O'zbekiston respublikasi profi universitety


xavaskorlik ijtimoiy guruhlari paydo bo'lib turadi. 5 §. Kichik ijtimoiy guruh hayotiy faoliyatining


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

xavaskorlik ijtimoiy guruhlari paydo bo'lib turadi.
5 §. Kichik ijtimoiy guruh hayotiy faoliyatining 
ijtimoiy - psixologik tashkil etilishi 
Birlamchi diffuz ijtimoiy jamoaning o'zaro munosabat va o'zaro bog'liqlikda 
bo'lgan shaxslar birligida qayta tashkil topishi - guruhiy tuzilish deyiladi. Ijtimoiy 
guruhlarning yuzaga kelishi ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog'liq. Biroq, guruh 
a'zolarining guruhga kirish motivlari, qadriyatlari va me'yorlari, funktsional - rolli 
tuzilmalar, xulq stereotiplarining shakllanishi - ijtimoiy-psixologik hodisadir.
Kichik guruhlarni mavjudligining ijtimoiy jihatlariga quydagilar kiradi: 
- rahbarlik va yetakchilik; 
- guruhli qaror qabul qilish; 
- me'yorlarning tashkil topishi (guruhli qadriyatlarning, xulq qoidalarining 
shakllanishi, guruhli fikrning yaratilishi); 
- guruhning funktsional - rolli tuzilishining tashkil topishi; 
- guruhli integratsiya va differentsiatsiya: shaxslararo munosabatlarning 
turg'unlashuvi, guruh turg'unligini ta'minlovchi, guruhli jipslashuv; 
- guruhli nazorat va guruhli sanktsiyalar.
Guruhning mavjudligi - guruh integratsiyasi va differentsiatsiyasi
shaxslararo munosabatlarning turg'unlashuvi, guruh mo''tadilligini ta'minlovchi 
guruhli jipslashuv va muloqot jarayonlarida amalga oshadigan shaxslararo 
munosabatlarning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. 
Turli guruhlar ijtimoiy rivojlanishning sifat jihatidan turli darajalarida turadi. 
Guruhning rivojlanganlik darajasi shaxslararo munosabatlarning umumijtimoiy 
qadriyatlar bilan asoslanganlik darajasiga ko'ra belgilanadi. Rivojlangan ijtimoiy 
guruhlarda - jamoada - individual maqsad va qadriyatlar umumijtimoiy 
qadriyatlarga mos tushadi - guruhli jipslashganlik effekti yuzaga keladi. 


217 
Har bir ijtimoiy guruhda, uni a'zolarining guruhda egallagan mavqeiga 
bog'liq ravishda o'zaro munosabatlar tizimi mavjud bo'ladi. Ijtimoiy guruh 
a'zolarini o'zaro munosabatlarining iyerarxiyasi guruhli differentsiatsiya deyiladi.
Guruhli differentsiatsiyaning rasmiy va norasmiy turlari farqlanadi. Rasmiy 
guruhli differentsiatsiya - rasmiy rolli holat (mavqe)larning o'zaro bog'liqligi 
(zavod direktorii, sex, bo'lim boshliqlari, brigadirlar, ishchilar).
Norasmiy guruhli differentsiatsiya individlarni guruhdagi mavqei, ularning 
boshqa a'zolarga nisbatan munosabati kabilar bilan belgilanadi. (Guruhning 
norasmiy differentsiyatsiyasi sotsiometriya metodi yordamida aniqlanadi). 
Guruh a'zosi o'z xatti-harakatlarida o'zining guruhdagi shaxsiy mavqeiga va 
guruhning boshqa a'zolari mavqeiga oriyentatsiya qiladi. U xatti-harakatlarini, 
guruh undan kutadigan mavqega bog'liq (mos, munosib) tarzda tashkil qiladi. 
Guruh a'zolari xulqining, guruh undan kutayotgan xulqqa mos kelmasligi 
guruhda nizolarni yuzaga keltiradi. Agar odam xulqi guruh undan kutayotganiga 
zid (qarama-qarshi) bo'lsa, u salbiy sanktsiyalarga, majburiy tazyiqlarga hukm 
qilinadi. Xulqi namunali, undan kutilayotgan mavqega mos bo'lgan odam o'ziga 
nisbatan ijobiy sanktsiya uyg'otadi - u olqishlanadi, taqdirlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling