O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish


Birinchidan, ma’naviy tahdidlar nosog‘lom turmush tarzi 
asoratidir;
Ikkinchidan, ma’naviy tahdidlar ma’naviy va axloqiy tuban-
lik illatlarini ifodalaydigan subyektiv omillar majmuidir;
Uchinchidan, ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongini buzish 
vositasida jamiyat hayotini izdan chiqarishga, nosog‘lom turmush 
tarzini yoyishga yo‘naltirilgan.
nosog‘lom turmush tarzi asoratlari natijasida ma’naviy tah-
didlar quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: Xudpisandlik – bu 
illat jamoatparvarlik fazilatlariga qarshi o‘laroq, shaxs axloqiy 
ongida noto‘g‘ri tushuncha va qarashlarni hosil qiladi. shu sababli 
xudpisand kimsalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi. 
Bundaylar faqat bugungi kunni o‘ylab yashaydi, ertangi kunni 
o‘ylash, ezgulik va haqiqat uchun kurashish fazilatlaridan xoli 
bo‘ladi. kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda ma’ na-
viy tahdidlar quyidagi illatlarni targ‘ib qilayotgani bilan namo-
yon bo‘lmoqda: xudbinlik, nopoklik, nafs balosiga uchish, huzur-
halovatga berilish, yengil-yelpi umr kechirishga da’vat, giyoh-
vandlik, mutaassiblik, tajovuzkorlik, molu dunyoga o‘chlik, 
axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, axloqsizlikni madaniyat deb bilish 
va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni eskilik sarqiti deb qarash, 

16
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
loqaydlik, mahalliychilik, hasadgo‘ylik, baxillik, sotqinlik, iroda-
sizlik, beparvolik.
Bunday ma’naviy-axloqiy tuban illatlarga qarshi shaxs ax-
lo qida eng muhim insoniy sifat va fazilatlarni shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega. Bunday sifat va fazilatlarning asosiylari 
quyidagilar: insoniylik, mehr-oqibatlilik, ezgulik, vatanparvarlik, 
haqgo‘ylik, adolatlilik, muruvvatlilik, saxovatlik, vatanparvarlik, 
oilaparvarlik, hamkorlik, totuvlik, ahillik, inoqlik, tashabbuskorlik, 
birodarlik va faollik. Bular shaxsning ongi va qalbida sezgirlik, 
ogohlik va hushyorlik holatlarini hosil qiladi. shu ma’noda 
ma’naviy tahdidlardan shaxs axloqini himoya qilish yo‘lining eng 
samarali usuli shaxsda axloqiy immunitetni hosil qilishdir. Bunday 
immunitet shaxs axloqida ideal darajadagi sifat va fazilatlarni 
shakllantirishni taqozo etadi.
o‘zbekiston Respubdikasi Prezidenti I.karimov ma’naviy 
tahdid muammosiga alohida e’tibor qaratib, “Ma’naviy tahdid 
deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi 
odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi 
qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini 
ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni 
nazarda tutish lozim”, deb ta’kidlagan edi.
Xalqimiz ma’naviyatini asrash va uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh 
avlodni turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan, bir so‘z bilan  
aytganda, ma’naviy tahdidlardan himoyalash bugungi kunning 
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ilmiy leksikonimizda 
nisbatan yangi kirib kelgan “Ma’naviy tahdid” tushunchasiga 
turlicha yondoshuvlar mavjud. Falsafa fanlari doktori Tulenov J., 
Yusupov K., G‘ofurov Z. larning “Istiqlol taraqqiyot mafkurasi: 
maqsad va yo‘nalishlari” (-T., 1993-yil) maqolasida mafkuraviy 
tahdidlar, jumladan, terrorizm, aqidaparastlik va diniy ekstremizm 
ma’naviy tahdid sifatida qaralgan.

17
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Tadqiqotchilarning “Ma’naviy xavfsizlik” nomli ilmiy-
metodik qo‘llanmasida ma’naviy tahdidlarga alohida to‘xtalib 
o‘tilgan. Mazkur qo‘llanmada hozirgi vaqtda ma’naviy xavfsizlikka 
yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi ta’kidlangan va ma’-
naviy tahdidlar sifatida demografik va diniy ongga ta’sir etuvchi 
tahdidlar tahlil qilingan.
Бокша Е.А. (Духовные угрозы функционированию семьи и 
современном Российском обществе (социально-философский 
анализ): Автореф.дисс. – канд.филосф.наук. – М., 2008, С.18)  
o‘z risolasida ma’naviy tahdidlar sifatida Rossiya oilalari turmush 
tarziga qaratilgan destruktiv xarakterdagi, ma’naviy qarama-
qarshiliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘luvchi jarayonlarni 
rivojlantiruvchi omillarga e’tibor qaratgan. Rossiya oilasida 
egoistik (xudbinlik) qadriyatlarining majburan qabul qilinishi, o‘z 
navbatida, ma’naviy asoslarga salbiy ta’sirini ma’naviy tahdidlar 
sifatida baholagan. Ma’naviy tahdidlar keng qamrovli bo‘lib, 
mazkur yondoshuvlarda ularning u yoki bu jihatlari hisobga 
olingan. 
Islomov I. (Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid. Global-
lashuv, modernizatsiya va tolerantlik: muammolar, yechimlar va 
istiqbollar. Konferensiya materiallari. – T., 2009, 57 b.) tadqi-
qot lariga ko‘ra, ma’naviy tahdid – shaxs, jamiyat va davlatning 
ma’naviyat sohasidagi hayotiy muhim manfaatlariga xavf tug‘-
diruvchi shart va sharoitlar, omillar majmuidir. Ma’naviyatga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va milliy ma’naviy manfaatlar uchun 
xavf bo‘lgan hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi omillar 
ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. 
Boboyev H., G‘ofurov Z., Islomova Z. “O‘zbekistonda siyo-
siy va ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti” (– T., 2001-yil) 
kitobida qayd etilishicha, bugun tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-
yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan 

18
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda 
yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jami-
yatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha 
ta’riflab,  har  xil  nomlar  bilan  atamoqda.  Kimdir  uni  yuksak 
texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi 
axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning 
barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat bor. Chunki ularning 
har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir 
belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy.
Usmonova A.“Globallashuv jarayonida informatsion tahdid-
lar ning inson ruhiyatiga ta’siri” (Farg‘ona, 2013) risolasida 
quyidagi ta’rifni keltiradi: “Bugungi kunda shiddatli axborotlar 
kirib kelishi ko‘lami kengligi va muloqot makonlarining kundan-
kun rivojlanib borishi inson hayoti uchun qulay imkoniyatlar 
yaratib bermoqda, ya’ni biz bevosita butun dunyoda bo‘layotgan 
o‘zgarishlar va yangiliklardan ogoh bo‘lyapmiz. shu bilan bir-
ga zamon bilan hamohang texnika vositalarini bemalol bosh-
qarmoqdamiz. Bu jarayonlarga tez moslashishimiz va ularni 
ishlata olishimiz, bular bizning yutug‘imizdir. Lekin bugungi glo-
ballashuv jarayonida axborotlar almashinuvining tezligi, tex nika 
vositalarining yangi rusumlarini tezlik bilan yaratilishi yoki vertual 
makonning axloq me’yorlarida chegara bilmasligi, so‘z erkinligi 
inson ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ta’sirga ijobiy yoki salbiy 
moslashish bu har bir shaxsning irodasiga bog‘liq.
Informatsion  tahdidlarining  eng  xavflisi  davlat  siyosatini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. shaxsga nisbatan qilingan xuruj 
tor doirani qamrab olsa, davlat va jamiyatga tahdid butun bir 
mamlakat, xalq tinchligini xavf ostiga qo‘yadi. Bu juda katta va 
jiddiy muammoni yuzaga keltirishi mumkin. “hozirgi vaqtda 
axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy 
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘-

19
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila hayoti, oila 
muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”, deb 
ta’kidlaydi Yurtboshimiz va bunday xatarli holatdan faqat o‘z 
xalqini emas, balki jahon afkor ommasini ogohlantirishni lozim 
deb biladi. 
o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Biz faqat o‘z farzand-
larimizni turli axborot vositalari orqali yopirilib kelayotgan balo-
qazolardan himoya qilmoqchimiz, ular ongi-shuurida ona suti, 
ajdodlar o‘giti, xalq hikmati orqali o‘zlashgan mustaqil milliy 
qadriyatlarga sadoqat, o‘z insoniy fazilatlarini dadil himoya 
qila oladigan jasorat uyg‘otmoqchimiz, xolos. shu bilan birga 
o‘zimizning hayotdagi turli qarashlarga munosabatimizni ham 
ochiq bayon qilmoqdamiz, zero, oshkoralik bo‘lmasa, tafakkur 
erkin bo‘lmasa, ma’naviyat sohasida biror salmoqli natijaga hech 
qachon erishib bo‘lmaydi”, deb qayd etgan. 
Jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va 
informatsion xurujlarning ko‘rinishlarini aniqlash quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi:
– mazkur tahdidlarning ta’sir ko‘lami va uning zararli oqi-
batlarini belgilash;
– ularning hal etishning maqbul yechimlari va yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish. 
Prezidentimiz I.A.karimov o‘zining “o‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-
qiyot kafolatlari” nomli asarida barqarorlikning shartlari hamda 
taraqqiyot kafolatlari masalasiga to‘xtalib, ularni quyida gilardan 
iborat deb ko‘rsatadi:
1. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning anglashning tik-
lanishi;
2. Davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mus-
tahkamlash;

20
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
3. Demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakl lantirish;
4. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfi-
ning shakllanishi;
5. kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi.
6.  Jug‘rofiy  strategik  imkoniyatlar  va  tabiiy-xom  ashyo  re-
surs lari.
7. Inson salohiyati, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi.
8. keng ko‘lamli o‘zgarishlar va hamkorlik kafolatlari.
9. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik.
har bir tushuncha mohiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularga 
berilgan quyidagi ta’riflarni ko‘rib chiqishimiz lozim: 
“Ma’naviyat” arabcha so‘z bo‘lib, “ma’no” fe’lidan olingan: 
ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, 
xusu siyat, mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish kabi bir necha ma’-
no larni anglatadi. Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olami 
yig‘indisidir. Ma’naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim 
bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, 
idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat – inson va 
jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum 
yo‘nalishining bosh omili. U muayyan iqtisodiy-ijtimoiy hayot 
tizimining shakllanishi, o‘zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat 
ravnaq etib boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, 
jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Mustaqillik yillarida 
ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o‘zgarib, uning boyib 
borishiga kuchli e’tibor berilayotganining boisi ham shunda. 
Boy  ma’naviyatsiz  buyuk  davlat  qurib  bo‘lmaydi.  Shu  fikrni 
mantiqiy davom ettirib, ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, 
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, insonning ichki dunyosi, 
irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini 

21
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me-
zonidir, desak, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama 
o‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan 
bo‘lamiz. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qal-
bidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma da-
niyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va 
an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli 
omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. nega deganda, 
insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yax-
shilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar 
aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. hayotimizning 
barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islo-
hotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining 
tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana 
va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va 
ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va 
yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir. shu boisdan ham, o‘z haq-
huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imko niyatlariga tayanadigan, 
yon-atrofida  sodir  bo‘layotgan  voqea-hodisalarga  mustaqil 
yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mam-
lakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har 
jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida 
xalqimiz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi.
Tahdid xavf-xatar kabi darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni 
ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi. 
Tahdidlar turli-tuman: ichki, tashqi, uzoq va yaqin (makon nuqtayi 
nazaridan) bo‘lishi mumkin.
1) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning xususiyatlari:
a) til bilmaydi;
b) din tanlamaydi;
v) e’tiqod tanlamaydi.

22
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Boshqacha aytganda, ma’naviy tahdidlar odamning qaysi 
til da so‘zlashi, qaysi dinda ekani va e’tiqodining qandayligidan 
qat’iy nazar, insonga daxl qiladi.
2) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning zarari:
a) inson axloqiga daxl qiladi;
b) insonning ruhiy dunyosini izdan chiqaradi;
d) g‘arazli maqsadda amalga oshiriladi.
3) Ma’naviy-axloqiy tahdidlarning turlari:
a) mafkuraviy;
b) g‘oyaviy;
d) informatsion.
Yuqoridagilarga asoslanib g‘oyaviy tahdidlarga qarshi quyi-
dagicha usullarda kurashish lozim:
Birinchidan, g‘oyaviy tahdidlarning paydo bo‘lish omillarini 
bartaraf etib borish.
Ikkinchidan, g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik. Maf ku-
ra viy immunitet shakllanish jarayonidagi ziddiyatli muammolar 
uz luk sizligining  oldini  olish  profilaktik  chora-tadbirlarni  ishlab 
chiqish.
Uchinchidan, milliy o‘zlikni saqlashda umuminsoniy qadriyat-
lardan unumli foydalanish.
To‘rtinchidan,  Bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot, 
begona bo‘lgan ana shunday “madaniyat” namunalarini faqat 
tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan biron natijaga 
erishib bo‘lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, 
ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu 
insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar 
orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha 
aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-
zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz 
shart.

23
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun navbatdagi xavfli ma’naviy 
xuruj informatsion tahdiddir. Bu turdagi tahdidlar insonning 
ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa o‘zligiga ega 
bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Informatsion 
tahdidlar ba’zida axborot xuruji deb ataladi, shaxsni ikkilantiradi, 
uni muammolar girdobiga tashlaydi. natijada fuqarolarning ijti-
moiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi. 
Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan internet vosi tasida 
chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyi-
dagilardir:
– jamiyatda axborot erkinligi yo‘qligini iddao qilish;
– jamiyatning ijobiy jihatlaridan ko‘z yumib, kamchiliklarini 
bo‘rttirib ko‘rsatish;
– jamiyatda informatsion taqchillik borligi to‘g‘risidagi shov-
shuv tarqatish.
Informatsion tahdid nafaqat ma’naviy-g‘oyaviy qurol, balki 
axloqiy diversiya hamdir. negaki, bu tahdidlar o‘ta jozibali 
vosita va shiorlar asosida ish ko‘radi, shu sababli u inson ongi va 
faoliyatini ko‘rinmas to‘siq bilan o‘rab oluvchi omil hisoblanadi.
Informatsion tahdidlarning ko‘rinishlari. Ularning zararli oqi-
bat lari va bartaraf qilish yo‘nalishlari:
– inson ongini manipulyatsiya qilish;
– yolg‘on axborot tarqatish;
– barqaror oAV tizimini izdan chiqarish; 
– oshkora munosabatni yo‘lga qo‘yish;
– milliy qonunchilikni mustahkamlab borish;
– axborotni soxtalashtirish;
– yutuqlarni inkor qilish;
– jamiyatni asossiz tanqid qilish;  
– islohotlar sharhini kuchaytirish;
– milliy saytlarni ko‘paytirish;

24
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
– axborot xavfsizligi qoidalarini buzish.
Inson hamma vaqt informatsion makonda yashaydi. shaxs, 
sur’at, kitob, gazeta va jurnallar, radio, televideniya, telefon, tele-
graf, internet tarmog‘i axborot olish manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
shuningdek, xalq, davlat, insoniyat ham informatsion tizimlar 
hisoblanadi. Zamonaviy axborotning eng ta’sirchan vositalaridan 
biriga aylangan Internet tarmog‘i – inson aql-zakovatining mah-
suli. kishi bilimini oshirishda, dunyo yangiliklaridan xabardor 
bo‘lishda, xat yuborish, olish, biznes ishida hamkorlik o‘rnatish, 
ilmiy-ijodiy faoliyatda va boshqa ko‘plab maqsadlarda, hech 
shubhasiz, uning ahamiyati beqiyos. Lekin, bu bilan birga, eng 
katta axborot xurujlari Internet orqali amalga oshirilayotganini ham 
unutib bo‘lmaydi. Bu tizimga istagan odam to‘g‘ri yoki yolg‘on 
ma’lumotlarni kiritishi mumkin. Bugungi kunda yoshlarning 
aksariyati undan foydalanyapti, bo‘sh vaqtlarini internet-klublarda 
o‘tkazyapti. Yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga 
kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, 
milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini 
bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.
Axloq – “ma’naviyatning o‘zagi” degan hikmatning maz-
mu ni shundaki, insonning ma’naviy kamolot darajasi uning 
ax loqida eng yorqin shaklda namoyon bo‘ladi. Ajdodlarimiz 
tomonidan ma’naviy kamolot yo‘li mukammal ishlab chiqilgan 
bo‘lib, unga ko‘ra, ma’naviyat iymondan boshlanadi, ilm bilan 
mukammallashadi. “Bizning ulug‘ ajdodlarimiz, – deb yozadi 
I.A.karimov, – o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy 
mezonlar majmuini zamonaviy til bilan aytganda, sharqona axloq 
kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli deb bilaman”. 
Axloq inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini, 
boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyati, halol to‘g‘ri 
turmush kechirish mezonlarini belgilaydi. Aynan shu tufayli 

25
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi har bir shaxsda yuksak axloqiy 
fazilatlarni shakllantirish hamdir.
Bunday tahdidlardan yoshlarimizni, yurtdoshlarimizni himo-
ya qilish, ularga qarshi kurashishda ma’naviy immunitetini 
yanada kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. shu o‘rinda, avvalo, 
ma’naviy-axloqiy immunitet tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 
uni quyidagicha ta’riflash mumkin:
“Ma’naviy-axloqiy immunitet – bu insonlarni turli xil ma’-
naviy, mafkuraviy illatlar, xavf-xatar va tahdidlardan himoya 
qilishga, ularni ana shunday illatlarga qarshi kurashishga qaratilgan 
yuksak axloqiy, ilmiy, siyosiy qadriyatlarni o‘zida ifoda etuvchi 
ijtimoiy-falsafiy tushunchadir”.
Yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yaxshilik, ezgulik, iy-
mon-e’tiqod, vijdon, adolat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, 
oila parvarlik, mehr-muhabbat, insof va diyonat, hayo va ibo 
kabi tuyg‘ularning chuqur ildiz otishi orqali insonga xos bo‘l-
ma gan illatlarga, ”ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tah-
did  larga qarshi tura oladigan immunitet hosil qilishimiz mum-
kin. Axloqiy mafkuraviy immunitetni xalqimizning boy tari xiy 
merosi, muqaddas dinimiz urf-odatlarimizga asoslanib shakl-
lantirish borasida Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Biz ham 
farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-
bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash 
uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo, ularning qalbi va ongida maf-
kuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur”.

26
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
1.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar
orqali informatsion tahdidlarga qarshi kurashishga
oid qarashlar
Ma’lumki, sog‘lom ruhiyatga ega bo‘lgan shaxslar, avvalo, 
oilada tarbiyalanadi. Chunki farzand dunyoga kelgandan so‘ng 
asosan oila a’zolari davrasida boshlang‘ich hayot darsini oladi. 
Bu borada xalqimizda ajoyib naql bor: “Qush uyasida ko‘rganini 
qiladi”. Demak, jamiyatda farzandimizni yaxshi faoliyat yuriti-
shiga zamin yaratishimiz lozim. Buning uchun ularning kun tar-
tibini yaratish, har bir foydalangan texnik vositalarini me’yor 
darajasini belgilash qat’iy talab etiladi. keling, qabul qilina yot-
gan axborotlarning ta’siri qay darajada ekanligini ko‘rib chi-
qay lik. Masalan, sezgi organlari orqali qabul qilingan axborot 
mi 
ya 
mizdagi tafakkur jarayonida tahlil qilinadi, bo‘laklarga 
bo‘linadi, avvalgi mavjud axborot bilan taqqoslanadi va so‘ngra 
xulosa chiqarilib, fikr bildiriladi. Mana shu yaratilgan shaxsiy fikr 
mustaqil  fikrlashni  o‘rgatadi,  dunyoqarashni  kengaytiradi,  so‘z 
boyligini oshiradi. Vatanga, ota-onaga, o‘z yaqinlariga, do‘stlariga 
bo‘lgan ijobiy fazilatlarni shakllantiradi.
Ma’naviy sohadagi hayotiy muhim manfaatlar sifatida 
umumiy holda millatning madaniy-tarixiy birlik tariqasida 
o‘zligini saqlab qolishini, milliy qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, 
ijtimoiy soha institutlarining himoya qilinishini ko‘rsatish 
mumkin. Ma’naviy manfaatlarimizga qarshi qaratilgan tashqi 
tahdidlar sifatida xal qimizning tarixi, madaniy va ma’naviy 
qadriyatlarining buzib ko‘rsatilishi; yosh avlodning ma’naviy 
tarbiyasiga tuzatib bo‘lmas darajada zarar keltirayotgan zo‘rlik, 
axloqsizlik, giyohvandlikni targ‘ib qilish natijasida o‘zbekiston 
xalqining ma’naviy-axloqiy, madaniy qadriyatlariga bo‘lgan 
tahdidlarni kiritish mumkin.

27
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Begona g‘oyalarning mamlakatga kirib kelishi va fuqarolar 
o‘rtasida tarqalishi katta xavf, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi 
mumkinligini e’tiborga olib, Abu nasr Forobiy o‘zining “Fozil 
odamlar shahri” asarida qimmatli fikrlarni bildirib o‘tgan: “Jaho-
latdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko‘zlaydigan (obro‘-
izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odam-
lar esa alohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida hali 
maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko‘rib, u yerdagi (ado-
latli) qonunlarni buzishga, haqiqatga aloqador narsalardan uzoq-
lashishga, (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarni) buzib aks etti rishga 
urinadilar. Ular bunga ikki yo‘l bilan erishadilar: U yuqo rida 
aytilgan bahsli o‘rinlarni o‘zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, 
soxta donolik va aldov yo‘liga o‘tadilar. Ular jaholat va tuban 
maqsadlariga erishuviga hech kim to‘sqinlik qilmasligi uchun 
shunday yo‘ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar 
jamoasiga  qabul  qilmaslik  kerak”.  Forobiy  fikridan  axloqsizlik 
g‘oyalarini targ‘ib etish, ma’naviy tahdidlarni keltirib chiqarishda 
jaholatdagi  va  adashgan  shaharlar  aholisining  fikrlash  usullari, 
tutgan yo‘llari fozil shahar aholisi uchun qanchalik xatarli 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etishda mashhur farang yozuv-
chisi Markiz de sad mafkura orqali mamlakatlarni qaram qilish 
haqida shunday deydi: “Biz butun dunyoni egallamog‘imiz 
uchun bundan buyon katta muhorabalarda qatnashishimiz, jangu 
jadallar yuritib, dunyoning qariyib uzoq o‘lkalarida farang askari 
halok bo‘lishi-yu uning jasadi va etiklari chirib bitishi mutlaqo 
shart emas. Agar biz boshqa mamlakatlarga, xususan, sharqqa 
axloqimizni (to‘g‘rirog‘i, axloqsizliklarini. Chunki sad askarlari 
asosan axloqsizlikka yo‘naltirilgan) menikiday kitoblar va bosh-
qa yo‘llar bilan tarqata olsak, uni o‘sha xalqlarning turmush 
tarziga aylantira bilsak, jumlai jahon oyog‘imiz ostiga yuqilib 

28
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
keladi, butun odamzodning qalbiga egalik qilishga muvaffaq 
bo‘lamiz...”. Axloqsiz g‘oyalarni targ‘ib etuvchi asarlar yozishda 
shuhrat qozongan Farang yozuvchisining yuqoridagi fikri tarixda 
o‘z isbotini topgan. 
Pirimqul Qodirovning “humoyun va Akbar” asarini o‘qiga-
nimizda g‘oyalar va mafkuralar kurashining yorqin guvohi bo‘-
lamiz. Ayniqsa, Boburiylar avlodidan bo‘lgan Akbarshoh zamo-
nida insonparvar, erkin din e’tiqodi, umuminsoniy g‘oyalar 
bilan milliy buzg‘unchilik, diniy nizolar, parokandalik keltirib 
chiqaruvchi g‘oyalar o‘rtasidagi keskin kurashda farang josusi 
Albert Pereyroning Akbarning o‘g‘li salimga farang tilini 
o‘rgatish, dengiz sayohati, dengizchilik haqida ilm o‘rgatish 
ba ho nasida o‘zining axloqsiz g‘oyalarini, ya’ni salimga ota-
sidan yashirincha ayollarning behayo suratlarini ko‘rsatib, 
tarbiyasini buzish, otasiga dushman qilib tarbiyalash va nihoyat 
ota-bola o‘rtasida nifoq keltirib chiqarib, bu sulolaning ildiziga 
bolta urush g‘oyasini obdon singdirib bordi. natijada Akbar 
olib borgan siyosatda, mamlakat taraqqiyotida, turli dinu 
millatlarning totuvligiga erishishda ancha qiyinchiliklar tug‘ildi. 
Bu qiyinchiliklarni yuzaga keltirishda vayronkor g‘oya bilan 
ongi zaharlangan Akbarning o‘g‘li salimning ta’siri, ayniqsa, 
katta bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qurol-yarog‘ bilan emas, 
balki mafkuraviy ta’sir yo‘li bilan inson qalbini egallash va uning 
tafakkurini mute qilish mumkin ekan. 
Bugungi kunda dunyoda vujudga kelayotgan murakkab vazi-
yatlar, ya’ni, axborot ko‘lamining kengayishi, mafkuraviy jara-
yonlarning globallashuvi tufayli hozirgi davrning mafkuraviy 
tahdidlar strukturasi jamiyatning barcha sohalarini qamrab ol-
moq da. Mafkuraviy tahdidlar o‘z mohiyatidan kelib chiqib, eng 
avvalo, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf solib, buz-
g‘unchi g‘oyalar bilan zaharlashga harakat qilmoqda. Bu esa, 

29
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
o‘z navbatida, mamlakatda mafkuraviy xavfsizlikni kuchaytirish 
chora-tadbirlariga jiddiy e’tiborni qaratishni talab qiladi.
o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yuksak ma’naviyat 
– yengilmas kuch” asarida ushbu muammoga alohida e’tibor 
qaratib, shunday deydi: “Bugungi murakkab mafkuraviy jara yon-
larni  ilmiy-amaliy  jihatdan  atroflicha  tahlil  qilish  va  baholash, 
ularning ustuvor yo‘nalishlarini kimga va nimaga qarshi qaratil-
ganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy 
manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan mafkuraviy 
xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy 
tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alo-
hida ahamiyat kasb etadi”. Darhaqiqat, mafkuraviy xuruj lar-
ning ildizlarini aniqlash, ularning tub mohiyatini xalqimizga 
tushuntirish eng dolzarb vazifalarimizdan biriga aylanib bor-
moq da. Chunki axborot xuruji, milliy qadriyatlarimiz va turmush 
tarzimizga, diniy qadriyatlarimizga putur yetkazuvchi mafkuraviy 
tahdidlar bilan kishilarni ongi va qalbini egallashga qaratilgan 
xatti-harakatlar mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan 
ham kuchli tus olib borayotganligini ko‘rsatmoqda. shuni alo-
hi da  ta’kidlash  lozimki,  mafkuraviy  tahdidlarning  o‘ta  xavfli 
jihati u, birinchi navbatda, jamiyatning ma’naviy sohasini buzib 
tashlashga yo‘naltirilgan. Mana shunday mafkuraviy xurujlar 
harakatida bo‘lgan ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mah-
sulotlari, axborot va mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish vositalari orqali 
keng ko‘lamdagi geosiyosat yuritish bilangina cheklanmay, 
o‘z xalqining tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos jihatlarni 
muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, ongu shuuriga 
singdirishga intilmoqdalar. Bu hol ayniqsa, endigina mustaqillikka 
erishgan mamlakatlar xalqining milliy o‘zligi, madaniyatining 
vorisiylik an’analariga hamda mentalitetiga putur yetkazishi tur-
gan gap. 

30
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
hozirda turli mamlakatlarda namoyish etilayotgan kino 
hamda videofilmlarning to‘rtdan uch qismi AQSH mahsuloti ekani 
ham shundan dalolat beradi. Mafkuraviy tahdid yoki mafkuraviy 
tajovuzning “ma’naviyat” niqobi ostidagi bunday xurujlari har 
qanday yosh, mustaqil davlatlarning barqaror taraqqiyotiga putur 
yetkazadi. 
Bu zararli illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi. 
“Loqaydlik, o‘z manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yish, xud-
binlik, shuhratparastlik kabi salbiy odatlar egotsentrizm dardiga 
duchor bo‘lgan odamning asosiy xususiyatlaridir”, – deydi yetuk 
olim  Quronov M.“Mafkuraviy tahdid va yoshlar tarbiyasi” 
(Akademiya,  2008,  9-b.) risolasida. Yuksak ma’naviyat, 
hamjihatlik, bir so‘z bilan aytganda, milliy mafkuramiz – 
egotsentrizm kabi illatlardan qutulishning yagona yo‘lidir. 
G‘arb mamlakatlarida tobora avj olib borayotgan bu kabi illatlar 
mafkuraviy globallashuv jarayonida mustaqillikni qo‘lga kiritgan 
yosh davlatlarga ham kirib kelayotgani tashvishli holatdir. shundan 
kelib chiqib aytish mumkinki, mafkuraviy, ma’naviy tahdid 
darajasi turli xil ko‘rinishda avj olayotgan bir vaqtda jamiyatda 
mafkuraviy xavfsizlikning ta’minlanishi nihoyatda muhim va 
dolzarbdir. shu o‘rinda mafkuraviy xavfsizlik tushunchasining 
ilmiy tahliliga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Tadqiqodchilar (Белов  Е.Б.,  Лось  В.П.  и  др.  Основы 
инфор мационной  безопасности.  Учебное  пособие  для  вузов. 
Издательство: Горячая линия Телеком. Год издания: 2006. С. 
546.)ning ta’kidlashicha, oAV keng xalq ommasiga mafkuraviy 
ta’sir etishning samarali vositasi hisoblanib, hozirgi vaqtda infor-
matsion urush strategik kuchining tarkibiy qismidir.
oAVda mafkura turli xil ko‘rinish va turlicha talqinda, xusu-
san, yashirin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.

31
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Mutaxassislarning  fikricha,  OAVning  eng  xavfli  tomoni, 
ular ma’lumotlarni shunday ko‘rinishda yetkazish qobiliyatiga 
egaki, natijada keng xalq ommasi ko‘z o‘ngida obyektiv reallik 
o‘rnida yolg‘on, chalg‘ituvchi virtual ko‘rinishi paydo bo‘ladi. 
Ammo inson dunyoning virtual ko‘rinishiga shubha bilan qaray 
boshlagach, mafkuraviy ta’sir etishning samaradorligi keskin 
pasayib ketadi. Dunyoning ayrim mintaqalarida bu yagona ax-
borot  (g‘oya)  manbai  hisoblanadi.  Rossiyalik  mutaxassislar  fik-
richa, davlatlarning sputnikli radio va teleto‘lqin tizimlariga ega 
bo‘lishi mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashuvchi yoki aksincha, 
kuchaytiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.  
hozirga vaqtda g‘oyaviy kurash va mafkuraviy tahdidlar 
o‘sib bormoqda. Bu holatda milliy mafkuraviy xavfsizlikka qarshi 
tazyiqning avj olishi nafaqat yuzaga kelayotgan tahdidlarni anglash, 
balki ularning oldini olish uchun amaliy harakatni kuchaytirishni 
ham taqozo etadi. Bu borada, ayniqsa, mafkuraviy immunitetni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy immunitet 
millatning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan intellektual 
salohiyatning mavjudligi, unga ehtiyojning ortib borishi va har 
qanday tashqi tahdidlarga qarshi tura oladigan, ulardan kuchli 
hamda ustun bo‘lgan milliy mafkuraviy imkoniyatdir.
shuningdek, milliy mafkuraga kuch va qudrat bag‘ishlay 
oladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manbalarni 
to‘g‘ri aniqlab olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi 
kunda yechilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalardan hisoblanishi 
lozim. Ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashdagi asosiy vazifa 
xalqimizning ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish orqali 
ularda mafkuraviy immunitetni hosil qilish kerakligi haqida biz 
yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Darhaqiqat, bu vazifani amalga 
oshirishda mafkuraviy tarbiyaning o‘rni katta. Mafkuraviy tar-
biya esa jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha ta’lim muas-

32
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
sasalari, maktablar, litsey-kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, om ma-
viy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining hamkor lik dagi 
faoliyatini taqozo qiladi. shuni alohida ta’kidlash lo zimki, maf-
kuraviy tarbiya ta’sirida shakllantirilgan mafkuraviy immu nitet 
ma’naviy tahdidlarning oldini olishda va yoshlarni uning ta’si-
ridan himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. Ayni vaqtda 
ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda institutsional asosda 
faoliyatni tashkil etish samarali natija berishi shubhasizdir. Turli 
ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyo-
siy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vosi talari, 
umuman, jamiyat miliy g‘oyasini shakllantirish va uni xalq 
ishonch e’tiqodiga aylantirishning ma’naviy-ma’rifiy kompleksi 
asosida olib boriladigan mafkuraviy tarbiya orqali ma’naviy 
tahdidlarni bartaraf etishda samarali natijaga erishish mumkin. 
Bu omillarning har biri ma’naviy tahdidlarni oldini olishda, 
milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga singdirishda muhim 
o‘rin tutadi. 
o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.karimovning 2006-yil-
ning 25-avgust kuni imzolangan “Milliy g‘oya targ‘iboti va 
ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirish  to‘g‘risida”gi 
qarorining bosh maqsadi ham asosan yot g‘oyalarning oldini 
olishga qaratilgan bo‘lib, uning milliy qadriyatlarimizni, urf-
odatlarimizni saqlash va yoshlarimizni uning ta’siridan asrab-
avaylashdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki yangi asr boshidanoq 
yoshlarimiz ongiga begona turmush tarzini targ‘ib etish orqali 
ularni milliyligidan, o‘zligidan begonalashtiradigan axborot xuruj-
lariga, bizga mutlaqo yot bo‘lgan mafkuraviy targ‘ibotga qarshi 
kurashni tashkil qilish hayotiy ehtiyojimizga aylanib bormoqda.
“Demokratiya” shiori ostida kirib kelayotgan g‘oyalarning 
mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hatto ota-ona va farzandlar 
o‘rtasida shakllangan o‘zaro mehr-oqibatni chetga surib qo‘yuvchi 

33
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
“ota-onang keksaysa nima qilibdi, shunga ham bosh qotirib 
o‘tirasanmi, ana, qariyalar uyi bor, olib borib qo‘y, yashayveradi-
da” qabilidagi qadriyatlarimizga mos kelmagan maslahatlarning 
uchrashi, ularni demokratiya, erkinlik sifatida qayd etilishi 
milliy ma’naviyatimizni parokandalikka olib keluvchi ma’naviy 
tahdidlarning bir ko‘rinishidir. Bizda azaldan ota-onani hurmat 
qilish, ular keksayganda holidan xabar olish eng katta savob ish 
sifatida qaralib kelgan. ota o‘tirgan tomning ustiga chiqishni gunoh 
bilish, ota-ona keksayganda yetti qavat ko‘rpachaga o‘tqazib, 
siylash kabi odatlarning xalqimiz orasida farz deb qaralishi ham 
bejiz emas. Chunki farzandiga o‘zi yeb o‘tirgan ovqatini berib, 
bundan qorni ham, ko‘ngli ham to‘ladigan, og‘ir mashaqqatlarga 
dosh  berib  farzandlarining  ehtiyojlarini  qondirishga  o‘zini  fido 
qilgan ota-onalarimizni qanchalik hurmatini joyiga qo‘ysak ham 
kamlik qiladi.
Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib 
borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda yoshlarimiz 
o‘rtasida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  zamon  talablari  asosida 
tashkil etish – ularni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, 
hayotga ongli munosabat bilan yondashishiga erishish, yon-
atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini kuchaytirish 
va tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 
tajovuzlardan himoyalashda eng samarali qadam deyish mumkin.
Davlatimiz rahbarining 2006-yil 25-avgustda qabul qilgan 
“Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samara dor-
ligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori fuqarolarimizda mafkuraviy 
immunitetini mustahkamlash, ma’naviy tahdidlarga qarshi ku-
rash ning dolzarbligini yana bir bor ifoda etadi. Ushbu qarorda 
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, 
milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avay-
lash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga 

34
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
mu habbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish 
masa 
lalarining tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi 
uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib 
o‘tilgan.
shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu vazifani amalga 
oshirishda oila, mahalla institutlari rolini kuchaytirish muhim 
ahamiyatga ega. Darhaqiqat, oila – insonning muqaddas uyi, eng 
asosiy tarbiya maskanidir. oila – mafkuraviy tarbiyannig eng 
muhim ijtimoiy omillaridan biridir. oila hayotning abadiyligini, 
avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi va urf-odatlarimizni saq-
laydi, kelajak avlodning qanday inson bo‘lib yetishishini belgilaydi. 
Aynan bobolar o‘giti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali 
milliy g‘oya avloddan-avlodga, insondan-insonga o‘tadi, ong va 
shuurda muhrlanib boradi. har tomonlama iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy, madaniy, axloqiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy jihatdan sog‘lom 
bo‘lgan oila negizidagi jamiyat va mamlakat mustahkam bo‘ladi. 
oiladagi sog‘lom muhit – sog‘lom mafkurani shakllantirish man-
baidir. 
o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek, ma’naviy tahdidlarga 
qarshi kurashda, bolalarning ma’naviyatini yuksaltirishda 
oilaga alohida e’tibor qaratilganligi ham bejiz emas. Jumladan, 
har qaysi millatning  o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish 
va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri 
beqiyosligi; bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini 
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, 
olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas 
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiy 
ekanligi; oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, 
ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash 
har bir insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy 

35
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil 
etishi haqidagi fikrlar bayon etilgan. 
Darhaqiqat, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk ha-
yotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakl la-
nadi. o‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar 
shakllanishi jarayonida oilaning kattalari – bobolar, momolar, 
yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Aytish 
mumkinki, bir oilada uch avlod bir bo‘lib yashashadi. Uch avlod-
ning hayotiy tajribasi bir qozonda qaynaydi. Agar bir inson misol 
uchun 70 yoshga kirsa, u o‘zidan yetmish yil oldingi tajribalarni 
ham katta-kichikdan eshitib yurib o‘zlashtirib oladi. Ana shu 
tajribalarni kattalar kichiklarga o‘rgatadilar, an’analar silsilasi 
uzilish bilmay davom etaveradi. Masalan, sohibqiron Amir 
Temur ning nevaralari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ 
bobolari – buvilari shug‘ullangan. Xususan, shohrux Mirzo, 
Muhammad sulton Mirzo, Xalil sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo 
singari Temuriy shahzodalar saroymulkxonim qo‘lida tarbiya 
topgan. Bir so‘z bilan aytganda, ota-ona o‘z bolasini axloqi va 
huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir. 
Ma’lumki, sharq xalqlari farzand tarbiyasiga o‘ta mas’uliyat 
bilan qarab kelganlar va ularni voyaga yetishida xalq an’analariga 
qat’iy rioya qilishgan. eng avvalo, mehnat tarbiyasiga katta 
e’tibor berishgan. oilada hech bir farzand mehnatsiz qolmagan, 
ota-ona o‘z farzandlariga kasb sirlaridan saboq berganlar, natijada 
bolalarda mehnatga hurmat va malaka paydo bo‘la boshlagan. 
ota-ona, qarindosh-urug‘ va umuman insonlar mehnatini qadrlash 
ko‘nikmasi, avvalo, oilada tarkib topgan. 
Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘z-
garib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret 
tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, 
ehtiyojlari ham ta’sir etadi. 

36
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy 
fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, 
muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash 
o‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, 
asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi . 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “oila sog‘lom ekan – 
jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat bar-
qarordir”. Darhaqiqat, oilada sog‘lom turmush tarzining qaror 
topishi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga 
erishish, bilimli, aql-zakovatli barkamol insonni tarbiyalashda 
muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda, oilada amalga oshiriladigan 
tarbiyaning mazmunini farzandlarda o‘z ota-onasidan, oilasi, aj-
dodlari, tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, vatani, millati, xalqi, tili, dini, 
an’analaridan g‘ururlanish hissini uyg‘otishdan iborat. Mustaqil-
likning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim 
va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh 
qilishga kirishildi. Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh 
qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bevosita barkamol 
avlodni tarbiyalash maqsadiga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala 
g‘oyaviy nuqtayi nazardan kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun tamoyillariga to‘la muvofiq keladi. 
Ushbu tizimni muvaffaqiyatli hal etilganligi to‘g‘risida o‘z-
bekiston Respublikasi Prezidenti 2009-yilning asosiy yakunlari 
va 2010-yilda o‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan o‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi 
ma’ruzasida shunday deydi: “o‘tgan yili mamlakatimiz hayotida 
ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim ijtimoiy 
dasturlar – kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini 
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturlarining ijrosi amalda 
nihoyasiga yetdi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 

37
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan 
uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, 
farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-
hunarga ega bo‘lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga 
o‘tish yakunlanmoqda”. 
 shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va 
obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi hamda 
ularni amalga oshiruvchisi. shuning uchun ham ajdodlarimiz 
ta’lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini 
hisobga olib ish ko‘rganlar. Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu 
nasr Forobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya ishini boshlashdan avval 
tarbiya lanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o‘rganish lozim. 
Forobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan muta-
fak kir sanaladi. Ta’lim insonga o‘qitish, tushuntirish asosida 
nazariy bilim berish, tarbiya esa insoniy fazilatni hamda ma’lum 
hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy 
malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Ajdodlarimizning yara-
tuv chanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda 
mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar 
ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. 
Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi 
g‘o yaviy uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning 
ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. 

38
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
II BOB. 
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLARDA 
DЕSTRUKTIV G‘OYALAR TA’SIRIDAN HIMOYALANISHNING 
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling