O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
II BOB 
 
MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR 
PSIXOLOGIYASI 
 
1 §. Muloqot va shaxslararo munosabatlar haqida tushuncha 
Muloqot - odamlarning ijtimoiy tajriba, madaniy merosni uzatish va 
hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida belgilar tizimi vositasida 
ijtimoiy o'zaro munasabatlarga kirishidir.
Sent - Ekzyuperi yozganidek “Odam - aloqa bo'g'inidir”. Muloqotning 
mazmunli, boy, ziynatli bo'lishi odam hayotiy faoliyatini ruhlantiradi, uni 
sotsiumga kirishini ta'minlaydi. Ijtimoiy muloqotda individning psixik rivojlanishi 
va o'zini-o'zi ro'yobga chiqarishi amalga oshadi. Odamning barcha psixik sifatlari 
uning boshqa odamlar bilan bo'ladigan muloqotida shakllanadi va namoyon 
bo'ladi. Samarali muloqot tegishli malaka va ko'nikmalar, muloqot madaniyati 
bilan bog'liq. 
Muloqotning mazmuni, funktsiyasi va vositalari farqlanadi.
Muloqot mazmuni ko'p predmetlidir, uning maqsadlari funktsiyalari bilan 
bog'liq. 
Muloqotning to'rta asosiy funktsiyasini farqlash mumkin: 
-ma'lumotli - kommunikativ (ma'lumotlarni qabul qilish va uzatish); 
-boshqaruv-kommunikativ 
(interaktiv 
odamlarning 
hamkorlikdagi 
faoliyatida ularning o'zaro munosabatlarini tashkil qilish); 
-pertseptiv - effektiv (odamlarni ijtimoiy ob'ektlar sifatida idrok qilish
ularning hissiy jihatlariga ta'sir qilish);
-affektiv - ekspressiv (odamning o'zini-o'zi emotsional namoyon qilish). 
Foydalanayotgan vositalariga bog'liq ravishda muloqot bevosita va bilvosita, 
to'g'ri va chalg'itilgan, verbal (so'zlar vositasida) va noverbal (paraverbal) bo'lishi 
mumkin. 
Shuningdek, muloqot texnikasi ham farqlanadi. Bu psixologik aloqa 
o'rnatish, muloqotdoshiga ta'sir o'tkazishning turli usullaridan foydalanish, muloqot 
shakllariga bog'liq ravishda muloqot vositalarini tanlab olishdir.
Muloqotning ishchan, kasbiy, maishiy, xususiy va ommaviy oshkora 
shakllari farqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling