O'zbekiston respublikasi profi universitety
guruhni tashkil qiladi. Bu birlamchi guruhlar ham o'z navbatida mikro
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi Kichik guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlar
- Referent
- Klassifikatsiya asosi Guruhlar turlari
guruhni tashkil qiladi. Bu birlamchi guruhlar ham o'z navbatida mikro va makro
guruhlarga farlanadi. Ularning miqdoriy nisbati mos ravishda 3±1 tadan 7±2 tagacha kishini tashkil qilishi mumkin. 214 Odamni bevosita o'rab turgan ijtimoiy muhit - mikromuhit - bu turli kichik guruhlar majmuidir. Ular - odam xulqi shakllanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu mikromuhit xarakteriga bog'liq ravishda odamda ijtimoiy moslashgan yoki ijtimoiy talablardan og'uvchi - deviant xulqlar shakllanishi mumkin. Kichik ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi Kichik guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga farqlanadi. Rasmiy guruhlar rasmiy maqsadlar bilan birlashgan va bu maqsadlarga erishish uchun, ma'lum bir rasmiy tashkilotlar tasarrufiga kiritilgan bo'ladi. Norasmiy guruhlar - umumiy qiziqishlari, intilishi, munosabatlari, qadriyatlari tizimiga ko'ra birikkan, rasmiy belgilangan tuzilishga ega bo'lmagan (biron-bir rasmiy muassasa tasarrufiga kirmagan) shaxslar birikmasi. Norasmiy guruhlar a'zolarining o'zaro munosabatlari stixiyali bo'ladi. Biroq unda ham guruh ichidagi iyerarxiya mavjud bo'ladi. Referent (lot. referentis - bog'lovchi, ta'sir qiluvchi, jalb etuvchi) yoki etalon guruh - bu shunday guruhki, undagi me'yorlar shaxs uchun eng qimmatli hisoblanadi. Masalan, mutaxassis o'zi hurmat qiladigan hamkasblari, yaxshi mutaxassislar guruhiga ko'proq intiladi, sportchi esa - mashhur rekordchilar ko'rsatkichlariga intiladi va sh.k. Ashaddiy jinoyatchini ko'pchilik odamlarning maqullamasligi qiziqtirmaydi, u ularning fikriga e'tibor bermaydi, lekin u o'zining jinoiy guruhidagi pozitsiyasiga jiddiy e'tibor beradi. Klassifikatsiya asosi Guruhlar turlari 1. Tashkil topish usuliga ko'ra stixiyali yuzaga kelgan - norasmiy, maxsus tashkil etilgan - rasmiy, real, shartli.. 2. Guruhning kattaligi va uni a'zo- larining o'zaro munosabatlariga ko'ra kichik, o'rta, oraliq, katta, kontakt (birlamchi), distant (ikkilamchi). 3. Hamkorlikdagi faoliyat xarakteriga ko'ra amaliy (hamkorlikdagi mehnat faoliyati), gnostik (hamkorlikdagi tadqiqot faoliyati), estetik (estetik ehtiyojlarni birgalikda qondirish), gedonik (dam olish, xordiq chiqarish, o'yin), kommunikativ, g'oyaviy, siyosiy, alьtruistik. 4. Shaxsiy ahamiyatliligiga ko'ra referent - shaxs uchun namuna, jozibali, etalon - shaxs uchun ideal, elitar - yuqori darajada tuzilgan. 5. Ijtimoiy ahamiyatliligiga ko'ra ijtimoiy - ijobiy, asotsial - ijtimoiy destruktiv, antisotsial - kriminal, jinoiy. 39-rasm. Ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi 215 Turli munosabatlarda turlicha guruhlar referent bo'lishi mumkin. Masalan, talaba o'smir o'zi o'qiyotgan guruhdagi o'rtoqlari xulq me'yorlarini ham, ota-onasi xulqini ham, o'zi a'zo bo'lgan qandaydir bir uyushma (diniy, ilmiy, badiiy, sport va x.k.) a'zolari xulqini ham yuqori qadrlashi mumkin. Odamning mikromuhitdagi ko'pchilik qiliqlari uning referent guruhda o'zini-o'zi tasdiqlashga, o'zini ko'rsatishga intilishi bilan tushuntiriladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling