O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik maqolalar yozishda


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish


3.1. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik maqolalar yozishda 
informatsiyaviy tahdidlarni inobatga olish uslubi
Manbalarda “axborot madaniyati” tushunchasi “axborot sa-
vod xonligi” tushunchasi bilan tenglashtirilgan holda qo‘llani-
lishi kuzatilmoqda. Qiyosiy tahlillar natijasi sifatida ko‘r satib 
o‘tish mumkinki, “axborot madaniyati” tushunchasi qam rovi 
va mazmun jihatidan ancha keng bo‘lib, umumiy jihatlari bilan 
ajralib turadi. “Axborot savodxonligi” tushunchasi esa XX asr-
ning 70-yillarida AQshda qabul qilingan va oliy ta’lim islohoti 
milliy dasturida alohida qo‘llangan. “Axborot savodxonligi” 
deganda mutaxassisning faoliyati uchun kerakli axborotni tushuna 
olishi, axborotni izlab topish va kasbiy faoliyatda qo‘llashi mum-
kin bo‘lgan malakasiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. “Axborot 
savodxonligi” mutaxassisning axborot bilan ishlashining texno-
logik tarafini qamrab olib, ta’limiy dastur asosida maqsadli amal-
ga oshiriladi. shu jihatlari bo‘yicha “axborot savodxonligi” tu-
shunchasi kompyuterda ishlash savodxonligini ham qisman o‘z 
ichiga oladi.
“Axborot madaniyati” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni 
qamrab oladi:
– insonning bilim egallashining zamonaviy vositalari, qayta 
ishlash va tizimlashtirish malakasiga ega bo‘lishini;
– tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarning mohiyatini 
tushunishini;

51
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
– faoliyat sohasiga oid bo‘lgan ixtisoslikka oid turli manbalar 
bilan ishlashni bilishni;
– kasbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarga oid axborotni 
tahlil qilish va qayta ishlash asoslarini bilishni va boshqalar.
Axborot madaniyati – bu axborot bilan kasbiy soha yoki 
qiziqishlar asosida maqsadli tanlay bilish, qo‘lga kiritish, uni 
qayta ishlash va o‘z vaqtida maqsadli foydalana olish, axborot 
texnologiyalari, zamonaviy vositalar hamda uslublarni qo‘llay 
olish malaka va ko‘nikmasining majmuasidir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, 
u shaxsning ijodiy qobiliyatining mahsuli hisoblanadi va ijtimoiy 
qiymatga ega. Axborot madaniyati quyidagilarda namoyon 
bo‘lishi mumkin:
– axborot texnologiya vositalarini qo‘llashda aniq ko‘nik ma-
larga ega bo‘lishda;
– kasbiy faoliyatda kompyuter texnologiyalarini qo‘llay 
olish da;
– elektron manbalardan axborotni qo‘lga kiritishni bilishda;
– turli axborot manbalaridan kasbiy qiymatga ega bo‘lgan ax-
borotlarni tanlab olishda.
shaxsning axborot madaniyati ikki darajaga egadir. Birinchi 
daraja, bu – moddiy, ya’ni sivilizatsiya mahsuli. Ikkinchi daraja 
esa, alohida shaxsning ko‘ngilli faoliyati davomida vujudga 
keladi. Mazkur yoshlarda axborot madaniyatini shakllantrishda 
amaliy ahamiyat kasb etib, ishlab chiqiladigan ma’rifiy tadbirlar 
va tayyorlanadigan materiallarni didaktik tasnifini belilash uchun 
qo‘l kelishi ehtimoldan xoli emas.
Axborot madaniyati turli funktsional vazifalarga ega 
bo‘lgan tarkibiy qismlardan tarkib topgan bo‘lib, uning tizimiga 
quyidagilar kiradi:
– muloqot madaniyati;

52
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
– nutq madaniyati (til va yozuv madaniyati, ish hujjatlarini 
rasmiylashtirish madaniyati);
– kitob va kitobxonlik (o‘qish) madaniyati;
– intellektual (ilmiy tadqiqot va aqliy mehnat) madaniyat;
– axborot texnologik (zamonaviy axborot texnologiyalarini 
qo‘llash) madaniyati;
– bibliografik madaniyat.
Axborot madaniyati tarixan shakllangan, ijtimoiy va iqtisodiy 
institutlar doirasida amalga oshirilib, tajribaviy bilimlarga asos-
langan bo‘ladi. Bugungi globallashuv jarayoni shiddat bilan ke-
chayotgan bir davrda, inson qalbi va ongi uchun turli usul lar 
yor damida kurash olib borilayotgan bir vaqtda, milliy man fa-
atlarni himoyalash nazari asosida yoshlarimizda axborot ma da-
niyatini shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Axbo-
rot madaniyatini shakllantirish o‘z strategiyasiga ega bo‘lib, 
Yu.Dresher uni shakllantirish yo‘lidagi mavjud vazifalarni uch 
qismga ajratib ko‘rsatadi:
– bilimlar subyekti ongiga jamiyatdagi ijtimoiy axborot amal 
qilishining o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatini singdirish;
– subyektda “axborot almashinuvi mexanizmi” tushunchasini 
shakllantirish va uning o‘ziga xos jihatlarini hayotning barcha 
jabhalarida hisobga olish zaruriyati;
– subyektga, axborot resurslaridan foydalanish masalasida 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga yordam berish.
har bir qism xususiy xarakterga ega vazifalar yig‘indisidan 
iborat bo‘lib, ular ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy institutlar doi-
rasida turli usullar yordamida yechiladi. Axborot madaniyatini 
shakllantirish uni ishlab chiqarish va iste’molini shakllantirish 
masalalari bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlash lozim. Mazkur 
masala estetik va axloqiy nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi lozim. 
negaki, axborotda katta hissiy ta’sir ko‘rsatish kuchi mavjud 

53
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
bo‘lib, psixologiya sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi 
shuni ko‘rsatadiki, u, inson faoliyati mazmunini ta’minlashga, 
jamoaviy munosabatlarga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyatdagi 
biror-bir sohadagi rivojlanishni fuqarolarga yetkazishda, ularning 
ishonchini qozonishda axborot madaniyatining tamoyillariga amal 
qilmasdan tasavvur etib bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, biron 
bir oila yo‘qki, axborot olish va uzatish vositalariga ega bo‘lmasin, 
shu jihatlari bilan ham axborot madaniyatini shakllantirishga 
ehtiyoj sezilmoqda.
Axborot madaniyatini shakllantirishga oid vazifalar qatorida 
dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan vazifalar ham mavjud 
bo‘lib, uning asosiy maqsadi shaxs ongida quyidagi bilimlar 
majmuini shakllantirishdan iboratdir:
– moddiy dunyodagi axborot tarqalishining umumiy qonu-
niyatini bilish, unga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida bilimga 
ega bo‘lish;
– turli ma’lumotlarning xususiyat va vazifalari, uning jamiyat 
shakllanishi hamda ijtimoiy munosabatlar rivojlanishida tutgan 
o‘rnini bilish;
shaxsning tafakkuri, xulqi hamda bevosita faoliyat yuritish 
jarayonida axborotning egallagan o‘rnini anglash va unga nisbatan 
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish;
– shaxsning ma’naviyatiga axborotning ta’sir darajasini  bilish.
Yuqoridagilarni umumlashtirigan holda ta’kidlash mumkinki:
– yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish ijtimoiy 
ahamiyat kasb etib, falsafa, pedagogika, psixologiya va sotsiologiya 
fanlarini o‘qitishda “Inson kamolotida axborotning roli”, “Asotsial 
xulq ifodalanishida axborot” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza va 
amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish lozim;
– yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishga oid bo‘lgan 
ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish lozim. 

54
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
har bir millat, davlatning yanada taraqqiyotning yuqori bos-
qichlari sari rivojlanishida xavfsizlik va barqarorlik alohida o‘rin 
tutadi. Qayerda xavfsizlik va barqarorlik mavjud ekan, o‘sha 
yer da rivojlanish kuzatiladi. shuning uchun ham Prezidentimiz 
I.karimov o‘zi 
ning “o‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqa rorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 
asarida Vatanimizning tinchligi va faravonligi o‘z kuch-
qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga 
bog‘liq va boshqa asarlarda xavfsizlik va barqarorlik masalalarini 
juda keng ma’noda tahlil qilib berganlar.
Agar davlat yoki millat, ijtimoiy guruh yohud qatlam o‘z 
man faatlarini, maqsad-muddaolarini aniq ravshan ifoda etadigan 
g‘oyalarini kishilar, ayniqsa, yosh avlod ongiga muntazam sing-
dirilmasa, g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘ladi, ishonch-e’tiqod 
susayadi, mafkuraviy tahdidlar kuchayadi. G‘oyasi yo‘q, e’tiqodi 
bo‘sh odamlar esa, ta’sirga tez beriluvchan bo‘ladi, o‘z yo‘lini 
yo‘qotib qo‘yadi. 
G‘oyaviy bo‘shliq, imonsizlik, manqurtlik jamiyat uchun 
jiddiy xavf soladi. Agar g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lsa, so‘zsiz 
uning o‘rnini shu xalqning tabiatiga begona turli xil mafkuraviy 
tazyiqlar egallab olishi va o‘z ta’sirini o‘tkazadi. shuning uchun 
o‘z kelajagini o‘ylagan har bir davlat va jamiyat g‘oyaviy bo‘shliq 
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, eskirgan aqidalar va begona 
qarashlarni inkor etish bilan birga, ilg‘or fikrlar, ulug‘vor maqsad 
va ezgu orzularni odamlar ongi va qalbiga singdirishga harakat 
qiladi.
keyingi yillarda milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha ko‘plab dars-
liklar,  qo‘llanmalar  monografiyalar  yaratildi  va  yaratilmoqda. 
Ularda Prezidentimiz asoslab bergan asosiy tushuncha va tamoyillar 
barqaror bayon etilsa-da, fikrlar rang-barangligi shubhasiz ijobiy 
hodisadir. Ayni paytda darsliklar va qo‘llanmalarning eng yangi 

55
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
aniq bir dasturlar asosida tuzilishi, yoki yozilishi, takomillashib 
borishi ta’limning umumiy qonuniyatlaridan biridir. 
Insoniyat tarixi, fikrlar, g‘oyalar kurashidan iborat bo‘lib kel-
gan va biz yashayotgan davr ham bundan mustasno emas. Fikrsiz 
inson bo‘lmaganidek, g‘oya, mafkurasiz jamiyat ham bo‘l maydi. 
Biroq shunday paytlar bo‘ladiki, muhitda mafkuraviy bo‘sh-
liq yuzaga keladi va bu jamiyat uchun juda tahdidlidir. Tahdid 
haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo, diqqat va e’tiborni XX asr 
oxiriga kelib paydo bo‘lgan umumbashariy muammolarga qarat-
moq lozim. Ana shunday muammolar qatoriga terrorizm, diniy 
ekstremizm, vahobizm, aqidaparastlar, millatchilik kabilarni 
kiritish mumkin.
Yurtboshimiz biron-bir g‘oyani omma ongiga zo‘rlab, maj-
burlab, tazyiq o‘tkazib, odamlar hayotiga singdirish, joriy etish 
mumkin emas, deydi. “Bir haqiqatni chuqur anglab olish darkor: 
har bir odam, oila, qolaversa, butun el-yurtimizning baxtu sao-
dati, jamiyatimizning barqarorligi ko‘p jihatdan odamzod taya-
nib yashaydigan g‘oya va maslakning qanchalik to‘g‘ri va inso-
niyligiga, bu e’tiqodining oilasi, farzandlari, xalqining ezgu maq-
sadlariga, hayotiy manfaatlariga nechog‘lik mos kelishiga uzviy 
bog‘liqdir” deya ta’kidlaydi. 
Xalq ommasi o‘zining ezgu maqsadlariga, hayotiy manfa-
atlariga javob bermaydigan yot g‘oyalarni aslo qabul qilmaydi, 
ularni hech qachon qullab-quvvatlamaydi. Ishonch-e’tiqodga ay-
lan magan g‘oya, xalq manfaatlaridan chetda bo‘lgan mafkura, 
real voqelikdan uzilib qolgan qonun-qoidalar hayotda chuqur ildiz 
ota olmaydi, aksincha, tezda barham topadi.
hozirgi paytda, mafkuraviy tahdidlar eng, avvalo mafkuraviy 
bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda. Ma’lumki, hayotda ma’lum bir 
tajribaga ega bo‘lgan, achchiq-chuchukni ko‘rgan kishilarning, 
yaxshimi – yomonmi, dunyoqarashini o‘zgartirish juda qiyin. 

56
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Maf kuraviy tahdidlar, avvalo, yoshlar uchun xavflidir.
Prezidentimiz “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va 
buyuk kelajakka ishonchdir” nomli risolasida shunday degan: 
“Ma’rifatparvarlik biz uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani 
yo‘q, yo‘qotmaydi ham. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli ki-
shi larni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga 
erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. 
Agar shu muammoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir 
pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo‘lmaydi”.
Darhaqiqat, xalqimizni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash, 
jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, 
taraqqiyot qonunlarini o‘zida chuqur aks ettiradigan sog‘lom, 
insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur.
har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk 
siymolar,  mard  qahramonlar  va  fidoyi  insonlar  tarixi  asosida 
bitiladi. Xalqimizning shiroq va To‘maris, spitamen va Muqanna, 
Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur 
Mirzo kabi mard farzandlari – buyuk g‘oya sohiblaridir. Jahon 
tarixidan, jumladan, xalqimizning o‘tmishidan ham, qaysi sohada 
bo‘lmasin, mardlik va jasorat ko‘rsatish uchun insonga albatta 
ulug‘vor g‘oya kerak ekaniga ko‘plab misollar topiladi.
Buzg‘unchi g‘oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor 
intilishlar sabab bo‘ladi. shunday ekan, ularga qarshi kurashga 
tayyor turish, ya’ni doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashamoq 
hayotning asosiy zarurati bo‘lib qolaveradi.
 hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining 
quyidagi so‘zlarida chuqur ma’no bor: “Men uyimning darvoza 
eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyim-
ga toza havo kirib turishi kerak. shu bilan birga ochilgan eshik va 
derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar 
qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini istamayman”. 

57
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Ma’naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan 
shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustun qilib tashlashini hech bir 
xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, 
oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir 
o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy. 
Agarki, masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, 
ma’ na viyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj – bu mil-
latimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdod lar-
dan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xusu-
siyatlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy 
ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha 
asorat va illatlardan xalos bo‘lib, ozod va farovon hayot barpo 
etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish 
xavf-xatarlarni anglatadi.
Bunday maqsadni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik, o‘quv-
metodik nashrlarning o‘rni va ahamiyati tobora ortib, ta’lim ta-
raqqiyotining ko‘zgusi, pedagog-o‘qituvchilar ongi, dunyo qa-
rashi hamda siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga 
aylanmoqda. 
Axborot-informatsion texnologiyalar, kompyuter va internet 
tizimida uzatilayotgan turli xil axborot manbalari vositasida 
o‘qituvchilarning o‘ziga xos fikrlash tarzi va dunyoqarashi keng 
yoyilmoqda. Bunda ta’lim tizimida xizmat qilayotgan xodimlar 
uchun o‘quv-metodik, ilmiy-pedagogik nashrlarning munosib 
ulushi borligini ta’kidlash joiz.
Avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda berilayot-
gan materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yosh-
larda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy im-
munitet to‘la shakllanmaganini, ularda eshitgan yoki o‘qigan 
ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu o‘ta jiddiy 
global masala ekani ayon bo‘ladi. Uzluksiz ta’lim tizimida har 

58
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni, ya’ni o‘quv-ilmiy va 
umummadaniy bilimlarni egallagan, milliy va umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, ijodiy 
fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalariga 
ega bo‘lgan, o‘z sohasini chuqur biladigan mutaxassislarni 
tayyorlashning natijaviyligi ko‘p jihatdan pedagogik jarayonlarni 
tashkil etish, boshqarish, sifat va samaradorligini barqaror rivoj-
lantirib borishda oAV ta’siridan foydalana bilishga bog‘liq bo‘-
ladi. Chunki hozirda dunyoda vujudga kelayotgan murakkab 
mafkuraviy tahdidlar orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishishda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan asosiy mexanizm 
sifatida foydalanilayotganligi kuzatilmoqda.
Ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlarning samaradorligini 
ta’minlash uchun o‘qituvchilar belgilangan asosiy maqsad yo‘-
nalishida pedagogik jarayonlarni strategik rejalashtirish, loyiha-
lashtirish, modellashtirish, ta’lim oluvchilar faoliyatini muvo-
fiqlashtirish va ularning faolligini ta’minlash, vaziyatlarga ko‘ra 
pedagogik jarayonni boshqarish usullari, metodlari hamda tamo-
yillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va ular asosida peda-
gogik jarayon subyektlarining innovatsion faoliyatini tashkil etishi 
zarur hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jara-
yonlar samaradorligi tatbiq etilayotgan yangiliklar asosida ta’lim 
oluvchilarning bilimlari, zamonaviy texnika va axborot-kommu-
nikatsion texnologiyalarini o‘rganishi, intellektual qobiliyat-
lari ning shakllanish darajasini hamda o‘qituvchilarning bilimi, 
ko‘ nikma va malakalari, shuningdek, pedagogik mahorati va 
kasbiy qobiliyatlarining rivojlanish darajalarining o‘sishini bel-
gilaydi.
kitob ilm va ziyo manbai bo‘lsa, ilmiy-metodik jurnallar 
kitob va darsliklardagi duru injularni yoshlar ongiga singdirishda, 

59
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda o‘qituvchi-
pedagoglarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi asosiy poydevordir. 
Ta’lim tizimidagi yangiliklar, pedagogik texnologiyalar, ilg‘or 
ish tajribalarni ilmiy maqolalar orqali respublikamizda omma-
lash tirishga  munosib  hissa  qo‘shayotgan  insonlarning  fidoyi 
mehnati tufayli ilmiy jurnallarning yil sayin talabga ega bo‘lib 
borayotganini e’tirof etish joiz. 
Umrini buyuk kelajagimizning mustahkam qalqonlari – yosh 
avlodga ta’lim berishga bag‘ishlagan jonkuyar o‘qituvchi borki, 
albatta, pedagogika sohasida to‘plagan tajribasini hamkasblari 
bilan o‘rtoqlashishga intiladi. Bu jarayonda eng maqbul yo‘l ta’lim 
tizimidagi ilmiy-metodik nashrlarda ilmiy-tahliliy maqolalar e’lon 
qilib, sohadagi ilg‘or ish uslublarini ommalashtirishdir.
Xalq ta’limi tizimidagi ilmiy-metodik jurnallar sahifalarida 
ta’lim tizimida xizmat qilayotgan pedagog-o‘qituvchilar 
o‘zlarining ilg‘or tajribalarini ilmiy ma qolalar orqali tahliliy 
yoritishlari mumkin. Bunda sohadagi dol 
zarb yo‘nalishlar, 
qimmatli  fikr-mulohazalar,  yillar  davomida  o‘qitishning  hech 
kimnikiga o‘xshamagan o‘ziga xos uslublari qamrab olinishi 
lozim.
shu o‘rinda ilmiy maqolaning tuzilishi, g‘oyasi va dolzarbligi, 
tizimga oid muammolarning yechimi qanday bo‘lishi zarurligi 
haqida to‘xtalib o‘tish foydadan xoli emas. 
Pedagoglar ish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladigan maqolalarning tuzilishi, g‘oya mazmuni va qanday 
maq sadlarga xizmat qilishi ochib berilgan. shuningdek, har bir 
ilmiy-tahliliy maqolada pedagogikaga oid dolzarb muam mo-
larning qo‘yilishi va ular atroflicha tahlil qilinishi lozim. Ilmiy ish 
mukammal bo‘lishi uchun esa ko‘rsatilgan barcha talablarga to‘liq 
javob berishi kerak.
Ilmiy maqola aniq tuzilishga ega va quyidagi tarkibiy qism-
lardan iborat bo‘lishi kerak:

60
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
– maqolaning nomi (sarlavhasi);
– annotatsiya (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
– kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
– kirish;
– mavzuga oid adabiyotlar tahlili;
– asosiy qism (metodologiya, natijalar);
– xulosalar va tadqiqotning kelajakdagi vazifasi, qimmati, 
foydasi;
– foydalanilgan va tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro‘yxati. 
Aksariyat hollarda maqolaning kirish qismiga urg‘u berilib, 
asosiy maqsadini yoritishga uncha e’tibor qaratilmaydi. Yoki kirish 
qismi berilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqolaning maqsadiga o‘tib 
ketiladi. Buning oqibatida maqola talab darajasida bo‘lmasligi 
mumkin. 
kirish qismida asosiy e’tiborni bugungi kunda tizimga oid 
dolzarb masalalarga qaratish hamda mavzuga oid manbalardan 
iqtiboslar keltirish maqsadga muvofiqdir.
Maqolani o‘qiyotgan o‘quvchi mavzuning maqsadi, shu mav-
zudagi boshqa ilmiy maqolalardan, milliy va xorijiy tad qi qot-
lardan farq qilishini istaydi. shu bois, har bir maqolada mav zu-
dan kelib chiqib, ta’lim tizimiga oid biror-bir yangilik yoki o‘qi-
tishning yangi metadologik uslublari mavjudligi ilmiy ishning 
yanada sermazmun bo‘lishini ta’minlaydi. 
Xulosalar annotatsiya emas! Ularning vazifasi o‘zgacha. Xu-
lo salarda qanday natijalar olinganligi, annotatsiyada esa qanday 
ishlar amalga oshirilganligi yoritiladi. 
Maqolada ko‘tarilgan muammo va masalalarga qiziqqan 
o‘quv chi mavzuga oid adabiyotlarni topish imkoniyatiga ega bo‘-
lishi kerak. Agar o‘quvchi adabiyotlarni topa olmasa, ilmiy ma-
qolaga nisbatan ishonchi yo‘qolishi mumkin. 
Maqolaning sifatli bo‘lishi, albatta, omma tushunadigan til va 

61
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
uslubda yozilishini talab etadi. shu bois, maqolada:
barcha tushunadigan, ko‘p hollarda foydalaniladigan, aniq, 
bir necha ma’nolarni anglatmaydigan atamalardan foydalanish;
– yangi atama kiritilayotganda uning ma’nosini sharhlab 
berish;
– ko‘p ma’nolarni ifoda etuvchi so‘zlardan foydalanmaslik;
– xorijiy atamalarni zarur hollarda va o‘z o‘rnida ishlatish.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy-metodik jurna llarda e’lon qilina-
yotgan maqolalarning salmoqli bo‘lishi nafa 
qat tahririyatda 
xizmat qilayotgan xodimlarga, balki ilmiy ish larning mualliflariga 
ham bevosita bog‘liq. shunday ekan, yurti mizda ta’lim tizimida 
amalga oshirilayotgan ishlar, o‘qitishning ilg‘or pedagogik 
uslublarini yoritishda hamjihatlik eng ustu 
vor yo‘nalishimiz 
bo‘lishi lozim. Pedagoglar ish faoliyati sama radorligini oshirishga 
xizmat qiladigan maqolalarning tuzilishi, g‘oyaviy mazmuni va 
qanday maqsadlarga xizmat qilishi ochib berilgan bo‘lishi kerak. 
shuningdek, har bir ilmiy-tahliliy ma qolada pedagogikaga oid 
dolzarb  muammolarning  qo‘yilishi  va  atroflicha  tahlil  qilinishi 
lozim. Ilmiy ish mukammal bo‘lishi uchun esa 1-rasmda 
ko‘rsatilgan barcha talablarga to‘liq javob berishi kerak.
Maqola yozishdan oldin quyidagi savollarga javob bering?
1. Qanday mavzuda maqola yozmoqchisiz?
2. Maqolangizning dolzarbligi nimada?
3. nima uchun o‘quvchilar qimmatli vaqtlarini ketkazib siz-
ning maqolangizni o‘qishlari shart?
4.  O‘z  fikringizni  qanday  yetkazib  bermoqchisiz?  Qanday 
tajribalar o‘tkazish zarur?
5. Ilmiy ishingiz boshqalardan nimasi bilan farq qiladi.

62
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling