O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

menedjmentning 
quyidagi 
ilg'or 
tamoyillari, 
qoida 
(svod)larinini taklif etadi:
- firmaning ishchilari va xaridorlarining hamkorlikdagi qadriyatlariga chuqur 
sadoqat; 
- hayotiy (bir-umrlik) yollanganlik siyosati; 
- malakani oshirish (ishni o'zgartirish imkoniyati); 
- ishga shaxsiy (moddiy va boshqa) manfaatdorlik; 
- noixtisoslashgan o'sish. Xodimni (uning diplomi, yoshi, jinsi, ma'lumot 
darajasi, yashash joyi yoki boshqa rasmiy hujjatlari bo'yicha emas) uning 
qobiliyati, bilimi, tajribasi, intilishiga ko'ra o'stirish; 
- qaror qabul qilish jarayonida ishchilarning shaxsiy ishtiroki; 
- ishni nooshkora nazorat qilish, uning asosida - xatoni qayd etish emas
balki uning sababini qidirish; 
- kuchli korporativ mehnat madaniyati va o'zaro munosabatlarni tarbiya-
lash; 
- ishchiga avaylab-asrab munosabatda bo'lish (oilaviy - paternal yondo-
shish). 
Rahbar o'z mikromuhitida optimal ijtimoiy-psixologik iqlimni ta'minlashi, 
odamlarning bir-birlariga nisbatan o'zaro yaqin (ahil, inoq) munosabatda bo'lishiga 
sharoit yaratishi lozim. Ayniqsa shaxslararo nizolarga yo'l qo'ymasligi kerak. 
Ko'pchilik hollarda hasadgo'y, xudbin, o'zini o'ylaydigan, niyati noxolis, o'z o'rniga 
nomunosib, ayrim ma'muriyatchi - rahbarlar bunday nizolarning sababchisi bo'lib 
hisoblanadi. Ularning istagi boshqalardan ustun bo'lish, hukmronlikni namoyon 
qilish, guruhning boshqa a'zolarini o'ziga bo'ysundirib olishdan iborat bo'ladi. 
Shaxslararo nizolarni oldini olish maqsadida guruh a'zolarining guruhdagi 
statusini tekistlash, do'stona muloqot malakalarini madaniylashtirish, odamlarning 
o'zaro intilishini rag'batlantirish, bir odam xulqi boshqa birining muvaf-
faqiyatsizligiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga yo'l qo'ymaslik lozim. 


222 
Jamoa ongining yuqori darajadaligi, guruh a'zolarining fuqarolik 
pozitsiyalari jamoaning yetukligi alomatidir. 
Yetuk jamoaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
- jamoaning va shaxsning qadriyatlari, maqsadlari bir-biriga mos tushadi
jamoa hayoti ijtimoiy foydali, takomillashib boruvchi faoliyat bilan to'yingan 
bo'ladi; 
-uning a'zolari do'stona teng huquqli, guruhning har bir a'zosi uning hayotiy 
faoliyatining ma'lum bir jihatini tashkil qilishda ishtirok etadi; 
-jamoaning har bir a'zosi o'z xatti-harakati, o'sishi istiqbollarini ko'ra biladi 
va uning rivojlanishidan shaxsiy manfaatdorligini namoyon qiladi; 
-ijtimoiy o'zaro munosabatlar ijobiy tajribasi muntazam yig'ilib boradi va 
an'anaga aylanib qoladi. 
-shaxs jamoa tamonidan himoya qilinadi va uning oldida mas'uldir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling