O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Sanktsiya - diffuz va tashkil qilingan bo'lishi mumkin. Diffuz sanktsiya - 
xulqiy aktga nisbatan bevosita emotsional munosabat - maqtov, mashara va sh.k. 
Tashkil qilingan sanktsiya - bu rasmiy sanktsiyadir, bularga mukofot, jarima, hukm 
va sh.k. kiradi. 
Funktsional va shaxslararo munosabatlar guruhdagi rasmiy va norasmiy 
munosabatlar tizimini yuzaga keltiradi. 
Guruhning har bir a'zosi, uni guruh faoliyatidagi roli bilan belgilab 
beriladigan ma'lum bir mavqeni egallaydi, ma'lum bir guruhli statusga ega bo'ladi. 
Individning obro'si va mavqei, uning xulqini guruh undan kutayotgan xulqqa, 
ekspektatsiya (ingl. expectation - kutish)ga, u bajarayotgan rolga qo'yiladigan 
talablarga mos kelishligiga bog'liq bo'ladi. 
Ijtimoiy rolь - shaxs ijtimoiy funktsiyalarini amalga oshirishining ijtimoiy 
sanktsiyalangan usullaridir (o'qituvchi, vrach, tergovchi va sh.k.). Ko'pchilik 
ijtimoiy rollar umum qabul qilingan me'yorlar bilan belgilanadi (bo'ysundiriladi, 
reglamentatsiya qilinadi). Biroq, ular ham odamning turli hayotiy vaziyatlardagi 
xilma-xil xulqi qoidalarini qamrab ololmaydi. Odam xulqini asosiy yo'naltiruvchi 
mexanizmi - bu uning hayotiy pozitsiyasidir. Individning hayotiy pozitsiyasi - 
individning o'zi bajarayotgan ijtimoiy roliga, turli ijtimoiy ahamiyatli hodisalarga 
qadriyatli munosabati (yondoshishi)dir. 
Ijtimoiy rollarning uch tipi farqlanadi: 
- institutsional - xuquqiy aktlar bilan tasdiqlangan, aniq belgilab qo'yilgan 
(noib (deputat)), sudьya, tashkilot direktori, rahbari); 
- konventsional - norasmiy, lekin umum qabul qilingan qoidalar bo'yicha 
bajariladigan rollar (o'qituvchi, talaba, kursant, ofitser, askar, ota, ona, uka, singil 
va sh.k.); 
- shaxslararo - odamning turli rasmiy shaxslararo o'zaro aloqalardagi roli 
(do'st, o'rtoq, yaxshi odam, raqib, obro'li yoki obro'siz odam roli va sh.k.). 


218 
Rollar talablarini va ularni amalga oshirish usullarini egallash - shaxs 
ijtimoiylashuvining asosidir. Shaxsning turli ijtimoiy rollarni bajarish uchun zarur 
bo'lgan sifatlari - shaxsning ijtimoiy qobiliyatlari hisoblanadi. Rolli xulq u yoki bu 
shaxs tomonidan mazkur rolni tushunishi va qabul qilishi bilan, ya'ni shaxsni 
o'zining ijtimoiy-rolli majburiyatlariga munosabati va uning psixofiziologik 
imkoniyatlari bilan belgilanadi. 
Har bir ijtimoiy rolь ma'lum bir ijtimoiy qadriyatga, nufuzga ega bo'ladi. 
Ijtimoiy rolь uni bajaruvchisining ijtimoiy statusi (huquqiy holati) bilan bog'liq 
bo'ladi. Biroq ijtimoiy rolь va ijtimoiy status o'rtasidagi mutanosiblik hamma vaqt 
ham bo'lavermaydi. Odamning ijtimoiy ahamiyatliligi, u o'z rolini, ijtimoiy 
burchini qanday bajarayotganligi bilan belgilanadi. Rolli xulqda shaxsning ijtimoiy 
identifikatsiyasi, uni ma'lum bir ijtimoiy guruhga o'zini-o'zi qanday mansub 
qilishligi (ishchi, askar, o'qituvchi, olim) namoyon bo'ladi. Har bir ijtimoiy rolga 
nisbatan ijtimoiy ishlab - chiqarilgan talablar qo'yiladi, ularni ijro etish esa 
individuallashtirilgan bo'ladi. 
Har bir ijtimoiy rolь ma'lum bir ijtimoiy qadriyatni ro'yobga oshiradi. Lekin, 
har bir shaxs bu qadriyatlarni o'zicha tushunadi. Shaxs bajarayotgan ijtimoiy rolь 
mohiyatidan kelib chiqib u yoki bu hodisa turlicha qadriyat kashf etishi mumkin. 
Masalan, avtomobilь haydovchisining ijtimoiy roli, svetoforning qizil chirog'ida 
mashinani to'xtatishni talab qiladi. Uning uchun harakat xavfsizligi - ijtimoiy rolli 
qadriyat. Lekin, hukumat rahbari, yuqori darajadagi mehmonni kuzatib borayotgan 
maxsus xizmat transporti haydovchisi yoki xavfli jinoyatchini tutish holatida 
militsiya mashinasining haydovchisi, boshqa ijtimoiy qadriyatni ro'yobga chiqarish 
uchun, bu qadriyatga amal qilmasligi mumkin. Har bir yangi ijtimoiy rolni bajarish 
shaxsga o'zining qadriyatli yo'nalganligini qayta qurishni taqozo qiladi. Ijtimoiy 
rollarni davomli bajarib borish tegishli ijtimoiy ustanovkalar va xulq 
stereotiplarining shakllanishiga olib keladi. 
Odamning kundalik bajaradigan turli ijtimoiy rollari iyerarxiyasida, ma'lum 
bir rollar uning uchun ko'proq ahamiyat kashf etib boradi. Bu yetakchi rollar shaxs 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling