O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish


Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari
Ilmiy maqola aniq strukturaga ega va u quyidagi tarkibiy 
qismlardan iborat:
1. nomi (mavzu).
2. Annotatsiya.
3. kalit so‘zlar.
4. kirish.
5. Adabiyotlar tahlili.
6. Asosiy qism (metodologiya, natijalar).
7. Xulosalar va tadqiqotning kelajakdagi vazifasi, qimmati, 
foydasi.
8. Foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar.
Ilmiy maqola yozish qoidalari

Maqolaning nomi maqolaning mazmunini to‘liq aks etti-
rishi, o‘quvchining e’tiborini jalb etishi lozim. Aksincha bo‘lsa, 
zarur va muhim maqola e’tibordan chetda qoladi.

Annotatsiya maqolaning nomini kengaytirilgan ko‘ri nishidir 
unda maqolaning mazmuni qisqacha yoritiladi.

Annotatsiyada muallif tomonidan ushbu materialning qim-
matli va amaliyotdagi foydali tomonlari yoritiladi.
Kirish qismi

Ushbu qismga alohida e’tiborni qaratishingiz lozim.

Ko‘pchilik  holatlarda  mualliflar  kirish  qismiga  asosiy  ur-
g‘uni berib, maqolaning asosiy maqsadini yoritishni yoddan 
chiqarib qo‘yishadi. 

63
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish

Yoki kirish qismini bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqo la-
ning asosiy maqsadiga o‘tib ketishadi.

Maqolani o‘qiyotgan o‘quvchi mavzuning maqsadi, bosh-
qa shunday mavzudagi tadqiqot ishlaridan, milliy va xorijiy 
tadqiqotlardan farqini tushunishni istaydi.

kirish qismida asosiy e’tiborni adabiyotlar tahlillariga qa-
ra tish (muammo yoritilgan adabiyotlar, maqolalar, hisobotlar, in-
ternetdan olingan ma’lumotlar) maqsadga muvofiqdir.

Maqolada ko‘tarilgan muammo va masalalar qanchalik 
yan gilik bo‘lishiga qaramasdan, ushbu muammo va masalalar 
yuzasidan qachonlardir, kimlardir shug‘ullangan bo‘lishi mumkin, 
shuning uchun ushbu muammo va masalalar ustida ishlagan 
insonlarning ishini topish va tanqidiy tahlil qilish lozim. Tanqidiy 
tahlil siz shug‘ullanayotgan, ochib bermoqchi bo‘lgan muammo 
va masalalar ustida ishlagan tadqiqotchilarni hurmat qilgan holda 
amalga oshirilishi lozim.
Asosiy qism

Bu qismda maqolaning asosiy maqsadi yoritiladi. U quyi-
dagi tarkibiy qismlardan iborat:
Vazifaning qo‘yilishi. 

Tadqiqot qanday maqsadda olib borilayapti.
Tadqiqot metodlari. 

Bunda tadqiqot olib borilgan va siz taklif qilayotgan metod 
to‘liq ochib berilishi lozim, oshiqcha tushuntirishlarsiz bo‘lishi 
shart.

kamchilik va nuqsonlarni ham ko‘rsatib o‘tishni unutmang.

64
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Natijalar va ularning tahlillari 

Ushbu qism juda muhim, bunda ilmiy maqola nega yozil-
ganligi ko‘rinadi. natijalar mantiqiy-strukturaviy sxemalar, gra-
fik,  jadval  ko‘rinishida  bo‘lsa,  o‘quvchi  uchun  tushunish  qulay 
bo‘ladi.
Xulosalar

Xulosalar annotatsiya emas! Ularning vazifasi o‘zgacha. 

Xulosalarda qanday natijalar olinganligi, annotatsiyada esa 
– qanday ishlar amalga oshirilganligi yoritiladi.
Foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar

siz ko‘targan muammo va masalalarga qiziqqan o‘quvchi 
siz ko‘rsatib o‘tgan adabiyotlarni topish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
kerak. Agar o‘quvchi adabiyotlarni topa olmasa, sizga va sizning 
ishingizga ishonchi yo‘qolishi mumkin.
Tеrminologiya

Barcha tushunadigan, ko‘p holatlarda foydalaniladigan, 
aniq, bir necha ma’nolarni anglatmaydigan terminlardan foyda-
lanish.

Yangi termin kiritilayotganida uning aniq ma’nosini ochib 
berish.

ko‘p ma’nolarni bildiradigan tununchalardan foyda lan-
maslik.
Xorijiy terminlarni zarur hollarda, joyida ishlatish.

65
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Ilmiy maqolani yozish tili

Ilmiy maqola tushunarli, amaliyotchiga yaqin tilda bo‘ladi.

Maqola tahririyatga taqdim etildi, bo‘ldi chop etiladi degani 
emas. oldinda muharrirlar bilan muloqot qilish bor. 

“Redaktor” (muharrir) lotinchada redactus (tartibga keltirish) 
degan ma’noni anglatadi. Muharrir maqolaning kamchiligini 
bartaraf etishi kerak degan fikrga borish noto‘g‘ri.

Muharrir maqola o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishdimi, 
barcha jihatlar o‘quvchiga tushunarli tilda ochib berilganligi ko‘-
rib chiqadi.

Muharrir muallifdan qo‘shimcha tushuntirishlar kiritishni, 
terminlarni aniqlashtirishni talab qilishi, ayrim holatlarda o‘z fikr-
larini bildirishi mumkin.

66
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar
 monitoringi modeli     (1-rasm)
Ilmiy-pedagogik va o
quv-metodik
nashrlar
monitoringi

Ilmiy-pedagogik va o
quv-metodik nashrlardagi
maqolalarning tarkibiy qismi

Ilmiy-pedagogik
maqolalarning baholash
mezonlari
Muammoning
qo
yilishi va
strukturasi

Shakl
va mazmuni
Dolzarbligi
Kontseptsiya
(g
oya)‘
Ilmiy
, ijtimoiy
ahamiyati va yangiligi
Maqolaning
nomi va
mazmuni to'liq
aks ettirilishi
Muammoning
ochib
berilganligi
va uning
tushunarliligi
Ar
gument
va tezislar
Mazmun
Umumiy talablar
Gramatika, orfografiya va
punktuatsiya qoidalariga
amal qilinganligi
Ta
lim tizimi hodimlarining fikr va mulohazalari’

67
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
3.2 Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda 
informatsion tahdidlarning oldini olishning kontseptual 
yo‘nalishlari
hozirgi kunda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarda 
yoritilayotgan ilmiy asoslanmagan, o‘zini oqlamagan, salbiy 
natijalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga og‘ishning 
asosiy sabablarini, usul va vositalarini o‘rganish, monitoring 
qilish, ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarda yot mafkuralar, 
psixologik manipulyatsiyalar hamda ularning salbiy ta’sirining 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, nashrga tayyorlanayotgan 
materiallarni baholash mezonlarini ishlab chiqqan holda mazkur 
yo‘nalishda ijtimoiy nazorat ishlarini amalga oshirish dolzarb 
bo‘lib turibdi. 
Muammoni o‘rganish va tahlil qilish natijasida, ilmiy-peda-
gogik va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdidlarining oldini 
olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bir necha 
yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligi aniqlandi. 
Ilmiy-pedagogik va o quv-metodik
nashrlar monitoringi – bu ...

O qituvchilarning  ma naviy-axloqiy, pedagogik va psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai nazari va
e tiqodini mustahkamlashda ilmiy-pedagogik, o quv-metodik nashrlarning o rni va tezkorligini aniqlash,
shuningdek, informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish jarayonini muntazam
kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ilmiy-pedagogik, o quv-metodik nashrlar faoliyatini
muvofiqlashtirish bo yicha qaror qabul qilish tizimi.







Ilmiy-pedagogik,
o quv-metodik nashrlarni
baholash hamda mazkur
yo nalishda senzura
(ijtimoiy nazorat) ishlarini
amalga oshirish jarayoni.


Pedagogika sohasidagi ilmiy
tadqiqot ishlarini  maxsus tashkil
etilgan, muntazam olib
boriladigan kuzatuv ishlari.
Maqolalarni, tahliliy
materiallarni ilmiy asoslangan,
belgilangan muddatlarda amalga
oshiriladigan yig ish,
umumlashtirish,  tahlil qilish va
qaror qabul qilish tizimi.


68
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Bular:
– ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlar orqali berila di-
gan materiallar mazmunini baholashning ijtimoiy nazorat me-
xanizmini ishlab chiqish va joriy qilish
– ommaviy nashrlarga taqdim etiladigan maqolalar, tahliliy 
materiallar, xulosalar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda nashrga 
tavsiya etishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqish va 
takomillashtirish;
– o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixo-
logik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai nazari va e’tiqodini mustah-
kamlashda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning o‘rnini 
aniqlash, axborot vositalarida uchrashi mumkin bo‘lgan axborot 
tahdidlaridan muhofaza qilish jarayonini muntazam tashkil qilish, 
takomillashtirish va muvofiqlashtirishning ilmiy asoslangan kon-
septsiyasini ishlab chiqish. 
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar monitoringi or-
qali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmi 
funk  siyalarni bajarish lozim. Bular: 
Ijtimoiy. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda in-
for  matsiyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohi ya tini 
aniqlashtirish, ya’ni ilmiy-pedagogik jamoatchilikda infor mat-
siyaviy tahdidlarni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish ma-
lakasini, axborotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shakl lan tirish 
va rivojlantirishni ta’minlaydi.
Ma’naviy-axloqiy. o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv- 
metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qar shi ku -
rashish bo‘yicha immunitetni, ushbu masala bo‘yicha ijti moiy 
sifatlarni, jamiyat tomonidan belgilangan qadriyatlar va me’-
yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya mexanizmi, ijti-
moiy-psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakl lan tirishga 
xizmat qiladi.

69
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Madaniy. ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’-
moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlaydi. 
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor mat-
siyaviy tahdidlarning oldini olish avvalambor, ilmiy-pedagogik, 
o‘quv-metodik nashrlar orqali beriladigan materiallar mazmunini 
baholash mezonlarini ishlab chiqishni va ularni ochiq e’lon qi-
lishni taqozo etadi. 
Bizning fikrimizcha, baholash mezonlarini belgilovchi omil-
larga quyidagilar kiradi:
– inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan 
bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qad-
riyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat atrof-mu hi-
tning o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
– ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, 
ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakl-
lantirish;
– milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uy-
g‘unligi, milliy madaniyatni saqlab qolish va boyitish, ta’limni 
milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa 
xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
– ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning 
har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘nal ti-
rilganligi;
– o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umum-
bashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, 
mehnat  ko‘nikmalarini,  ijodiy  fikrlash  va  atrof-muhitga  ongli 
munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantirish;
– demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati 
qurish printsiplariga amal qilish;
– davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorli-
gi printsiplariga amal qilish;

70
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
– milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun 
iftixor tuyg‘usi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analar va xalqi miz-
ning intellektual merosini asos sifatida qabul qilish;
–  o‘tmishdan  qolgan  mafkurafiy  qarashlar  va  sarqitlardan 
qochish;
– rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma’-
naviy va axloqiy talablarga amal qilish;
– ta’lim-tarbiya mazmuniga mamlakatning ijtimoiy va iqti-
sodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, ma-
daniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib 
chiqqan holda qarash;
– ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va 
ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublaridan foyda-
lanish;
– ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrat si ya-
lashuvini ta’minlash.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda axborot tahdid-
larining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan 
kontseptsiya o‘zida quyidagi bo‘limlarni, yo‘nalishlarni qamrab 
olishi kerak deb o‘ylaymiz:
1. Ilmiylik printsipiga amal qilinganligi, taqdim etilayotgan 
tushunchalarning aniq ta’rifi va to‘liq ochib berilganligi.
2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor-
matsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish modelining ishlab chi-
qilganligi va uni ekspert baholanganligi. 
3. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali infor-
mat siyaviy tahdidlarga qarshi kurashish obyektlari sifatida peda-
goglar dunyoqarashi, ularning hayotiy qadriyatlari, ijtimoiy va 
shaxsiy manfaatlari hamda madaniy va estetik qarashlarini ino-
batga olinganligi. 

71
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
4. Informatsiyaviy tahdidlar oqibatlarini aniq ochib beril-
ganligi.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informat-
siyaviy tahdidlar deganda milliy tarix, xalq an’analari va urf-
odatlari, milliy madaniyatni, ta’limning milliy taraqqiyotini, milliy 
va umumbashariy qadriyatlarni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, 
siyosiy va ijtimoiy-psixologik qarashlarni maqsadli o‘zgartirish ga 
qaratilgan informatsion hamda ilmiy-metodik ma’lumotlar tushu-
nishilishi kerak. 
Ta’lim-tarbiya sohasi ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik 
nashr lar orqali o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga, 
infor matsion tahdidlarga, informatsiyaviy-g‘oyaviy targ‘ibotlarga, 
madaniy ekspansiyalarga juda ham sezuvchandir. Ilmiy-pedagogik 
va o‘quv-metodik nashrlar o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasida eng asosiy omil ekanligini unutmasligimiz lozim. 
Ayni shu sababdan mamlakatimiz mustaqillikkka erishgandan 
so‘ng ommaviy axborot vositalari, ilmiy-pedagogik, o‘quv-meto-
dik  nashrlarning  ilmiy-pedagogik  jamoatchilikning  o‘z  fikr  va 
g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va 
pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish masalasi 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning ijobiy tomon-
larini inkor etmagan holda ularning ilmiy-pedagogik jamoatchilik 
orasida samarasiz, salbiy faoliyat olib borish imkoniyati mav jud-
ligini ham ta’kidlash lozim.
Yosh ilmiy-pedagogik xodimlarda buzg‘unchi, destruktiv 
peda gogik g‘oyalarga qarshi hali mafkuraviy immunitet to‘la 
shakl lanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga 
ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan 
jarayondir. Ta’kidlash lozimki, ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik 
nashrlarda ilmiy-pedagogik jamoatchilik e’tiboriga havola etila-

72
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
yotgan axborotlar orqali ba’zan salbiy ijtimoiy maqsadlarga ham 
erishish mumkin.
salbiy ilmiy-pedagogik axborot xurujlari esa yosh ilmiy-
peda gogik xodimlar ma’naviy-axloqiy, pedagogik va psixologik 
dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ra-
vishda o‘zgartirishga qaratilgan.
Bugungi kunda ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik nashrlarning 
pedagogik faoliyatdagi vazifalari va tutgan o‘rnini, ilmiy-peda-
go gik jamoatchilik ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, madaniyati va 
ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish, 
ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik, o‘quv-
metodik nashrlarning vazifasi, psixologik va pedagogik faoliyat 
tajribasi asosida ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik, o‘quv-metodik 
nashrlarda yoritilayotgan salbiy ma’lumotlarga og‘ishning asosiy 
sabablari, usul va vositalarini tahlil qilish, ilmiy-pedagogik, o‘quv-
metodik nashrlarda yot mafkurani, psixologik manipulyatsiya 
hamda salbiy ta’sirning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, 
baholash mezonlari hamda mazkur yo‘nalishdagi senzura (ijtimoiy 
nazorat) ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat-
siyaviy tahdidlar  va  ularning   oldini olish bo‘yicha kontseptual 
yo‘nalishlarni ishlab chiqish va loyiha doirasida belgilab olingan 
maqsad, obyekt, predmet va vazifalarni aniqlashtirib olish maq-
sadida, biz tomondan ekspert baholash metodidan foydalanildi. 
Ushbu ekspert baholashni amalga oshirishda biz V.I.Mixeev 
(Моделирование  и  методы  теории  изменений  в  педагогике. 
М.:Высшая  школа.  1987.  С.  120.)  ва  В.С.Черепановлар 
(Экспертные  оценки  в  педагогических  исследованиях. 
М.:Педагогика.  1989.  С.  152.)  tomonidan ishlab chiqilgan 
pedagogik ekspertiza nazariyasi va metodologiyasiga tayandik.

73
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Jumladan,  pedagogik  ekspertiza  deb,  jamoa  fikrini  olish 
uchun ekspertlar, mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazishda 
yoki tadqiqot obyektini baholashda (holatlarni, jarayonlarni – 
S.M.) amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Pedagogik 
ekspertizaning nazariy bazasi bo‘lib, ekspert baholash metodi 
hisoblanadi, ekspert baholash orqali o‘rganilayotgan, tadqiq etila-
yotgan dolzarb muammolar, loyihalashtirilayotgan pedagogik 
obyektlar va mavjud holatlar bo‘yicha miqdoriy, shuningdek, sifat 
ko‘rsatkichlarini baholash mumkin.
ekspert baholash metodi bir qancha variantlardan iboratdir, 
ulardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilar:

Individual ekspert baholash, tadqiqotchi bilan ekspert 
o‘r tasida suhbat jarayonida yoki ekspertning anketa savollariga 
javobi orqali olinadi;

Morfologik ekspert metodi, tadqiqot obyektida tarkibiy 
elementlar ajralib tursa, elementlarning ko‘p miqdordagi kom-
binatsiyalari, funktsiyalari va funktsional aloqalari o‘rgani layot-
gan taqdirda foydalaniladi;

Reyting metodi – tadqiqot obyektini ballarda yoki oldindan 
belgilab olingan shkalalar orqali baholash; 

o‘z-o‘zini baholash metodi – tadqiqot subyekti tomonidan 
o‘zining bilim, malakalari va shaxs sifatlarini va boshqa subyektiv 
ko‘rsatkichlarini o‘z-o‘zini baholash shkalari orqali baholash;

Jamoaviy ekspert baholash metodi – tadqiqot qilinayotgan, 
o‘rganilayotgan, loyihalashtirilayotgan yoki amaldagi pedagogik 
obyektlarni jamoa bilan birgalikda baholash.
Loyihamiz doirasida olib borilayotgan tadqiqot jarayonida 
biz anketa so‘rovnomalari asosida ekspertlardan so‘rov o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladigan individual ekspert baholash metodidan 
foydalandik.

74
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Ma’lumki, pedagogik ekspertizani o‘tkazishda, ekspert baho-
lash metodini amalga oshirishda asosiy vazifa ekspertlarni tan-
lashdir. ekspertlarni tanlashda quyidagi ko‘rsatkichlarga asos-
laniladi. Bular, ekspertning ma’lumoti, ilmiy-pedagogik, ama liy-
pedagogik ish staji, egallab turgan lavozimi, ilmiy dara janining, 
ilmiy, ilmiy-metodik maqolalarning mavjudligi. shuning 
dek, 
ekspertlarni tanlashda yana quyidagi mezonlarga ham e’ti bor 
berish zarur, bular – ekspertning kompetentligi, tadqiqot qilina-
yotgan, o‘rganilayotgan muammoga qiziqishi, ishbilar mon ligi, 
haqqoniyligi va h.k.
Loyihamiz doirasida olib borilayotgan tadqiqot jarayonida biz 
yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ekspertlarni tanlash ko‘rsatkichlarga 
va mezonlariga asoslandik. 
Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informatsiyaviy 
tahdidlar va ularning oldini olish bo‘yicha kontseptual yo‘na-
lishlarni ekspert baholash biz tomondan uch bosqichda amalga 
oshirildi:
1-bosqich – Tayyorgarlik;
2-bosqich – ekspertlar faoliyati, ekspertiza ishlari, ekspert 
baholash;
3-bosqich – Yakuniy.
Loyihamiz, tadqiqotimiz jarayonida quyidagi uch guruh 
omillar aniqlandi va shakllantirildi:
Ijtimoiy.  Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda 
infor  matsiyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohi-
yatini aniqlashtirish, ya’ni ilmiy-pedagogik jamoatchilikda infor-
matsiyaviy tahdidlarni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish ma-
lakasini, axborotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shakl lantirish 
va rivojlantirishni ta’minlaydi.
Ma’naviy-axloqiy. o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va 
o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qar-

75
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
shi kurashish bo‘yicha immunitetni, ushbu masala bo‘yicha ijti-
moiy sifatlarni, jamiyat tomonidan belgilangan qadriyatlar va 
me’yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya mexa nizmi, 
ijti moiy-psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni shakl lan-
tirishga xizmat qiladi.
Madaniy. Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’-
moli madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlaydi. 
Ushbu omillar ishlab chiqilgan anketada – so‘rov varaqalarida 
o‘z aksini topgan.
ekspertlar sifatida 167 nafar shaxs tanlab olindi:

o‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mas’ul 
xodimlari (7 nafar);

o‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi mas’ul xodimlari (4 nafar);

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi mas’ul xodimlari 
(4 nafar);

nazorat va huquq-tartibot organlari xodimlari (5 nafar);

ommaviy axborot vositalari xodimlari (12 nafar);

Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari 
professor-o‘qituvchilari (30 nafar);

Ilmiy xodim-izlanuvchilar (30 nafar);

Magistratura talabalari (35 nafar);

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari (20 nafar);

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari (20 nafar).
Tayyorgarlik bosqichida ekspertlar bilan “Ilmiy-pedagogik va 
o‘quv-metodik nashrlarda informatsiyaviy tahdidlar va ularning 
oldini olish” mavzusi bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilib, 
seminar-trening o‘tkazildi.
seminar-trening davomida ekspertlarga:
1. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat-
siyaviy tahdidlar va ularning oldini olish bo‘yicha kontseptual 
yo‘ nalishlarni; 

76
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarda informat-
siyaviy tahdidlarning oldini olishni ta’minlash mohiyatini aniq-
lash 
tirish, ilmiy-pedagogik jamoatchilikda informatsiyaviy 
tahdid larni, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilish malakasini, 
axborotlarga nisbatan tanqidiy qarashlarni shaklantirish va 
rivojlantirishni; 
3. o‘qituvchilarda ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar 
orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha 
immunitetni, ijtimoiy sifatlarni, jamiyat tomonidan belgilangan 
qadriyatlar va me’yorlarni, tanqidiy tafakkurni, ma’naviy himoya 
mexanizmi, ijtimoiy-psixologik sog‘lomlik kabi ijobiy sifatlarni; 
4. Ilmiy-pedagogik jamoatchilik orasida axborot iste’moli 
madaniyatini tarkib toptirish va rivojlantirishni ta’minlash zaru-
riyatini;
shuningdek, tadqiqotimiz jarayonida ekspertlar orasida o‘t-
ka zilgan anketa so‘rovnomalarida: “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-
metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tah-
didlarga qarshi kurashish yo‘llarini maxsus tadqiqot qilish, 
ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar monitoringini olib 
borish, o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kura-
shish kompetentligini shakllantirish, malaka oshirish va qayta 
tayyorlash kurslari o‘quv reja va dasturlariga ilmiy-pedagogik va 
o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy 
tahdidlarga qarshi kurashish mavzusini kiritish kerakmi?”, degan 
savolga javob berishlari so‘raldi. 
ekspert baholash predmetini to‘rtta guruh omillari tashkil 
etgan, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari 1-jadvalda yoritilgan.

77
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
1-jadval.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling