O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Totalitar rejim
- Hayot hamma narsani oz orniga qoyadi.
ta'sir
ko'rsatadi. Bunday guruhning ayrim a'zolari ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning tashuvchisi bo'lib hisoblanadi. Agar guruhning barcha hayotiy faoliyati shaxsda ijobiy sifatlarni namoyon qilishga undasa, guruh munosabati shaxsda o'zini-o'zi to'g'ri baholashiga mos kelsa, imkon bersa, bularning barchasi guruhning shaxsga ko'rsatadigan ijobiy ta'siri bo'ladi. Ijtimoiylashgan shaxsda ijtimoiy nazoratning interiorizatsiyasi (lot. interior - ichki, tashqidan ichkiga o'tish) ro'y beradi. Agar ijtimoiy me'yorlar odam tomonidan ixtiyoriy qabul qilinsa, unda uning erkini chegaralovchi to'siq bo'lmaydi. Faqat, o'zining ijtimoiy majburiyatini bajonidil bajaradigan, o'zini ijtimoiy ro'yobga chiqara olayotganligidan qoniquvchi odamgina - haqiqiy ozod kishidir. Totalitar rejimlar odam xulqini unifikatsiya qilishga, uni shablonlashtirishga intiladi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy nazorat o'ta keskin bo'lib qoladi va repressiv usullar bilan amalga oshiriladi. Odamlarning bunday sharoitlarda uzoq vaqt qolib ketishi psixik buzilishlarga (deformatsiyalarga) olib keladi. Odamlar yuqoridan qat'iy belgilab berilgan sharoitlarda yashashga odatlanib qoladilar, ularda mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati keskin pasayadi. Odam, o'ziga-o'zi xo'jayin bo'la olmay qolar ekan, erkin xulq texnikasini ham unitadi. Odamlar ma'lum vaqtga berilgan (“paykovoy”) turmush tarziga ko'nikib qoladilar. Ularning yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishi qiyinlashadi, eski g'oyaviy stereotiplarning sinishi keskin hissiy salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Bu borada, E.Fromm “Totalitarizm yoki fikrlash erkinligini bo'g'ish shaxsni har qanday yovuzlik va jallodliklarni tinchgina kuzatib turaveradigan ishtirokchisiga aylantirib qo'yadi” 1 - deb yozgan edi. Yoki Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etib o'tganidek, “Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: “Dushmanlardan qo'rqma – nari borsa, ular seni o'ldirishlari mumkin. Do'stlardan qo'rqma – nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq – ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi” 2 . Jamiyatda to'satdan yuzaga kelgan g'oyaviy-me'yoriy vakuum shaxsning yangi hayotiy faoliyat sharoitlarida o'zini-o'zi boshqarish qobiliyatini keskin pasaytiradi. Lekin, vaqt o'tishi bilan yangilangan jamiyatda so'zsiz shaxsning yangi ijtimoiy tipi shakllanadi. Hayot yana o'zini-o'zi boshqarishning tabiiy o'zaniga kiradi. Hayot hamma narsani o'z o'rniga qo'yadi. 1 Фромм Э. Искусство любить. - М., 1990. - С.62. 2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2008. – Б. 124. 210 Ijtimoiy tartibga keltirilgan muhit inson xulqini tashkil qiladi. Tashkillashtirilmagan ijtimoiy jamoalarda individ xulqi keskin buziladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling