O'zbekiston respublikasi profi universitety


sababchi (boshlab bergan), kishilar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

sababchi (boshlab bergan), kishilar bilan boshqariladi, yo'naltirilib turiladi.
Odamlarning stixiyali xulqi qator holatlarda stixiyali ma'lumotlar - mish-
mishlar bilan ig'vo, fitna (provokatsiya) qilinadi. Mish-mishlar ommaviy axborot 


211 
vositalari tomonidan o'zlashtirilmagan (e'lon qilinmagan) hodisalarni, voqealarni, 
xabarlarni qamrab oladi. Ular shaxslararo kommunikatsiyaning maxsus turi 
hisoblanib, uning mazmunini ma'lum bir vaziyatli kutish va mulohazalarga 
berilgan auditoriya (omma) o'zlashtirib oladi.
Psixik hodisalarning maxsus sinfi bo'lmish - jamoa ongsizligi olomon 
xulqining boshqaruvchi mexanizmini tashkil qiladi. Jamoa ongsizligida, 
psixoanalitik Karl Gustav Yungning ta'kidlashicha odamzodning instiktiv tajribasi 
yotadi. (Masalan, “ot” instinkti). Bunga ko'ra, olomon a'zolaridan birining bir gapi 
yoki xatti-harakatini boshqa odamlar ongli tahlil qilmasdanoq takrorlayveradi. 
Umumiy aprior xulq tizimi, xulqning shaxsdan ustun tizimi odamlarning individual 
onggini bosib ketadi (bo'g'ib qo'yadi) va V. M. Bexterev ta'biri bilan aytganda 
genetik arxaik xulq munosabatlarini, “jamoaviy refleksiyani” yuzaga keltiradi.
Bir turli, sodda (primitiv) baholar va xatti-harakatlar odamlarni monolit 
ommaga (kuchga) birlashtiradi va ularning bir marotabalik impulьsiv xatti-harakati 
qudratini keskin orttirib yuboradi. Biroq, ongli tashkil etilgan xulq zarurati yuzaga 
keltirgan holatlarda bunday xatti-harakatlar noadaptiv bo'lib qoladi.
Olomon fenomeni, xulqining impulьsiv stereotiplari totalitar yo'nalgan 
siyosatchilar, ekstremistlar va diniy fonatlar tomonidan keng foydalaniladi.
Ijtimoiy jamoalarda bir yoqlama manfaatlarning ustun kelishi xulqning 
olomon tarzidagi tizimini keltirib chiqarishi, “biz” va “ular” ga keskin ajratish, 
ijtimoiy munosabatlarning soddalashuviga, oddiylashuviga olib kelishi mumkin. 
Xulqiy xususiyatlariga ko'ra olomonning to'rt turi farqlanadi: 
- tasodifiy, qulay fursat yuzaga kelib qolganligi tufayli paydo bo'lgan 
olomon (okazionalьnaya); 
ekpressiv - birgalikda ifodalanuvchi vahima, norozilik, e'tiroz (likovaniye, 
protest) kabi umumiy affektiv hislar; 
konventsional - ayrim stixiyali shakllangan pozitsiyalarga asoslangan; 
- amaldagi, bu - tajovuzkorona, sarosimali (qutilib qolishga intiluvchi) 
tamagirlik, yulg'ichlik, talonchilik qiluvchi ekstaz holatlarida namoyon bo'luvchi, 
isyonchi - hukumat xatti-harakatlaridan norozi bo'luvchi (darg'azab) turlarga 
farqlanadi. 
Har qanday olomon hissiy holatlarning umumiyligi va to'satdan yuzaga 
keluvchi xulqning yo'nalganligi bilan xarakterlanadi. Uning xulqi, o'zini-o'zi 
mustahkamlashi ortib boruvchi psixik ta'sirlanish (zaharlanish) – aloqaning 
psixofiziologik darajasida ko'tarinki hissiy holatlarni bir individdan boshqasiga 
tarqalishi kabilar bilan xarakterlanadi.
Olomonning aniq maqsadlari va tashkil etilgan diffuzligining bo'lmasligi 
(singib, qo'shilib ketishi) uni manipulyatsiya ob'ektiga aylantirib qo'yadi. Olomon 
doimo qo'zg'algan, start oldi, yo'l-yo'rig'ini kutib turadigan holatda bo'ladi. Uni 
harakatga (junbushga) keltirish uchun faqat tegishli turtib yuboruvchi (puskovoy) 
signal yetarli bo'ladi xolos.
Olomon xulqi buzilishining asosiy turlaridan biri – bu vahimadir. U oqilona 
qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar taqchilligi sharoitida, haqiqiy 
yoki soxta xavf vaziyatida, psixik ta'sirlanish (zaharlanish) ta'sirida yuzaga 
keladigan, guruhli nizoli hissiy holatdir. 


212 
Vahima sharoitni adekvat aks etish va uni oqilona baholash qobiliyatini 
bo'g'ib qo'yadi, odamlarning xatti-harakati himoya xarakterini kashf etadi, ong 
torayadi, odamlar o'ta egoistik (xudbinlarcha), asotsial qiliqlarga moyil bo'lib 
qoladilar. Vahima o'ta og'ir hodisalarni kutish bilan yuzaga kelgan, ko'tarinki 
hayajonlanish sharoitida, psixik zo'riqish holatida (yong'in, ochlik, zilzila, toshqin, 
qurolli hujum, terrorchilik akti va sh.k.), xavf manbalari, uning yuzaga kelish vaqti 
va unga qarshi kurashish usullari haqidagi ma'lumotlarning yetishmasligi 
sharoitlarida yuzaga keladi.
Faqat kuchli qarama-qarshi qo'zg'atuvchi ta'sirida, obro'li yetakchilar 
(ko'pchilik odamlar hurmat qiladigan, tan oladigan shaxslar, kumirlar) tomonidan 
berilgan, maqsadga yo'naltirilgan, keskin buyruq, yuzaga kelgan keskin vaziyatdan 
chiqishning 
real 
imkoniyatlarini 
ko'rsatuvchi, 
qisqacha 
tinchlantiruvchi 
ma'lumotlarni berish orqali olomonni vahima holatidan chiqarish mumkin. 
(O'tmishda bu o'rinda pirlar, eshonlar, xalq sevgan xofizlar va boshqalardan 
foydalanganlik hollariga ko'plab misollar mavjud).
Vahima - ijtimoiy tashkil qilinmagan, shok holati sharoitlariga javoban 
yuzaga keladigan, ommaviy affekt holatidagi kishilar ommasini impulьsiv 
xulqining o'ta stixiyali namoyon bo'lishidir. Tang vaziyatlar zudlik bilan ish ko'rish 
ehtiyojini yuzaga keltiradi, ularni ongli ravishda tashkil qilish esa axborotli - 
yo'naltiruvchi ma'lumotlarning taqchilligi tufayli mumkin bo'lmay qoladi.
Olomon sharoitidagi odam xulqi misolida, biz ijtimoiy tashkil qilishning
xulq usullari va me'yorlarini belgilab turuvchi tizimning bo'lmasligi, odamlar xulqi 
darajasining keskin pasayishiga olib kelishligini ko'ramiz. Bunday sharoitlarda 
odamlar xulqi ko'tarinki impulьsivlik, ongning birgina dolzarblashgan namunaga 
bo'ysunishi, ongning boshqa jihatlarining torayishi bilan xarakterlanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling