O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Ijtimoiy tashkillashtirilmagan va ijtimoiy tashkil qilingan jamoalarda


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

3 §. Ijtimoiy tashkillashtirilmagan va ijtimoiy tashkil qilingan jamoalarda 
odamlar xulqi 
Quyida tashkillashtirilmagan ijtimoiy jamoalarning muhim xususiyatlarini 
ko'rib chiqamiz. Bunday jamoalar turlaridan biri - olomondir. 
Olomon - vaziyat asosida bir-birlari bilan o'zaro, bevosita aloqada bo'luvchi 
va ular uchun ahamiyatli bo'lgan ta'sirlarga psixik ta'sirlanish (zaharlanish) yo'li 
bilan identik munosabatda bo'luvchi odamlarning vaqtinchalik tashkil etilmagan 
to'planishidir. 
Olomon sharoitida, odamlarning xulqi qator psixik xususiyatlar bilan 
farqlanadi: 
- shaxsning qisman deindividualizatsiyasi ro'y beradi, sodda (primitiv) 
hissiy-impulьsiv munosabatlar ustunlik qiladi; 
- odamlarning taqlidchilik faoliyati keskin kuchayadi, ularning, o'z xatti-
harakatining olib kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini oldindan ko'ra bilishi 
pasayadi; 
- odamlar o'z xatti-harakatlarining haqqoniy, qonuniy ekanligini orttirib 
baholaydilar, 
ularning 
xatti-harakatlarini 
tanqidiy 
baholashlari 
pasayadi, 
mas'uliyatlilik hissi o'tmaslashadi, anonimlik hissi ustivorlik qiladi. Ya'ni, unda 
shaxsning “shaxsiy javobgarligi” va “ijtimoiy nazorat” keskin pasayadi (deyarli 
bo'lmasligi ham mumkin). 
U yoki bu vaziyat tufayli yuzaga kelgan umumiy emotsional zo'riqish 
fonida, olomonga kiruvchi odamlar psixik ta'sirlanish (zaharlanish)ga tezda 
beriluvchan bo'lib qoladi. 
Olomon gapirmaydi va yig'lamaydi, balki shovqinsuron ko'taradi, o'kiradi. U 
dahshatlidir, “ezgu niyatlar” bilan ruhlangan olomon, o'z yo'lida hatto ilohiy 
narsalar duch kelib qolsa ham bosib, ezib o'tib ketishi mumkin! 
Olomonda, odam anonimlik hissini o'zlashtiradi, ijtimoiy nazoratdan o'zini-
o'zi ozod qiladi. Bular bilan bir qatorda, olomon sharoitida individlarning 
konformligi (boshqalar ta'siriga beriluvchanligi), ularning olomon taklif etayotgan 
xulq modeliga yon bosuvchanligi keskin ortadi. Jo'shqin hissiyotlarga ehtiyoj 
sezadigan shaxslar, tasoddifiy olomonga oson kirishib ketadi. Ma'lum bir 
etnomadaniyat xususiyatlariga, impulьsivlik va hissiy labillikka ega bo'lgan 
odamlar ekspressiv olomonga oson kirishib ketadi. Bunday olomon ritmik 
ta'sirlarga - marshlarga, notiqlikka, qiroatli shiorlarga, ritmik jestikulyatsiyalarga 
oson beriladi. Olomonning bunday toifasi xulqiga o'yingohlardagi ishqibozlarning 
xulqi misol bo'lishi mumkin.
Ekspressiv olomon osongina tajovuzkor toifadagi harakatdagi olomonga 
aylanib ketadi. Uning xulqi tajovuz ob'ektiga nafrat bilan belgilanadi va tasoddifiy 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling