O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Do'stlik qadriyatli - yo'naltirilgan birlik - pozitsiyalar va baholarning mos 
kelishi, olamni tushunishning umumiyligi asosida yuzaga keladi. Do'stlikda 
odamning intim (dilga, ko'ngilga yaqin) munosabatlarga ehtiyoji qondiriladi, uning 
o'z qadrini tan olinishi amalga oshadi. 
Yoshlik va ilk yetuklik yoshida u emotsional boyitilgan bo'ladi, navbatdagi 
yosh davrlarida esa u - ijtimoiy turg'unlik va himoyalanganlik omili bo'lib qoladi. 
Do'stona munosabatlarda odamlar go'yo shaxslararo munosabatlar etalonini 
shakllantiradi, ularni yuqori axloqiy asosga o'tkazadilar. 
Sevgi - shaxsga hissiy ijobiy munosabatda bo'lishning oliy darajasidir, uning 
asosida shaxsning ijtimoiy va fiziologik jihatlari (afzalligi, yutuqlari)ni o'ta yuqori 
baholash, unga talpinish, uning uchun shaxsan eng ahamiyatli bo'lib qolishga 
intilish yotadi. 
Sevgining ehtirosliligi - odam psixikasida ustivorlik qiluvchi, uning barcha 
fikr-o'ylari va ishtiyoqini birlashtiruvchi kuchli va barqaror his bilan 
xarakterlanadi. Bunda individning ratsional - rolli faoliyati ko'pincha ong osti - 
hissiyotli ustuvorlik (dominanti) bilan singishib ketadi.
Chuqur intim his bo'lar ekan, sevgi da'vogarlik hissini tug'diradi - javob 
hissini talab qiladi va ko'pincha azobli his, rashk bilan kuzatiladi. Sevgidagi 
ijtimoiy asos individning biologik ehtiyojlari bilan integratsiyalanadi. 
Muloqot jarayonida odamlar doimo bir-biri bilan psixologik o'zaro 
munosabatda bo'ladilar. Bu o'zaro munosabatlar maqsadga yo'naltirilgan va 
spontan, anglangan va ong ostida (anglanmagan) bo'lishi mumkin. 
Muloqotdoshiga ongli ta'sir ko'rsatish, maqsadga yo'naltirilgan e'tiqod bilan 
shakllanadi. Ishonch - psixik ta'sir etishning ma'lum bir vazifasiga mos ravishda 
faktlarni tanlab olish va umumlashtirish, sherik ongiga ta'sir etishdir. 
Ishonchning ob'ektiv asosini - postulatlar (qoida, farazlar)ning samimiyligi, 
psixologik asosi (zamini)ni esa - sub'ektning tegishli ma'lumotni idrok etish va 
o'zlashtirishga motivatsion tayyorligi, unda zarur ma'lumot bazasining mavjudligi 
tashkil qiladi. 


230 
Oldindan (bilmay turib) paydo bo'lgan fikr, noto'g'ri (xato) tushuncha, soxta 
(salbiy) fikr, taxminlar - ishonchning shakllanishiga halaqit qiluvchi psixologik 
to'siqlar bo'lib hizmat qiladi. Individ o'z taxminlari shubhalarini anglamasligi va 
intuitiv yoqimsiz bo'lgan yangi muloqotni yaroqsizdek baholashi mumkin. 
Ishonchning shakllanishiga har-xil irm-sirimlar, xurofotlar - mazkur ijtimoiy 
muhitda keng tarqalgan shablonli mulohazalar, stereotiplarni notanqidiy 
o'zlashtirib olish ham halaqit qilishi mumkin. 
Ishonchning samarali bo'lish sharti - bu ta'sir etayotgan odamning yuqori 
axloqiy va intellektual obro'ga egaligiga bog'liq. Bunda e'tiqod jarayoniga so'zsiz 
ishonch ham qo'shiladi. 
Argumentlashmagan ijtimoiy o'zaro munosabatlarning yana bir turi - taqlid 
(namunaga, misolga amal qilish, ergashish)dir. Taqlid - ijtimoiy o'rganish 
vositalaridan biri, ijtimoiy tajribani o'zlashtirishdir. Bola o'ziga qulay bo'lgan, o'zi 
o'zlashtirishi, tushunishi oson bo'lgan ijtimoiy namunalarga taqlid qiladi. O'smirlik 
davrida tiqlid qilish individning eng obro'li, ijtimoiy etalon sifatida idrok 
qilinuvchi shaxslarga oriyentir qilishga intilishi bilan bog'liq. 
Taqlid ichki va tashqi motivlashgan, anglangan bo'lishi mumkin. Tashqi 
taqlid urf-odat va modalar kabi ijtimoiy psixologik hodisalarga asoslanadi. 
Psixik o'zaro munosabatlarning eng keng tarqalgan shakllaridan yana biri 
konformlikdir (lot. conformis - o'xshash). Konformlik - ijtimoiy standartlar 
talabalariga bo'ysinish, shaxsning ijtimoiy taz'iqlarga yon bosishidir. 
Agar taqlid - shaxs ustanovkalarga mos keladigan xulq namunalarini ishlab 
chiqish bo'lsa, konformlik esa - mazkur shaxsning ustanovkalari va pozitsiyalariga, 
hatto qarama-qarshi bo'lgan guruhning talablariga bo'ysinishidir. Konformli 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling