Reja: Ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan о‘tkazish. Oliy ta’limda monitoring tizimining mohiyati. Ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi


Download 61 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi61 Kb.
#1308032
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Attestatsiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baholash usuli sifatida


Attestatsiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baholash usuli sifatida
Reja:

  1. Ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillar.

  2. Ta’lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan о‘tkazish.

  3. Oliy ta’limda monitoring tizimining mohiyati.



    1. Ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillar.

Oliy ta’lim sohasida sifat kо‘p qirrali konsepsiya hisoblanadi. U ta’lim sohasidagi barcha funksiya va faoliyat turlari - о‘quv va akademik dasturlar, ilmiy tadqiqot va stipendiyalar, mutaxassis xodimlar bilan tо‘liq ta’minlanganlik, ta’lim oluvchilar, binolar, moddiy-texnika bazasi va jihozlarni, jamiyat va akademik muhim farovonligi yо‘lidagi barcha ishlarni qamrab olishi kerak.
Ta’lim va kadrlarni kasbiy tayyorlash ta’lim sifatining asosiy yakuniy sifatidir, bu quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- insonlar: professor-о‘qituvchilar tarkibi, ta’lim oluvchilar, о‘quv-yordamchi faoliyat xodimlari, ma’muriy xodimlar va b.;
- texnologiyalar: pedagogik, tarbiyaviy, informatsiyaviy, boshqaruv, nazorat qiluvchi va b.;
- moddiy-texnikaviy ta’minot: binolar, jihozlar, laboratoriya va amaliyot bazasi va b.;
- meyoriy-huquqiy va о‘quv-metodik ta’minot;
- rag‘batlantirishlar va asoslar;
- tashqi ta’sirlar: bozor iqtisodiyoti talablari, korxonalar, jamiyat va davlat.
Ta’lim tizimining yuqorida keltirilgan tarkibiy unsurlari ustunlik qiluvchi omillar majmuini belgilaydi, bular ta’lim va xodimlarni kasbiy tayyorlash sifatiga ta’sir etadi.
Asos (fundament) о‘rta maxsus, kasbiy ta’lim muassasi bitiruvchilarni tayyorlash sifati bilan bog‘liq omillarga aloqadordir hamda oliy ta’lim bilan vorisligiga bog‘liq.
Yomon poydevor ustiga yaxshi imorat qurib bо‘lmaydi.
О‘ng devor professor-о‘qituvchilar tarkibi bilan bog‘liq omillarga aloqador: kasbiy malaka, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, ma’naviyat-ma’rifat va madaniyat, asoslash va rag‘batlantirishlar, ta’lim oluvchilar bilan hamkorlik darajasi

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling