O'zbekiston respublikasi profi universitety


Uzoq davom etgan kelishmovchilik, uzluksiz yoqimsizlikni his qilish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Uzoq davom etgan kelishmovchilik, uzluksiz yoqimsizlikni his qilish 
holatida “kuyish” (“ishdan chiqish”) shaxsiy xavfli chegaraga o'tadi - asosiy 
ijtimoiy qadriyatlar tizimida individning buzilishi (dezoriyentatsiyasi) ro'y 
beradi. Odam go'yo “kuyib bo'lgan” bo'lib qoladi. Bunda dahshatli yovuzliklarni 
qilishga bir qadam qoladi xolos. Buning uchun arzimagan bahona, turtki bo'lsa bas. 
Bu holatdagi odamlardan komikadze sifatida foydalanish, yovuz niyatli kuchlar 
uchun hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Chunki, bunday holatni boshdan 
kechirayotgan odamlar, bunday mudhish xatti-harakatlarni bajarishga psixologik 
tayyor bo'ladi. 
Jinoyatchilikni oldini olish (profilaktikasi), yuqorida ko'rsatib o'tilgan odam 
qalbining “kuyishi”ni bartaraf etishning keng ijtimoiy tizimini ishlab chiqishdan 
boshlanishi kerak. Individlar xulqining insoniyligi jamiyat hayotiy faoliyatining 
barcha jabhalarida inson omilini hisobga olish va optimizatsiyalashtirishga bog'liq 
bo'ladi. Jamiyatga ommaviy stresslarni profilaktika qiluvchi maxsus ijtimoiy - 
psixologik xizmat zarur bo'ladi. Har bir rahbar, o'z muassasasida, odamlar 
qalbini “kuyishini” bartaraf etuvchi psixologik iqlimni yaratish uchun maxsus 
shug'ullanishga majbur.
Odamlarning stressogen ko'tarinki zerikkanligi. Zerikishli sharoitlarda 
odam o'zining shaxsiy makonini yaratishga, boshqalardan ajralib turuvchi ma'lum 
bir shaxsiy masofani saqlab qolishga intiladi. Jamoatchilik joylarida, binolarida 
odamlar odatda devor, derazalarga yaqin oxirgi qatorlardagi joylarni, o'rinlarni 
egallashga harakat qiladilar. Shuning uchun ham majlis, ma'ruzalar o'tkaziladigan 
xonalarda ko'pincha oldingi qatorlar bo'sh qoladi. 
Odamlar zich joylashgan makonda uzoq muddat bo'lib qolishida, siqilishib 
turgan sharoitda psixik zo'riqish yuzaga keladi. Erkaklarda tajavuzkorlik 
alomatlari, ayollarda esa nervozlik namoyon bo'ladi. Shaxslilikning yo'qolishi, 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling