beradigan nizolar yuzaga keladi. Aslida nizoli qarama-qarshiliklar, oldinroq
shakllangan yolg'on (mnimik) nizolar tufayli yuzaga keladi. Ko'pchilik mnimik
nizolar ruhiy zaiflashgan yoki xaddan tashqari qo'zg'aluvchan odamlarda
kuzatiladi.
Hayot nizolarsiz bo'lishi mumkin emas. Manfaat, qiziqishlarning umum
garmoniyasi - utopik - sotsialistlarning xayolidir holos. Nizoli qarama-qarshiliklar
- individni va ijtimoiy tizimlarning o'zini-o'zi rivojlantirishining asosidir. Odam
nizodan qochishi emas, balki ulardan chiqishning adaptiv yo'llarini topa bilishi
kerak. Bozor va demokratik munosabatlarning mohiyati shaxslarning va ijtimoiy
tuzilmalarning erkin tortishuvi, kurashiga asoslanadi.
Biroq, bu kurash ijtimoiy o'zaro munosabatlarning sivilizatsiyalashgan
qonun-qoidalari o'zanida bo'lishi kerak. Va ko'pincha, o'ta psixologik zo'riqish
holatida amalga oshiriladigan bunday tanlov noadekvat bo'ladi. Nizoga kirishar
ekan individ, undan qanday chiqish mumkinligini bilmaydi, uning qarori, uning
o'zi uchun ziyonli bo'lishi ham mumkin.
Nizo ishtirokchilari refleksiv o'zaro munosabatlar - boshqa tomondan
kutilishi mumkin bo'lgan xulqni “oldindan ko'rish” - holatida bo'ladilar. Bunday
vaziyatlarda tomonlar ko'pincha refleksiv boshqarish, deb ataluvchi boshqaruv
holatiga o'tib oladilar. Bunga ko'ra ular qarama- qarshi tomonga, u o'zi uchun
befoyda qarorlar qabul qilishga olib keluvchi yolg'on ma'lumotlarni berishga
intiladi.
Nizo ishtirokchilari o'rtasida xulqning uch tipi farqlanadi: Bular 1)
destruktiv, 2) konform 3) konstruktiv.
Destruktiv tip - o'z manfaatlariga to'laligicha berilib ketgan va ularga
erishish maqsadida nizoni doimo chuqurlashtirib boradi. Bunday tip odamlar
uchun doimiy himoyaga tayyorlik, o'z maqsadlari qurshovida bo'lish, boshqa
tomon xulqining taktik (nazokatli) xususiyatlarini idrok qila olmaslik kabilar
hosdir. Bunday tipga ko'pchilik terroristlar, xulq tizimi avtoritar bo'lgan kishilar,
shavqatsiz shaxslar mansubdir.
Konform tip – bunday odamlar, o'z xulqi bilan ikkinchi tomonning
tajovuzkorona xulqini orttirib borishiga undaydi. Undaylar, so'zsiz yon berishga
moyil tipdir.
Konstruktiv tip - o'zaro ma'qul (maqbul) qarorlarni topish yo'li bilan nizoga
barham berishga intiladigan tip.
Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda, ijtimoiy va huquqiy boshqaruv
nizolarning ahamiyatliligi bugungi kunlarimizda bilimlarning mustaqil sohasini -
Do'stlaringiz bilan baham: |