Ta’lim muassasi о‘zida ishlayotgan о‘qituvchilardan yaxshiroq bо‘la olmaydi.
Sо‘l devorga Davlat ta’lim standarti (DTS)da belgilangan omillar – о‘quv rejalari va fanlar dasturini, о‘quv-metodik ta’minot, moddiy-texnikaviy ta’minot, malakaviy amaliyot va .lar ta’sir etadi.
Yaxshi meyoriy-huquqiy asos – yaxshi tashkil etilgan о‘quv –tarbiya jarayoni va uni boshqarishning asosi.
Old devor ta’lim, fan va ishlab chiqarish uyg‘unlashuvi bilan bog‘liq omillarga aloqador: о‘quv jarayonida malakali mutaxassislar, fan va texnikaning zamonaviy moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish, ularning muammolarini hal etishda ishtirok etishga.
Ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvi – raqobatbardosh iqtisodiyot garovi.
Orqa devorga ta’lim muassasasi va uning bо‘linmalarini tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq omillar ta’sir etadi: boshqarish tizimi, boshqarish usuli va uslubi, rahbarning individual, jamoaviy-ruhiy sifatlari.
Boshqaruv faoliyati о‘z mazmuni va tavsifiga kо‘ra mehnat jamoasi hayotida aqliy-tartibiy ahamiyat kasb etadi.
Tomga bozor iqtisodiyoti raqobat muhiti va istiqbollari belgilaydigan omillar ta’sir etadi: korxona ehtiyoji va manfaatlari, mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza.
Eshik – omillar uchun kirish, u bilan bog‘liq:
- о‘qitilayotgan shaxslarning individual va jamoaviy-ruhiy sifatlarini shakllantirish;
- о‘quv-tarbiya jarayonini nazorat qilish.
Ta’lim va xodimlarni kasbiy tayyorlash sifati muammolariga tizimli yondashish zarur. Omillar butun majmuini ular bog‘liqligi va aloqadorligida, bir zanjirning xalqalari sifatida boshqarish zarur. Mazkur zanjirdan biror xalqa(omil) yoki xalqalar(omillar)ning tushib qolishi ta’lim sifatini boshqarish tizimida uzilish sodir bо‘lishiga olib keladi. Mazkur tizimdagi uzilishlar biror omil yо‘l qо‘yilgan chegaradan chiqqanida ham sodir bо‘ladi. Shuning uchun omillar majmuini bozor iqtisodiyoti, korxona, jamiyat va davlat belgilaydigan talab chegarasida utib turish ta’lis sifatini boshqarish tizimining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |