Sifat omillarining haqiqiy qimmati qanday belgilanadi?
Bu savolga О‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi (ta’lim tizimini boshqarishning birinchi bosqichi) tasarrufidagi ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash va attestatsiyalash tartibidan javob olish mumkin.
2. Ta’lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan
о‘tkazish
Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash – ta’lim muassasasini baholash va tan olish bо‘yicha tadbirlar tizimi, shuningdek, ular tavsiya qilgan tayyorlov dasturlarini mazmuni, tо‘laqonligicha, о‘qitish darajasi va uning sifatini tan olish.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim muassasasini va uning dasturini akkreditatsiyalash ta’lim tizimining va о‘zi xizmat qiladigan keng jamoatchilikning unga ishonch bildirish marosimidir. Akkreditatsiya ixtiyoriy – hukumatga aloqadorsiz (AQShda) va majburiy – hukumatga aloqador (G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida) bо‘lishi mumkin. Har ikki holda ham akkreditatsiyadan о‘tkazuvchi tashkilot tan olish mezonini belgilaydi, mazkur mezonlarga ta’lim muassasalari muvofiqligini belgilash maqsadida joylarda tekshiruvlar tashkil etadi va ta’lim muassasasi hamda uning tayyorlov dasturlariga akkreditlangan maqomini berish tо‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ta’lim muassasasiga akkreditlangan maqomi nima beradi?
Birinchidan, mazkur maqom bir qator moliyaviy muammolarni hal etish imkonini beradi. Masalan, AQShda federal byudjet agentligi akkreditatsiyaga muayyan ta’lim muassasasiga moliyaviy yordam kо‘rsatish tо‘g‘risida qaror chiqarish uchun asos sifatida qaraydi.
Shu bilan birga talabalarga stipendiya berish bо‘yicha komissiya va turli xayriya jamg‘armalari о‘z grantlarini, odatda, akkreditlangan ta’lim muassasasi yoki о‘quv dasturlariga ajratadi.
Ikkinchidan, bunday maqom ta’lim jarayonining subyektlariga: ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar tarkibi va ta’lim oluvchilarga sezilarli ta’sir о‘tkazadi. AQShda kollejlar va universitetlarning ma’muriyati о‘qituvchilar akademik muvaffaqiyatlarini baholash hamda ularga mukofot belgilashda akkreditatsiya qarorini hisobga oladilar, ya’ni ular mehnati natijalariga mos ma’naviy va modiy rag‘batlantirishni amalga oshiradilar. Akkreditatsiya qarori ma’muriyat va professor-о‘qituvchilar tarkibi uchun ta’lim muassasasining maqsad va vazifasi, о‘quv dasturlarini ishlab chiqarishda foydalidir. Bо‘lajak talabalar uchun akkreditatsiya qarori kollej yoki universitetni, ya’ni ta’lim sifatiga qо‘yiladigan minimal talablarga javob beradigan ta’lim muassasasini tanlashlarida kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |