O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
yetakchi (lider) tomonidan amalga oshiriladi. Yetakchi guruh a'zolari tomonidan
yuqori baholanadigan psixik sifatlarga, rahbar esa - boshqarish va bo'ysundirishning rasmiy vakolatiga ega bo'ladi. Munosib rahbar odatda yetakchi (lider) ham bo'ladi, lekin ko'p hollarda rahbar yetakchi emas, balki ma'mur (administrator) bo'lib qoladi. Turli vaziyatlarda turlicha vaziyatli rahbarlar bo'lishi mumkin. Biroq, odamlar ayrim shaxslarning yetakchilik, liderlik sifatlarini umumlashtirishga moyil bo'ladilar. Agar odam bir xil vaziyatda yetakchilik qilsa, u boshqa vaziyatlarda ham yetakchilik qila oladi, deb hisoblaydilar. Ko'pincha ishbilarmonlik sifatiga emas, balki atrofidagilarga ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega odamlar yetakchi bo'ladilar. Yetakchi, rahbardan farqli o'laroq guruhning barcha hayotiy faoliyatini ta'minlamaydi va uni ko'zlangan maqsadlarga erishishi uchun javobgar ham bo'lmaydi. Lekin, guruh hayotiy faoliyatining ayrim fursatlarida, yetakchi rahbardan ustunlik qilishi mumkin. Yetakchilarning quyidagi vaziyatli - shartlangan tiplari farqlanadi: ruhlantiruvchi – yetakchi; g'oyalar generatori (ishlab chiquvchi) – yetakchi; faoliyatning ayrim turlarini tashkil qiluvchi – yetakchi; hissiy yetakchi va sh.k. Vaziyatli yetakchidan farqli ravishda, rahbar quyidagilarni bajarishi lozim bo'ladi: - kompleks ijtimoiy vazifalarni bajarish (xal etish); - guruh faoliyat ko'rsatadigan boshlang'ich shart-sharoitlarni aniqlash; - uni faoliyati yo'nalishini belgilash: faoliyatning oxirgi natijasini ham, ayrim oraliq xatti-harakat natijalarini ham oldindan ko'ra bilish; 220 - guruh xatti-harakatlarini koordinatsiya qilish va tuzatib borish. Guruh o'z faoliyati strategiyasini tanlaydi, rahbar esa taktik qarorlarni qabul qiladi. Guruh rahbari qator sifatlarga ega bo'lishi kerak, ularga: ishchanlik, faollik, aqllilik, uddaburonlik, kombinatsion qobiliyatlar, o'zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanlik, kommunikativ madaniyat kabi sifatlar kiradi. Rahbarlik turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Eng keng tarqalgan rahbarlik usullari: avtoritar, liberal va demokratik usullardir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling