O'zbekiston respublikasi profi universitety


Muloqot sub'ektlarining turli mavqei


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Muloqot sub'ektlarining turli mavqei (holati) ham ularning o'zaro 
baholash xarakterini belgilaydi. Boshliq xodimning bir sifati uchun qadrlaydi, shu 
bilan birga rahbarning tashqi alomatlari, belgilari ayniqsa batafsil baholanadi. 
Rahbarning xodim uchun ahamiyatli sifatlarini bildiruvchi belgilar alohida ajratib 
baholanadi. 
Tashqi signallardan foydalanishning bunday tizimi barcha rollararo 
munosabatlarda mavjud bo'ladi. Har bir tipik vaziyatlarda odamlar bir-biridan 
ma'lum bir xulqiy namoyon bo'lishni kutadi. Bu kutishlarning oqlanishi qoniqishni, 
oqlanmaganligi esa - yoqtirmaslik, afsuslanish, jonga tegish hislarini yuzaga 
keltiradi. Odamlar o'zlarining yuqori ehtimolli bashoratlarining tasdiqlanishini 
yoqtiradilar. Ularning ko'pchiligi ijtimoiy muhitda ro'y bergan o'zgarishlarga 
odatdagi tarzda, o'z ustanovkalariga ishongan holda munosabat bildirishni maqul 
ko'radilar. 
Masalan, A.A.Bodalyov tomonidan o'tkazilgan tajribada bitta fotosuratning 
o'zi, suratda aks ettirilgan odamning axloqiy-psixologik sifatlari haqida berilgan 
ijtimoiy statusiga nisbatan dastlabki ko'rsatmaga bog'liq ravishda, sinaluvchilarda 
mutlaqo qarama-qarshi tasavvurlarni yuzaga keltirgan. Bunda, sinaluvchilarning 
bir guruhiga fotosuratdagi odam ashaddiy jinoyatchi sifatida tanishtirilgan, boshqa 
guruh sinaluvchilariga esa xuddi shu surat egasi, atoqli olim deb tanishtirilgan. 
(Бодалёв.А.А. Восприятие и понимание человека человеком.-М., 1982). 


227 
Ijtimoiy 
pertseptsiya 
stereotipizatsiyaga 
moyil 
bo'ladi. 
Shtamp 
(tamg'alar)ning tafovutligi ko'pincha odamni odam tomonidan idrok etilishini 
buzadi, noadekvat izohlanishga olib keladi. 
O'zaro baholash asosida odamlarda tegishli ijtimoiy hissiyot - his 
shakllanadi. Attraktsiya (ingl. attrakt - jalb qilish, o'ziga tortish) hodisasi, 
shaxslararo munosabatlarning hissiy to'yinganligi yuzaga keladi. 
Har bir odamda, uni shaxslararo munosabatlarda maqul ko'radigan jihatlarini 
belgilab beradigan, o'zining motivatsion tizimi bo'ladi. Individ o'zini o'rab turgan 
ijtimoiy muhitni turli asoslarga ko'ra saralab, joylashtirib chiqadi. Diffuz 
jamoalarda individ muloqotdoshining tashqi emotsional namoyon bo'lishiga bog'liq 
ravishda 
maqullashni 
nomoyon 
etadi. 
Turg'un 
hamkorlikdagi 
faoliyat, 
munosabatlarni sherikning axloqiy va ishchanlik sifatlariga bog'liq ravishda 
qaytadan yo'naltirishni yuzaga keltiradi. 
Sub'ektiv shartlangan munosabatlar turli etnik guruhlar vakillari o'rtasida 
yuzaga keladi (etnoslararo munosabat). Bu munosabatlar hayotning madaniy-
maishiy sharoitlari, dolzarblashgan manfaatlarga bog'liq ravishda do'stona, neytral 
yoki nizoli bo'lishi mumkin. Bunda individning ijtimoiylashuvi jarayonida 
shakllangan stereotiplar, ustanovkalar va xurofotlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. 
Ko'pchilik odamlar, o'zini, o'zlarining xulqiy ustanovkalariga mos holda 
tutadilar. Muloqotning ma'lum bir natijasini oldindan rejalashtirib olar ekan, 
ular o'z xulqi bilan uni yuzaga keltiradilar ham. Arazchi odam, odatda o'zini xafa 
qilishgandek tutadi, tajovuzkor odam esa “javob qaytarishi” mumkin bo'lgan 
bironta ham bahonani o'tkazib yubormaydi. 
Odamlar o'zlarida hammadan ko'ra ko'proq yaxshi ko'radigan sifatlarini 
oldingi planga olib chiqadi. Ular ko'pincha boshqalarning “Xulqiy qiyofasiga” 
kirib turadi, juftida o'zi kutayotgan, istayotgan xulqni yuzaga keltiruvchi xulqiy 
usullarni sinab ko'radi, “qo'yniga qo'l soladi”. 
Odam muloqotdoshi haqidagi ma'lumotlarning 70% atrofidagisini ular 
xulqining bevosita kuzatiladigan tashqi xulqi xususiyatlari: mimik, pantmomik, 
temporitmik, vokal - intonatsion xarakteristikalariga ko'ra oladi. 
Odamning ko'pchilik tashqi xulqiy nomoyon bo'luvchi jihatlari shartlidir
ular faqat foydalanilayotgan etika kodi, mazkur jamoaning madaniy etnik 
me'yorlari ma'lum bo'lgan holatlardagina tushunarli bo'ladi. Lekin, “o'tib bo'lmas 
ko'rinishga” ega bo'lgan, “ichimdagini top!”-deganga o'xshaydigan, yopiq odamlar 
toifasi, odatda yoqimsiz taassurot uyg'onadi. 
Kommunikativ xulqning alohida jihatlaridan yana biri, odamning o'zi bilan 
o'zi qiladigan muloqoti - autokommunikatsiya hisoblanadi. Odam o'zi bilan o'zi 
muloqotda bo'lganida ob'ektiv hodisalar bilan ijtimoiy o'zaro munosabatda bo'ladi, 
turli shaxsiy instantsiyalar o'rtasida qarama – qarshiliklar yuzaga keladi: odam 
“o'zini qo'lga olishi” yoki ehtiros va ishtiyoqlarga bo'ysunishi mumkin. 
Har qanday holatlarda u o'zidan o'zi tegishli xulqqa sanktsiya oladi. Uning 
xulqi texnikasi ham doimo uning o'zi maqullaydigan mazmunga mos keladi. Odam 
xulqini katta orkestr tomonidan ijro etilgan ohang tovushlariga qiyoslash mumkin, 
lekin ularning barchasi mazkur individga zarur bo'lgan musiqani ijro etadi. 


228 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling