bir qatorda, norasmiy kanallar - ommaviy kommunikatsiya vositalari yordamida tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish, u yoki bu ijtimoiy qadriyatlarni kuchaytirish orqali ham amalga oshiriladi. Shakllanayotgan shaxs a'zo bo'lgan ijtimoiy guruh, shaxsning ijtimoiy tipi shakllanishining xal qiluvchi sharoitlardan biri hisoblanadi. Muhitning talabi shaxsning o'ziga qo'ygan talabiga aylanadi. Biroq sotsium talabi shaxs uchun faqat tashqi talab ham bo'lishi mumkin. Agar ijtimoiy nazorat, shaxsning o'zini-o'zi anglashi bilan o'zaro munosabatda bo'lmasa, shaxs ijtimoiy nazorat ostidan chiqib 209 ketadi. Ijtimoiy guruh ijtimoiy nazorat sanktsiyalarini belgilabgina qolmay, balki, shaxsda tegishli o'zini-o'zi anglashni ham shakllantiradi. Har bir referent (shaxs uchun ahamiyatli bo'lgan) guruh albatta shaxsning shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Agar guruh ijobiy ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlar asosida faoliyat ko'rsatadigan bo'lsa, bu shaxsning shakllanishiga ijobiy Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling