O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

individlar - bu boshqa ahamiyatli shaxslar tomonidan ko'rsatilayotgan ta'sirni his 
qiluvchi kishilardir. 
Shaxsning 
standart 
me'yorlarga 
bo'ysunmasligi 
konform 
emaslik 
(nonkonforimlik), deb ataladi. Nonkonformlik shaxsning yuqori g'oyaviy 
printsipialligiga ham, ijtimoiy me'yorlar va qonunlarni anarxik inkor etishiga ham 
asoslangan bo'lishi mumkin. (Xulqning u shakli ham, bu shakli ham me'yordan 
og'ish - deviant xulq deyiladi). 
Odamlarni psixik o'zaro munosabatlarining diffuz, ong osti shakli - psixik 
ta'sirlanish (zararlanish), deyiladi. Psixik ta'sirlanish: psixik zo'riqish sharoitida 
ko'tarinki emotsional holatlarni bir individdan boshqasiga o'tkazilishi jarayoni
sirkulyar o'sib boruvchi ommaviy emotsional qo'zg'alish holatidir. Ommaviy psixik 
ta'sirlanish ijtimoiy me'yorli tuzilgan xulqning buzilishiga, ijtimoiy javobgarlikning 
keskin pasayishiga, ijtimoiy - diffuz xulqning ustuvorligiga olib keladi. 
2 §. Muloqotda zo'riqishli va nizoli psixik o'zaro munosabat. 
Nizo psixologiyasi 
 
Ish kuni yakuniga borib, odamlarda kuzatiladigan oddiy toliqish kichik 
stress deb ataluvchi psixologik fenomenning yuzaga kelishiga, ishchilarning 
toliqishiga, “xodimning ishdan chiqishiga” (kuyishiga, vыgoraniya) olib keladi. 


231 
Toliqish holati xulqning noadekvatligi, ko'tarinki asabiylik, shaxslararo 
munosabatlarda keskinlikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. 
“Kuyish” (“Ishdan chiqish”)ga odatda ijtimoiy sohalarda, odamlar bilan 
muntazam o'zaro munosabatlarda bo'luvchilar (sotuvchilar, kassirlar, o'qituvchilar, 
vrachlar, huquq tartibot idoralari, davlat tashkilotlari xodimlari) ko'proq 
uchraydilar. Bunda hamdardlik, qayg'udoshlik hislari so'ndiriladi, chidamlilik
toqatlilik pasayadi. 
Mijozlar bilan asossiz nizolar, ularga nisbatan kinoyali munosabatlar, 
ularning murojaatlariga bee'tibor munosabatlar yuzaga keladi. O'zining elementar 
burchini, vazifasini ijro etish, bajarishning o'rniga, ko'pincha mijozga baqirish va 
hatto uni haqoratlash holatlari ham kuzatilishi mumkin. Agar mijozning o'zi ham 
bu vaqtda “kuyib” (“ishdan chiqib”) turgan bo'lsa, unda ish katta janjalgacha borib 
yetishi ehtimol. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling