O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Katta ijtimoiy guruhlar - ma'lum bir umumiy ijtimoiy belgilariga ko'ra 
farqlanuvchi, miqdoran cheklanmagan odamlar birikmasidir. Bular - demografik, 
sinfiy, milliy, partiyaviy va h.k. bo'lishi mumkin. Katta guruhlarda madaniy 
qadriyatlar shakllanadi, an'analar, asosiy qadriyatlar - jamoa g'oyasi ishlab 
chiqiladi. Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy aloqasi ommaviy kommunikatsiya 
vositalari orqali amalga oshiriladi. 
O'rta ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy guruhlarning ayrim belgilariga ega 
bo'lish bilan birga, ular hududiy joylashuvi, guruh a'zolarining bir-birlari bilan 
bevosita munosabatda, muloqotda bo'lish imkoniyatining mavjudligi bilan 
farqlanadi (katta korxona, zavod, institut, maktab, harbiy qism jamoalari). 
Kichik ijtimoiy guruh - umumiy qiziqishlari, manfaatlari, maqsadlari va 
xulqning guruhli me'yorlari bilan birlashgan, bevosita aloqada bo'luvchi individlar 
guruhi. Kichik guruh ma'lum bir miqdoriy tarkibga, tizimli tuzilishga, hayotiy 
faoliyatning ijtimoiy-psixologik mexanizmlariga, guruhli dinamikaga ega bo'ladi.
Kichik ijtimoiy guruhda boshqaruvchi bo'g'in - umumiy manfaatlarni 
ro'yobga chiqaruvchi, faoliyat maqsadlarini belgilovchi va guruh a'zolarining 
hamkorlikdagi faoliyatini tashkil qiluvchi - rahbar mavjud bo'ladi.
Bu boshqaruvchi bo'g'in: guruh yetakchisi (rahbari, lideri), sublideri, 
yulduzi, ijrochisi va boshqalarga farqlanadi. Guruh yetakchilari (lideri) rasmiy va 
norasmiy (tayinlangan yoki tan olingan) bo'lishi mumkin. Shuningdek, subliderlar 
guruhning “miya markazini” tashkil qiladi. Guruhning aksariyat qismi 
ijrochilardan iboratdir. Ular guruhda turli mavqelarga ega bo'ladi. Ayrim 
guruhlarda guruhning past mavqeli a'zolari, guruhda o'z o'rnini topmagan a'zolari 
(yakkalanib qolgan, autsayderlari) ham bo'lishi mumkin. Guruhda bunday 
a'zolarning bo'lishi mazkur guruhda ijobiy psixologik iqlim yetarli darajada 
shakllanmaganligidan dalolat beradi.
Kichik guruhda shaxslararo munosabatlar, bevosita shaxslararo aloqa muhim 
ahamiyatga ega bo'ladi. Kichik guruhning eng jipslashgan yadrosi birlamchi 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling