O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini baholash ko‘rsatkichlari Eng zaruriy omil Zaruriy omil Juda ham zurur
- Omillarning baholash natijalari jadvali № Omillarning nomi Baholash natijalari, ballar Eng zaruriy omil (Maksimal bal) Zaruriy omil (O‘rtacha bal)
- Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini umumlashtiruvchi baholash jadvali Baholash mazmuni Ballar
- 490 ball . Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash zaru- riyati – 492 ball
- Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va amalga oshirish yo‘nalishidagi asosiy tushunchalar, tayanch so‘z va iboralar
- Axborot iste’moli madaniyati
- G‘oya
№ Ekspert baholash predmeti Miqdor Omil Ko‘rsatkich Mezon 1 Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashr- larda informatsiyaviy tahdidlar va ular ning oldini olish bo‘yicha kontseptual yo‘na- lishlarini ishlab chiqish 102 53 12 2 Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar- da informatsiyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniqlash ti- rish, ilmiy-pedagogik jamoatchilikda in- for matsiyaviy tahdidlarni, uning salbiy oqi batlarini ko‘ra bilish malakasini, axbo- rotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shakl- lantirish va rivojlantirish 121 37 9 3 o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv- metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha im- munitetni, ijtimoiy sifatlarni, jamiyat to- monidan belgilangan qadriyatlar va me’- yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’na viy hi- moya mexanizmi, ijtimoiy-psixo logik sog‘- lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakl lan tirish 132 24 11 4 Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida ax- borot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash zaruriyati 127 31 9 omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini baholash quyidagi shkala asosida amalga oshirildi: 78 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova 2-jadval. Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini baholash ko‘rsatkichlari Eng zaruriy omil Zaruriy omil Juda ham zurur bo‘lmagan omil Ahamiyatga ega emas 3 2 1 0 Pedagogik ekspertiza jarayonida 167 nafar ekspertlar ishtirok etganligini hisobga olib, omillarning baholash natijalarini ballarga o‘girsak, quyidagi ko‘rinishda aks etadi: 79 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish 3-jadval. Omillarning baholash natijalari jadvali № Omillarning nomi Baholash natijalari, ballar Eng zaruriy omil (Maksimal bal) Zaruriy omil (O‘rtacha bal) Juda ham zarur bo‘lmagan omil (Minimal bal) Ahamiyatga ega emas 1 Inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat, atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi 501 334 167 0 2 Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyo- qarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’- naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish 501 334 167 0 3 Milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, milliy madaniyatni saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida e’ti- rof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash 501 334 167 0 4 Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi 501 334 167 0 5 o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asos langan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘ lish- ni va kasb tanlashni shakllantirish 501 334 167 0 80 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova 6 Demokratik huquqiy davlat va adolatli fu- qarolik jamiyati qurish printsiplariga amal qilish 501 334 167 0 7 Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi printsiplariga amal qilish 501 334 167 0 8 Milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi, boy mil- liy madaniy-tarixiy an’analar va xalqi- mizning intellektual merosini asos sifatida qabul qilish 501 334 167 0 9 O‘tmishdan qolgan mafkurafiy qarashlar va sarqitlardan qochish 501 334 167 0 10 Rivojlangan demokratik davlatlar daraja- sidagi, yuksak ma’naviy va axloqiy talab- larga amal qilish 501 334 167 0 11 Ta’lim-tarbiya mazmuniga mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbol- laridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, ma da- niyat, texnika va texnologiyaning zamo - naviy yutuqlaridan kelib chiqqan hol da qarash 501 334 167 0 12 Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tar bi yalashning va ma’rifiy ishlarning sa- marali shakllari hamda uslublaridan foy- dalanish 501 334 167 0 13 Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning sa ma- rali integratsiyalashuvini ta’minlash 501 334 167 0 Ushbu omillarning baholash natijalariga asosan, biz quyidagi baholash jadvalini ishlab chiqdik: 81 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish 4-jadval. Omillarning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini umumlashtiruvchi baholash jadvali Baholash mazmuni Ballar eng zaruriy omil 334 – 501 Zaruriy omil 167 - 334 Juda ham zarur bo‘lmagan omil 0 - 167 Ushbu baholash jadvali barcha 167 nafar ekspertning har bir omilning asosiy va/yoki zaruriyligi darajasini umumlashtirish imkonini berdi. ekspertlarning anketa so‘rovnomalariga individual va umum- lashtirilgan javoblari quyidagi jadvalda taqdim etilgan. shunday qilib, ekspert baholash natijalaridan ko‘rinib turib- diki, qaysi omil, qanday bal bilan qanday o‘rinni egallab turibdi? Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat- siyaviy tahdidlar va ularning oldini olish bo‘yicha kontseptual yo‘nalishlarini ishlab chiqish – 501 ball. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat- siyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniq- lashtirish, ilmiy-pedagogik jamoatchilikda informatsiyaviy tah- didlarni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish malakasini, axbo- rotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shaklantirish va rivojlantirish – 501 ball. o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashr- lar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha immunitetni, ijtimoiy sifatlarni, jamiyat tomonidan belgilangan qadriyatlar va me’yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya 82 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova mexanizmi, ijtimoiy-psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakllantirish – 490 ball. Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash zaru- riyati – 492 ball. Ta’kidlash joizki, barcha baholangan omillarni “eng zaruriy faktor” kategoriyasiga kiritsak bo‘ladi (Omillarning asosiy va/ yoki zaruriyligi darajasini umumlashtiruvchi baholash jadvali, 4-jadvalga qarang). shuningdek, ekspertlardan loyiha doirasida ilgari surilgan muammoni o‘rganish va tahlil qilish natijasida, ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligi haqida ham fikr-mulohazalari olindi. Bular: – ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlar orqali berila- digan materiallar mazmunini baholashning ijtimoiy nazorat mexa- nizmini ishlab chiqish va joriy qilish; – ommaviy nashrlarga taqdim etiladigan maqolalar, tahliliy mate riallar, xulosalar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda nashrga tavsiya etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish va tako- millashtirish; – o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixo- logik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai nazari va e’tiqodini mustah- kamlashda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rnini aniqlash, axborot vositalarida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot tahdidlaridan muhofaza qilish jarayonini muntazam tashkil qilish, takomillashtirish va muvofiqlashtirishning ilmiy asoslangan kon- septsiyasini ishlab chiqish. 83 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish ekspertlardan ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan kontseptsiya o‘zida qamrab olishi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlar ham belgilab olindi: 1. Ilmiylik printsipiga amal qilinganligi, taqdim etilayotgan tushunchalarning aniq ta’rifi va to‘liq ochib berilganligi. 2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor- matsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish modelini ishlab chiqil- ganligi va uni ekspert baholanganligi. 3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor- matsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish obyektlari sifatida peda- goglar dunyoqarashi, ularning hayotiy qadriyatlari, ijtimoiy va shaxsiy manfaatlari hamda madaniy va estetik qarashlarini ino- batga olinganligi. 4. Informatsiyaviy tahdidlar oqibatlarini aniq ochib beril- ganligi. 84 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova XULOSA Informatsion tahdid shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg‘itishga va oxir-oqibatda har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko‘zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni o‘zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o‘zi esa mustahkam irodali bo‘lishi zarur. har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. shuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o‘rinda axborot tarqatuvchilar ega bo‘lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshqalar. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv- chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda xulosa o‘rnida quyidagi fikr-mulohazalarni bayon qilishni lozim deb topdik. 1.Ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlar orqali beriladigan materiallar mazmunini baholashning ijtimoiy nazorat mexanizmini ishlab chiqish va joriy qilish. 2.ommaviy nashrlarga taqdim etiladigan maqolalar, tahliliy materiallar, xulosalar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda nashrga tavsiya etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish. 3.o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixo- logik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini mustah- 85 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish kamlashda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rnini aniqlash, axborot vositalarida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot tahdidlaridan muhofaza qilish jarayonini muntazam tashkil qilish, takomillashtirish va muvofiqlashtirishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasini ishlab chiqish. 4. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informatsion tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniqlashtirish, ya’ni ilmiy-pedagogik jamoatchilikda informatsiyaviy tahdidlarni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish malakasini, axborotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni rivojlantirish. 5. Jamiyat tomonidan belgilangan qadriyatlar va me’yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya mexanizmi, ijtimoiy- psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakllantirish. 6. Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash. 7. Inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat atrof- muhitning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish. 8.Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublaridan foyda- lanishni o‘rgatish. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor mat- siyaviy tahdidlar deganda – milliy tarix, xalq an’analari va urf- odatlari, milliy madaniyatni, ta’limning milliy taraqqiyotini, milliy va umumbashariy qadriyatlarni, ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, siyosiy va ijtimoiy-psixologik qarashlarni maqsadli o‘zgartirishga qaratilgan informatsion hamda ilmiy-metodik ma’lumotlar tushu- nishilishi kerak. Xullas, milliy g‘oya va mafkuramiz hamjihatlik va milliy taraq qiyot yo‘lini belgilab beruvchi qarashlar, qadriyatlarga asos- 86 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova lanadi va milliy taraqqiyotga tahdid soluvchi turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashda asosiy qurol hisoblanadi. Mafkuraviy kurashlar sharoitida bu g‘oyani aholining turli qatlamlari ongiga singdirish, xususan, yosh avlodni istiqlol ruhida tarbiyalash jamiyat muassasalari, siyosiy partiyalar, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar, maktab, litsey, kollej va oliy bilim yurtlari, keng jamoatchilik oldida turgan muhim vazifadir. Milliy g‘oya va mafkuraning shakllanishi – millatning yuksalishi, o‘zligini anglashi, ayni vaqt- da mustaqillik tafakkurining qaror topishi hamdir. 87 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish TAVSIYALAR: 1. hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyoti, barchamizdan, ayniqsa, ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog-o‘qituvchilardan, kompyuter texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‘lishni, Internet tizimida faol ishlash malakasiga, shuningdek, ilg‘or mamlakatlar olimlari, pedagog hamkasblarimiz bilan hamkorlik qilishda elektron manzilga ega bo‘lishni talab etadi. 2. Pedagog-o‘qituvchilar, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z ixti- sosliklari bo‘yicha eng so‘nggi Internet ma’lumotlariga ega bo‘lib borishlari va bu bilimlarni ijtimoiy hayotimizning ma’naviy va milliy-g‘oyaviy jihatlari bilan o‘zaro uzviy bog‘lagan holda o‘z o‘quvchilariga yetkazib borishlari maqsadga muvofiq. 3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv- chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. 4. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituv- chilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish yo‘llari bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazish, olingan natijalar bilan qiyosiy tahlil qilish. 5. Mavzu bo‘yicha didaktik tarqatma materiallar tayyorlash, keng miqyosida seminar-treninglar o‘tkazish. 6. Pedagog-o‘qituvchilar, dunyoning rivojlangan mamlakat- lari ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’lim jara- yonidagi yangi pedagogik texnologiyalardan muntazam ravishda boxabar bo‘lib borishlari va ularning afzal, foydali tomonlaridan o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishga ko‘p- roq e’tibor berishlari lozim. 88 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova 7. Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy-g‘oyaviy qadriyat- la ri mizni zamonaviy, umumbashariy qadriyatlar bilan uzviy bog‘lagan holda yanada takomillashtirib borish orqali ta’lim- tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida sifat o‘zgarishlariga erishish mumkin. Buning uchun esa, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, barcha fan o‘qituvchilari Internet tizimidan samarali foydalanishlari talab etiladi. 8. Ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarida yoshlarga berilayotgan bilimlarning (har bir fan sohalari bo‘yicha) amaliy jihatlariga e’tiborni kuchaytirish. 9. o‘quv yurtlari o‘qituvchilarning seminarlari, malaka oshi- rish kurslarida ham mafkuraviy immunitet masalasiga alohida soatlar ajratish zarur. 10. Mafkuraviy immunitet haqidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar aholining barcha qatlamlari o‘rtasida olib borilishi bu sohadagi yutuqni ko‘paytiradi. 11. Loqaydlik, befarqlik psixologiyasidan voz kechish (ota- onalar, o‘qituvchilar, kattalar, umuman, har bir kishi). 12. Yoshlarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish (biroq, bu nigilizm (barcha narsani inkor etish)ga aylanib ketmasligi zarur). 13. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish. 14. Mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish. 15. Qonunlarga itoatkorlikka o‘rgatish. 16. Ularda vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini shakl- lantirish. 17. oila-ta’lim muassasasi – mahalla – jamoatchilik ham- korligini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish. 18. Yoshlar uchun referent guruh hisoblangan shaxslar ta’- siridan keng foydalanish. 89 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish 19. Jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan turli illatlarga qarshi qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ilmiy-nazariy yo‘ na- lishlarini yaratish. 20. Jamiyatda diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning bar- cha ko‘rinishlariga, yurtning tinchligi, osoyishtaligiga raxna soladigan, vatandoshlarimizning iymon-e’tiqodi va ishonchiga putur yetkazadigan buzg‘unchi g‘oya va nazariyalarga qar- shi mustahkam mafkuraviy immunitetni yaratish, milliy yuksa- lishimizga to‘siq bo‘layotgan illatlardan forig‘ qilishga qaratilgan mafkuraviy chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish. 21. kadrlar tayyorlash Milliy dasturini milliy g‘oya va mil- liy mafkura bilan uyg‘un holda turmushga tatbiq etishga ko‘- maklashish. 22. Inson qalbi va ongini egallash uchun dunyo miqyosida kechayotgan mafkuraviy kurash jarayonini o‘rganish va uning monitoringini olib borish, bu kurashning global va mintaqaviy oqibatlarini ochib berish. 23. Globallashuv davrida milliy g‘oya va mafkurani anglab yetish jarayonida uchraydigan muammolarni aniqlash, ularni yechish yo‘llarini belgilash. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning milliy-ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash borasida erishgan yutuqlarini targ‘ib qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. 24. o‘zbek xalqining urf-odat va an’analari, ularning shakl- lanish va rivojlanish tarixini, islom dinining milliy qadriyatlar bilan boyishini tadqiq etish. 25. Jamiyatda vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy meros va qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirish or- qali vatanning jasur va fidoyi himoyachilarini voyaga yetkazish borasida amaliy usul-uslublarni ishlab chiqish. 26. o‘zbekistonning ma’naviy qadriyatlari va madaniyat sohasida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy 90 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali tar- qatish, targ‘ib qilish. 27. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar monitoring nati- jalarini markaziy nashrlar, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, milliy g‘oya va mafkura yo‘nalishida tayyorlangan kitob, monografiya, risola va uslubiy maqolalarni muntazam chop etish. 91 ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar monitoringi: tahlil, rejalashtirish va amalga oshirish yo‘nalishidagi asosiy tushunchalar, tayanch so‘z va iboralar Axborot – manbalari va taqdim etilishi shaklidan qat’i nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘ risidagi ma’lumotlar. Axboriy tahdid – ijtimoiy subyektga uning ehtiyojlarini, qiziqishlarini va maqsadlarini mos ravishda o‘zgartirishga qara- tadigan real axboriy ta’sir etish xavfidir. Axborot iste’moli madaniyati – axborot dunyosidan ijti- moiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni saralab olish bo rasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o‘zida ifoda etish. Axborot quroli – raqibning axborot va boshqaruv tizimlariga ta’sir etuvchi maxsus moslama va vositalar. Axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati. G‘oya – (yunoncha” idea” obraz) birinchi manzara, dastlabki – obyektiv borliq, mavjudlikning inson fikrida aks etish shakli. Milliy g‘oya – milliy-ijtimoiy taraqqiyot mohiyatini yori- tuvchi qarash bo‘lib, uning mazmunida ijtimoiy maqsad, milliy manfaatlar va ularning umuminsoniy manfaatlar bilan uyg‘unligi aks etadi. Mafkura (arab. – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maq- sadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o‘t- mishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Mafkuraviy tahdid – hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik, vayronkorlik g‘oyalari ifoda etilgan harakat. 92 S.Yu.Maxmudov, M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova Buzg‘unchi g‘oya – mamlakat va millat manfaatlariga zid bo‘lgan, o‘z nomi bilan buzg‘unchilikka qaratilgan vayronkor g‘oyalar. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling