O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- UO‘K: 002(062.2) KBK:72.4(5O‘zb) M 58 Maxmudov S.Yu., Umaralieva M.A., Karimova G.K.
- PZ-2014-0906164153 – “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdid- larga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish”
- Ma’sul muharrir: pedagogika fanlari doktori, professor X.F. Rashidov Taqrizchilar
- X.F. Rashidov
- 1.1. Informatsion tahdidlar va ularning namoyon bo‘lishi
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI T.N.QORI NIYOZIY NOMIDAGI O‘ZBЕKISTON PЕDAGOGIKA FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI S.Yu.MAXMUDOV, M.A.UMARALIYЕVA, G.K.KARIMOVA ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: TAHLIL, RЕJALASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH (Uslubiy tavsiyanoma) ToshkenT-2015 UO‘K: 002(062.2) KBK:72.4(5O‘zb) M 58 Maxmudov S.Yu., Umaralieva M.A., Karimova G.K. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlardagi informat siyaviy tahdidlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va amal ga oshirish/ Uslubiy tavsiyanoma/ s.Yu.Maxmudov va b. – Toshkent: T.n.Qori niyoziy nomidagi o‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bosmaxonasi, 2015-y. 116 b. Mazkur uslubiy tavsiyanoma PZ-2014-0906164153 – “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdid- larga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” amaliy tadqiqot loyihasi doirasida tayyorlangan. Uslubiy tavsiyanomada keltirilgan ma’lumotlardan pedagogik jarayonlarni tashkil etishda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, jumladan, pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, shuningdek, ta’lim tizimini boshqarishda, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, davlat va boshqaruv organlarining matbuot xizmatlari xodimlari hamda fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari amaliyotida keng foydalanish mumkin. Ma’sul muharrir: pedagogika fanlari doktori, professor X.F. Rashidov Taqrizchilar: o‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oo‘k katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari nomzodi M.A. Musayev T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbеkiston Pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti kata ilmiy xodim, pedagogika fanlari nomzodi Z. A. Dexkanbayeva 3 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish SO‘Z BOSHI Insonning yaqin do‘sti, maslahatchisi hamda bilim manbai hisoblangan kitob ma’naviy yuksalish va tamaddun beshigi sifatida hamisha qadrlangan. Ajdodlardan meros ushbu an’ana tufayli tafakkur, hayotiy tajriba, kuzatuv hamda turli yo‘nalishlardagi ilmlar bir-birini to‘ldirib, boyitib borgan. natijada kitob ta’lim va tarbiya o‘zagi sifatida bashariyatning, ayniqsa, yosh avlodga ta’lim berishdek savobli va mas’uliyatli ishni o‘z zimmasiga olgan pedagoglarning ma’naviy xazinasiga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. shu ma’noda “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar- lardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va amalga oshirish” nomli tavsiyanoma ham o‘zining dolzarbligi bilan pedagoglar uchun muhim tavsiyanoma sifatida diqqatga sazovor. Tavsiyanomaning muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: Birinchidan, ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning pedagogik faoliyatdagi vazifalari va tutgan o‘rni batafsil ochib berilgan. Ushbu tavsiyanomani o‘qigan pedagog borki, tizimdagi axborot xavfsizligidan xabardor bo‘ladi. Bilasiz, hozirgi shiddatli zamonda, axborot asrida xavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lib, sohalarning tizimli va faol ishlashida asosiy omillardan hisoblanadi. Ikkinchidan, risolada axborot xuruji oqibatida milliy ma’na- viyatimizga yot turli mafkuraviy illatlarning urchib borayotgani, ularning salbiy ta’sirlari aniq misollar orqali ochib berilganki, bu ham uslubiy tavsiyanoma qiymatini yanada oshiradi. negaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti sababli dun- yoning istalgan hududidagi voqea-hodisalarni bir lahzada bilish imkoni yuzaga keldi. Ammo voqea-hodisalar qanday talqinda ifodalanayotgani, 4 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova uning xolis yoki noxolis tahlil etilayotganini bilish uchun ogohlik, turli xurujlarga qarshi milliy immunitetni mustahkamlash juda katta ahamiyatga ega. Qo‘limizdagi amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanomada ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan konseptsiya, ya’ni: 1. Ilmiylik prinsipiga amal qilinganligi, taqdim etilayotgan tushunchalarning aniq ta’rifi va to‘liq ochib berilganligining ta’minlanishi. 2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish modelini ishlab chiqilganligi va uni ekspert baholanganligi natijalari. 3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish obyektlari sifatida pedagoglar dunyoqarashi, ularning hayotiy qadriyatlari, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlari hamda madaniy va estetik qarashlari inobatga olinganligining ta’minlanganligi. 4. Informatsiyaviy tahdidlar oqibatlarini aniq ochib berilganligi ta’minlanganligi. kelajakda ta’lim-tarbiya sohasi ilmiy-pedagogik xodimlarida, ilmiy tadqiqotchilarda, o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘quvchi- yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida, informatsiyaviy tahdidlarga, informatsiyaviy-g‘oyaviy targ‘ibotlarga, madaniy ekspansiyalarga qarshi immunitetni shaklantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Tavsiyanoma ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi- pedagoglar, tadqiqotchilar, mutaxassislar va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ommaviy axborot vositalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari matbuot xizmati xodimlari, keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan. Pedagogika fanlari doktori, professor X.F. Rashidov 5 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish KIRISH Bugungi kunda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib, ta’lim taraqqiyotining ko‘zgusi, pedagog-o‘qituvchilar ongi, dunyoqarashi hamda siyosiy saviya- sini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. huquqiy demokratik davlat, erkin va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. shu bois, istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalari (oAV)ni jamoatchilik o‘z fikr-g‘oyalarini, yurtimiz va jahonda sodir bo‘layotgan voqea- hodisalarga munosabati hamda pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish masalasi davlatimiz siyosati darajasiga ko‘- tarildi. Bu jarayonda ta’lim tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun o‘quv-metodik, ilmiy-pedagogik nashrlarning munosib ulushi borligini ta’kidlash joiz. Ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning ijobiy tomon- larini inkor etmagan holda, ularning ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida samarasiz, salbiy faoliyat olib borishi mumkinligini ham unut maslik lozim. Xo‘sh, bunday paytda qanday yo‘l tutgan ma’qul? Avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda berilayotgan materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkura- viy immunitet to‘la shakllanmaganini, ularda eshitgan yoki o‘qi- gan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu o‘ta jiddiy global masala ekani ayon bo‘ladi. Globallashuv davrida yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun mislsiz kurash bormoqda. hayotning turli jabhalarida namo yon bo‘layotgan bunday xurujlar, ayniqsa, axborot sohasida o‘zining avj nuqtasiga chiqqan. Bugungi kunda Internet kirib 6 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova bormagan biror-bir hudud yoki manzilni topish mushkul. Bosh- qacha aytganda, qayerdaki energiya manbai bo‘lsa, o‘sha joyda axborot almashinuvi yuz berayotir, kishilar yangiliklardan bir zumda boxabar bo‘lishmoqda. Globallashuv – XXI asr hamjamiyatining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim xususiyat sifatida, globallashuvga berilgan turli xil ta’riflar, globallashuv muttasil davom etadigan tarixiy jarayon, globallashuv jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jara- yoni, globallashuv milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni sifatida va ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy soha- lardagi yuksalishidir. Globallashuvga qisqa ta’rif bermoqchi bo‘lsak, uni turli mam- lakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deyish mumkin. Globallashuv bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatadi. Umumiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo turlicha ma’no mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakl- lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muam- molarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rgan- maslik, undan foydalanish mexanizmi, konsepsiyasi va texno lo- giyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga bosh- qaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘lar edi. Ko‘pchilik mualliflar ta’kidlaganidek, globallashuv va globa- lizatsiya so‘zi lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra, biror sohani butun Yer 7 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish sayyorasi miqyosiga ega bo‘lish jarayonini bildiradi. Masalan, iqtisodiyotning globallashuvi yoki ekologik muammolarning glo- bal lashuv jarayoni ularning butunjahon miqyosiga ega bo‘lishi, butun Yer shariga yoyilishini bildiradi. Globalizm – ijtimoiy tuzum bo‘lib, insoniyat va jamiyat taraq- qiyoti bosqichining bir ko‘rinishidir. Bunda ijtimoiy muno sabatlar va turli sohalar (fan-texnika, ta’lim-tarbiya, sanoat, iqtisod, siyosat va h.k.) bir butun global xarakterga va ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni global madaniyat, global jamiyat, global siyosat, global ta’lim va h.k. Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tka- zishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi lozim. har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiyalashuv va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg‘unlashuvi, millatlararo muloqotning yangicha sifat kasb eti shi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imko- niyat larining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Yangi va yuksak texnologiyalarning ijtimoiy hayotga kirib kelishi natijasida “axborotlashgan jamiyat” tushunchasi muoma- 8 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova laga kirdi. U axborotlarning eng yangi, ijobiy elektron vositalar yordamida tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va foydalanishning kompleks industriyasiga asoslanadi. “Axborot” (informatsiya) tushunchasi keng ko‘lamli falsafiy- siyosiy kategoriyadir. Xorijiy so‘zlar lug‘atida: “Informatsiya – (lot.) xabardor bo‘lish, biror-bir holat yoki kimningdir faoliyati haqida ma’lum qiluvchi ma’lumot”, deb ta’rif beriladi. Dastlab axborot deganda, ma’lum odamlarning boshqa odamlarga xabar, ma’lumot yetkazishi, uni almashish jarayoni tushunilgan. Taraqqiyot davomida axborot tushunchasining mazmuni o‘zgarib bordi. Axborotni tushunish va uning xususiyatlarini aniqlashga ilmiy yondashish ehtiyoji tug‘ildi. Vertual makonda axborot oqimi shunchalik ko‘pki, uning qay biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olishga yoshlar qodir emas. Ayniqsa, hali ongi to‘la shakllanib ulgurmagan farzandlarimizning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi Internet tizimi ma’lumotlarining ma’- lum bir qismi asosan noxolis, shubhali ko‘rinishdadir. “om- maviy madaniyat” niqobi ostidagi bu g‘oyalar yoshlarning ma’naviyatini izdan chiqarmoqda. shuningdek, axborot xuruj- larida asosiysi dezinformatsiya, ya’ni haqiqatdan yiroq axborot tarqatish, nomaqbul targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish orqali odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishdir. Bu esa odob-axloq, xalqaro huquq me’yorlarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoqarashi, tajribasi yetarli darajada shakllanib ulgur- ma gan yoshlarning ushbu uydirmalarni, “usti yaltiroq, ichi qal- tiroq” chorlovlarni real voqelik sifatida qabul qilmasligiga, ular ga ko‘r-ko‘rona ergashmasligiga kim kafolat beradi? Axir, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi unsurlar kelajak avlodni g‘arazli yo‘llarga yetaklab, ayrim guruhlarning manfaatiga xizmat 9 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish qilayotgani kunday ayon-ku?! Mazkur muammolarga yechim topishda “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi amaliyotga izchil tatbiq etish zarur. Zero, har bir ota-ona o‘z farzandining qanday ko‘rsatuvga qiziqayotgani, qaysi Internet saytiga murojaat qila- yotgani haqida ma’lumotga va uni va uni to‘g‘ri yo‘nal tira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida maktab yoshidan bosh- lab media makonda axborot olish va undan foydalana bilish madaniyatini hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish, amaliyotga tezkorlik bilan joriy etishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning siyosiy-axboriy madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim. har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, axborotning professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun qadr- qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. “Manqurtlar” paydo bo‘lmasligi uchun ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli madaniyati, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash va rivojlantirish masalasi hanuz dolzarb bo‘lib kelmoqda. Yosh ilmiy-pedagogik xodimlarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtayi nazari hamda e’tiqodini mustahkamlashda ilmiy- pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rni va tezkorligini ta’ min lashga e’tibor qaratish zarur. Ushbu nashrlar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish ilmiy-pedagogik jamoatchilikning ma’na- viy-axloqiy tarbiyasi, madaniyati va ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish ham doimo diqqat mar- kazimizda bo‘lishi talab etiladi. 10 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik, o‘quv- metodik nashrlarning vazifasi, psixologik va pedagogik faoliyat jarayonida nashrlarda yoritilayotgan asossiz ma’lumotlarga og‘ib ketmaslik, ularni tahlil qilish, yot mafkura, psixologik mani- pulyatsiya hamda salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, mazkur yo‘nalishdagi senzura – ijtimoiy nazorat ishlarini amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentimizning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida: “hozirgi vaqtda yon atrofimizda o‘zini oqlamagan va umrini o‘tab bo‘lgan eski tizim va mafkuralarni qo‘msashga bo‘lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib borayotgan bir paytda bunday kuchlarning qaramog‘iga tushib qolmaslik uchun axborot sohasida yetti o‘lchab bir kesish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ko‘zini keng ochib berish, ularni irodasi mustahkam, imoni baquvvat insonlar etib tarbiyalashda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining o‘rni va mas’uliyati tobora ortib bormoqda”, deya ta’kidlangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarning ahamiyati beqiyosdir. Ta’kidlash lozimki, olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy qismi axborotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan. Lekin ilmiy-pedagogik va o‘quv- metodik nashrlarda salbiy axborotlar ta’siridan himoyalanish masalasi yetarli darajada o‘rganilmagan va u yangi hamda dolzarb muammoligicha qolmoqda. 11 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish I BOB. ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDA INFORMATSION TAHDIDLARNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI 1.1. Informatsion tahdidlar va ularning namoyon bo‘lishi XXI asr bo‘sag‘asidagi tarixiy tajriba shundan dalolat bera- diki, u yoki bu davlatning, millatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti, uning kelajagi mazkur millatga xavf solayotgan tahdidni anglab yetish salohiyati va qobiliyati darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. “Tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashini chigallashtiruvchi hamda biror tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, umumbashariy salbiy omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish lozim. “Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy leksikonga Prezidentimiz tomonidan 1994-yil 22-sentyabrda oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan nutqida birinchi bor kiritildi. shunday ekan, mamlakatimizda “tahdid” va uni bartaraf qilishning ilmiy va amaliy asoslarini ochib berish, ularni chuqur tahlil qilish bevo sita I.karimov nomi bilan bog‘liq. Bugungi kunda bu mav- zuga daxldor masalalar o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi hamda strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi, mamlakatimiz jami- 12 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova yatshunos olimlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Uning mohiyati va funktsional jihatlari barqarorlik, xavfsizlik, fuqaroviy hamjihatlik va taraqqiyot kabi global muammolar bilan uyg‘un holda tadqiq etilmoqda. Tahdidlar turli-tuman: ichki va tashqi, katta va kichik, makon nuqtayi nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga nisbatan bamaylixotirlikka yo‘l qo‘yish yoki ularni “saralash” bilan ovora bo‘lib, vaqtni boy berish hollari uchrab turadi. XX asr voqealari shundan guvohlik berib turibdiki, tahdidlarni toifalashda ularni shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy- iqlimiy va ma’naviy tahdidlarga ajratish va tahlil etish mumkin. Tahdid odamlar ongida biror xafv-xatar haqidagi xabar natijasida paydo qilinadigan tuyg‘u bo‘lib, insonda o‘z kuchiga, istiqboliga ishonchini susaytiradi yoki yo‘qotadi. Tahdid ikki ko‘rinishda aks etadi: – ichki tahdid; – tashqi tahdid. Ichki tahdid jamiyat a’zolarida o‘z taraqqiyot yo‘liga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi va parokandalikka olib kelishi mumkin. shu sababli biz eng avvalo, yoshlarimizni tahdidlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga tayyorlashimiz zarur. Buning uchun ularga mavjud tahdidlar, ularning ko‘rinishlari va oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishimiz, ularni mafkuraviy nuqtayi nazardan tarbiyalashimiz kerak. Ichki tahdidlar xudbinlik, loqaydlik, giyohvandlik, iqtisodiy jinoyatlar, poraxo‘rlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, man- faat parastlik, boshqalarni mensimaslik va shu kabi boshqa illat- larni o‘z ichiga oladi. Tashqi tahdidga esa mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast kuchlarning din niqobi ostida O‘zbekistonni demokratik-ma’rifiy 13 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish taraqqiyot yo‘lidan og‘dirishga qaratilgan harakatlari misol bo‘la oladi. Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat yoki xalq, millat, elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyo- siy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘r lik yo‘li bilan boshqalarga singdirishi. Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari kishilarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan odob-axloq, oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. “Tahdid” so‘zi xavf-xatar, xuruj va buzish ma’nolarini ang- latadi. shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi. Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar pay- do bo‘ladi. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’ti qodidan qat’iy nazar, har bir insonga qaratilgan. Bundan maq sad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini bu- 14 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova zish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan norozilik kay fiyatini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni oyoq osti qilish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga ruju qo‘yish. Uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi. Yo‘ldosheva S.M. (Sog‘lom turmush tarzi – tahdidlarga qarshi kurash omili sifatida. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda axloqiy qadriyatlarning o‘rni. // T., 2009. 192 b.) tadqiqotlariga ko‘ra, ma’naviy tahdidlar bir necha ko‘rinishdan iborat bo‘lib, birinchi ko‘rinish mafkuraviy xurujlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda asosiy e’tibor shaxs fikrini buzish, shaxs dunyoqarashini aynitish va shaxs pozitsiyasini o‘zgartirishga qaratiladi. noto‘g‘ri fikrlash, zararli hayotiy pozitsiya shaxsning mafkuraviy nosog‘- lomligini anglatadi. Ma’naviy tahdidning ikkinchi ko‘rinish g‘oyaviy tahdiddir. Bu xuruj ham uch ma’noga ega bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs xulq-atvorini aynitish, shaxs axloqiy munosabatlarini izdan chiqarish va shaxs muomalasini buzishga qaratiladi. Zararli xulq- atvor, nosog‘lom axloqiy munosabat va qo‘pol muomala shaxs- ning xulqi zaifligidan dalolat beradi. Ma’naviy tahdidning uchinchi ko‘rinishi informatsion hu jum- dir. Bunda asosiy e’tibor shaxsga noto‘g‘ri ma’lumot berish, shaxs bilimini zaiflashtirishga qaratiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish, sayoz bilimlilik va samarasiz faoliyat shaxsning madaniy oqsoqligidan dalolatdir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlar jamiyat kishilarini johil kimsalarga aylantiruvchi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlaridir . Paxrutdinov SH. o‘zining “Tahdid tushunchasi: nazariya va amaliyot“ (2014-yil) risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib ko‘rsatadi: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 15 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish harbiy, tabiiy-iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda biror tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy strukturani, to‘g‘rirog‘i, davlatning siyosiy asosini zaif- lashtiruvchi, qolaversa, yemirishga qaratilgan mahalliy, hudu diy, mintaqaviy va nihoyat, umumbashariy salbiy omillarning “kirib kelishi” tufayli yuz beruvchi makon va zamonda muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin. Ma’naviy tahdidlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi lar- dan iborat: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling