O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoziy nomidagi o‘zbеkiston pеdagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti


Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarning


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy-pedagogik va oquv-metodik nashrlardagi informatsiyaviy tahdidlar monitoringi tahlil rejalashtirish va amalga oshirish


2.1. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlarning 
ta’lim-tarbiya jarayoniga konstruktiv va destruktiv ta’siri
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ha-
yot dagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining 
ko‘zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi va siyosiy saviyasini shakl-
lan tiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. endilikda demokratik 
davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot 
sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
 o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan Internet 
tarmog‘i esa axborot sohasida tub burilish yasadi. endilikda 
an’anaviy oAVning informatsion texnologiyalar asrida o‘z 
mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Bu borada Yurtboshimiz ham o‘z ma’ruzalarida, “bugungi 
kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet 
va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, 
muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat 
taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi...”, deb 
alohida ta’kidlagan holda yaratilgan imkoniyatlardan unumli 
foydalanishga chaqiradi.
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy 
tomonlarini inkor etmagan holda uning yoshlar orasida samarasiz, 
salbiy faoliyat olib borish imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash 
lozim. 

39
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Telekanallarda namoyish etilayotgan va minglab video, lazer 
disklari  vositasida  tarqatilayotgan  jangari  filmlar da  yashash 
uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yosh lar ongini 
zaharlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan uzoq 
lash 
tirish, 
milliy nigilizm va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon 
va ochiq haqiqatdir.
Mazkur muammolarni yechishda, avvalo, oAV faoliyatini 
mu vofiqlashtirish, ko‘rsatuv, eshittirish va matbuot nashrlari sifa-
tiga, ayniqsa, ularda berilayotgan materiallar mazmuniga jiddiy 
e’tibor qaratish zarur. 
Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi hali maf-
kuraviy immunitet to‘la shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki 
o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha 
e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash 
lozimki, Internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi ax-
bo rotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib 
bo‘l maydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. 
Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, 
psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtayi nazari va e’tiqodini 
maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik ke-
rak. Buning asosiy sabablaridan biri esa agressiyani targ‘ib etuvchi 
tele, radio, audio, video va multimedia mahsulotlari, internetdagi 
ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib borayotgani, xil-
ma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va 
yoshlarni psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, 
ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik ta’sir o‘tkazishning 
samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy istilohdagi “zombi”lar, ya’ni “manqurtlar” paydo bo‘l-
masligi uchun yoshlar orasida axborot iste’moli madaniyati, 
mafkuraviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish masalasi 
hanuzgacha dolzarb bo‘lib kelmoqda. 

40
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
shuningdek, mazkur muammoning yechimini hal etishda 
“oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini amaliyotda 
izchillik bilan qo‘llash zarur. Zero, har bir ota-ona o‘z farzandining 
qanday ko‘rsatuvga qiziqayotgani, qaysi internet saytiga murojaat 
qilayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va uni to‘g‘ri 
yo‘naltira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
o‘z o‘rnida ta’lim muassasalarida maktab yoshidan boshlab 
axborot tizimida axborot olish madaniyatini va mafkuraviy immu-
nitetni shakllantirishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va ama-
liyotga tezkorlik bilan joriy etishni davr taqozo etmoqda. 
 Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda – fuqarolarning 
axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash 
va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish 
lozim. Ya’ni har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli 
ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum 
axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun 
qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. 
  Shu  o‘rinda  “Axborot  urushi”  xavfi  tahdid  solayotganini 
ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining mohi-
yati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. 
Aynan hozirgi texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, 
boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish imkonini beradi. kun-
dalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar ham axborot uru-
shining primitiv ko‘rinishidir. Axborot xurujining oldini olish 
uchun, Prezidentimiz aytganlaridek, mafkuraga qarshi maf kura, 
g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash-
mog‘imiz kerak. Zero, yoshlarimiz qalbida ma’naviy-axloqiy pok 
jihatlar ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilsin.
Axborot xurujlarining oldini olish uchun, avvalo, yoshla rimiz-
ning mustaqil fikrlashini shakllantirish talab etiladi. Maktabgacha 
ta’lim muassasalaridan boshlab farzandlarimizga turli uslublarda 

41
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
“ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari keltirayotgan zararlar 
haqida tushunchalar berib borish maqsadga muvofiqdir.
o‘quvchilarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushishdan saq-
lash, turli “axborot xurujlari”ga qarshi immunitet hosil qilish, 
ularning psixologik sog‘lomligini ta’minlashda mazkur tizim 
muhim rol o‘ynaydi. Jumladan:
– mavzu yuzasidan maktablarda oAV xodimlari bilan uchra-
shuv lar  uyushtirish. 
– ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘-
yicha direktor o‘rinbosari uchun o‘quv treninglari tashkil etish va 
so‘rovnomalar o‘tkazish; 
– ommaviy axborot vositalari bilan ta’limning uzviyligini 
ta’minlash va mavzuga doir o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish;
– o‘quvchilarning ongini buzuvchi, jarohatlovchi axborot ta’-
siridan himoya qilish, ommaviy axborot manbalarida shafqatsizlik 
va zo‘ravonlikni targ‘ib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikning tashkiliy-
huquqiy mexanizmi sifatida ta’lim maskanlarida o‘quvchilar 
orasida oshkoralik, xayrixohlik, bag‘rikenglik, tanqidiy-tahliliy 
mushohadaga asoslangan o‘zaro munosabatlar tizimini yo‘lga 
qo‘yish maqsadida matbuot kotiblari faoliyati tashkil qilish;
– o‘quvchilar orasidan tayinlangan matbuot kotiblarining 
asosiy vazifasi esa, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilina-
yot gan ijobiy hamda salbiy axborotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar 
o‘r tasida hamkorlik, samimiy munosabat, bir-birini tushunish, 
qo‘l lab-quvvatlab, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish kabi 
fazilatlarni shakllantirish;
– maktablarda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy bilim va 
tar biyalarini rivojlantirishda radio burchaklarini tashkil qilish;
– “eng yaxshi matbuot kotibi”, “Faol mahalla raisi”, “eng 
yaxshi rahbar”, “eng faol ma’naviyatchi”,” eng faol tadqiqotchi 
olim” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish;

42
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
– o‘quvchilar o‘rtasida yot axborot manipulyatsiyasi ham da 
uning salbiy ta’sirini oldini olishda turli chora-tadbirlar, ijti moiy-
psixologik dasturlar, o‘quv adabiyotlarini yaratish orqali o‘quv-
chilarda axboriy-psixologik immunitetni shakllantirish masa la-
larini yo‘lga qo‘yish.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda quyi-
dagicha xulosa qilish mumkin. Yoshlarni fan-texnika yutuqlari 
bilan muntazam tanishtirib borish zarur, ammo salbiy oqibatlarni 
ham hisobga olgan holda, doimiy nazorat va tushuntirish ishlarini 
ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar 
oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni 
hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqi-
batlarini ham aytib o‘tish kerak.
hozirgi zamon ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalaridan 
biri turli fan yo‘nalishlari orqali yoshlar ongida milliy istiqlol 
g‘oyasini izchil shakllantirishdan, xalqning ishonch va e’tiqodiga 
aylantirishdan iborat. Chunki har qanday ta’lim-tarbiya soha si-
ning markazida turuvchi: insonparvarlik, vatanparvarlik, mil lat-
parvarlik, tinchliksevarlik g‘oyalari, eng avvalo, milliy istiqlol 
g‘oyasi doirasida o‘z mazmunini aniqlashtiradi va namoyon qi-
ladi. Zero, insonning har qanday ezgu g‘oyalari – ona Vatanga 
muhabbat, uning mustaqilligini mustahkamlash g‘oyalaridan 
tash qarida ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin 
emas. 
Boshqacha aytganda, milliy g‘oyani yoshlarimizning ishonch 
e’tiqodiga aylantirish orqali mafkuraviy, ma’naviy tahdidlarga 
qarshi kurashishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaning samaradorligi 
fanlarning shu maqsad asosida o‘zaro mushtarakligiga ham 
bog‘ liqdir. Ya’ni mutaxassis olimlar ta’kidlaganidek, turli soha-
lardagi bilimlar majmuasining Milliy istiqlol g‘oyasi doirasida 
integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi 

43
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
yosh lar bilim saviyasini, dunyoqarashlarini mazmunini belgi-
lab turadi.
“Tarbiya muammolari, – deb xulosa qiladi Yusupov N. 
Globallashuv jarayonlarida ma’naviy-ahloqiy tahdidlarning 
namoyon bo‘lish xususiyatlari” (diss, – T., 2013) asarida, – ma’-
naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘u-
lar, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir”. 
Chunki “Tahdid” so‘zi xavf-xatar, xuruj va buzish ma’nolarini 
anglatadi. shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axlo-
qiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi. 
Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda 
turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar 
paydo bo‘ladi. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda 
uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning 
asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar 
bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. o‘qituvchi esa 
yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal 
tarbiya berish ma’naviy kamolotning barcha jabhalarini rivoj-
lantirish uchun subyektiv omil yaratishdir. 
hamma davrlarda ham o‘qituvchilar yoshlarni axloqi va 
odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari 
va ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirib shakllantirishga harakat 
qilgan. 
shunga ko‘ra, har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z 
maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy tarbiyadir. 
sog‘lom g‘oyaviy tarbiya esa yuksak dunyoqarash va e’ti-
qod tarbiyasini ham anglatadi. shu o‘rinda tarbiya hamda ta’lim 
beruvchining shaxsiy sifati hamda o‘z ishiga fidoyiligi bu masalada 
g‘oyat muhim ekanligini unutmaslik kerak. Bu xususda G‘azzoliy 
shunday yozadi. “shayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash 
kaliti – yerdan ungan ne’matning yaxshi hosil bermog‘i uchun 

44
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
dehqon uning atrofini begona o‘tlar, tikanlardan tozalagani kabi 
bir hol”. 
shu bois Yurtboshimiz, tarbiya, o‘qituvchi hamda murab-
biy ning  ta’lim  tizimidagi  o‘rnini  atroflicha  tahlil  etib  shunday 
degan edi: “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, 
ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan 
dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-
tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham shu yerda, 
o‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qila-
miz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murab biyning 
o‘zi ham shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. shu bilan birga, 
o‘qituvchi va murabbiylarning hayotiy talablarini qondirish, 
ularni rag‘batlantirish, ularni o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini 
ta’minlashimiz lozim. Albatta bu masalani birdaniga yechish 
qiyin, lekin uni yechmasdan turib kelajak avlodning tarbiyasi 
to‘g‘risida gapirishning o‘zi mutlaqo nomaqbuldir. 
2.2. Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali
informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashishda milliy 
qadriyatlarning o‘rni 
Dunyoda g‘oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafku-
raviy, ma’naviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz 
ma’naviyatini yuksaltirish, tafakkurida sog‘lom dunyoqarash 
asos larini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning eng 
sama rali usuli mafkuraviy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdir. Ilmiy 
adabiyotlarda qayd etilishicha: “Mafkuraviy tarbiya – inson, ijti-
moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, 
ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan 
qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy 
kuch yoki aholi qatlamlari o‘z manfaat va maqsad-intilishlarini 

45
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham 
o‘z g‘oyalar ta’siriga tortishga harakat qiladi. G‘oyalar adolatli 
va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, 
bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va 
fidoyi bo‘lsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali 
o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, 
maqsad sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oya-
lar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tar-
biyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi ongi 
va qalbiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.
Aslida shaxs tarbiyasining muhim yo‘nalishi – bu g‘oyaviy 
tarbiyadir. Bu inson ongi va tushunchalari tizimida hayot haqidagi 
falsafiy,  siyosiy,  huquqiy,  diniy,  estetik,  axloqiy,  badiiy,  kasbiy 
qarashlarni maqsadli shakllantirish jarayonidir. har qan day tarbiya 
jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra g‘oyaviy 
tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog‘chasinimi, mahalla, 
maktab, kollej, litsey, universitet yoki akademiyani olamizmi – 
hammasida beriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari talaba va ting-
lovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy 
asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat uchun, uning 
ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘nal-
tirilgan bo‘ladi. Bu ishlar bolaning dunyo haqidagi, olamning 
rivojlanish qonuniyatlari, insoniy munosabatlar borasidagi o‘ziga 
xosliklar, axloq tamoyillari, go‘zallik haqidagi tushunchalarini 
kengaytirishga xizmat qiladi. Bu tom ma’noda mafkuraviy tar-
biya ning asosiy poydevoridir. shuning uchun mafkurasiz inson, 
mafkurasiz guruh, millat, xalq, jamiyat bo‘lishi mumkin emas.
Mafkuraviy tarbiya insonning ijtimoiy hayot haqidagi muay-
yan bilimlar, baholar va ular zamirida yuzaga keladigan maqsadlar 
tizimi sifatida chiqishi bilan belgilanadi. shuning uchun ham 
mafkura shaxsning ijtimoiy tasavvurlari, bilimlari, qadriyatlari 

46
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
tizimi, hayotiy mo‘ljallarining shakllanishiga kuchli darajada 
ta’sir ko‘rsatadi. shunday ekan, mafkuraviy tarbiya, ya’ni shaxs 
jamiyat hayoti, uning taraqqiyot qonunlarini, kuzatilayotgan 
hodi sa, jarayonlarni nechog‘li to‘g‘ri va to‘liq tushunishi, o‘rinli 
va adolatli baholashi, qanday maqsadlarni ko‘zlab faoliyat olib 
borishi masalasi ma’naviy tahdidlarning oldini olishda eng dolzarb 
va ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi.
Mafkuraviy tarbiyaviylik eng avvalo, yuksak e’tiqod, iymon, 
Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, vatanparvarlik, fidoiylik kabi 
fazilatlarda namoyon bo‘ladi. 
Bugungi yoshlar o‘zlarining kim ekanligini, hech kimdan 
kam emasligini, ajdodlari kim bo‘lganini anglab yetdilar. Lekin 
ayni paytda xalqimizning ma’naviy birligiga raxna solishga, 
yoshlarimizning yurtimizga bo‘lgan ishonch-e’tiqodini buzishga 
urinayotgan kuchlar ham bor. Ular turli xil vayronkor, aldamchi 
g‘oyalarni pesh qilib, yovuz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, 
ayrim irodasi zaif yoshlardan o‘z yurtiga, ona Vataniga, hatto ota-
onasiga qarshi bo‘lgan dushmanlarni tayyorlashga urinmoqdalar.
G‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar ham xilma-xillik, o‘zaro 
ta’sir, kurash jarayonida rivojlanadi, takomillashadi. 
Mafkuraviy tarbiya bo‘lganda ham, milliy tarbiya asosiga qu-
rilgan mafkuraviy tarbiya bo‘lishi lozim. shuningdek, u global-
la shuvning hozirgi avj olayotgan sharoitlari va imkoniyat larini 
hisobga olgan holda yangi mazmun va shaklda olib boriladigan 
tarbiya bo‘lishi taqazo etiladi. 
Milliy tarbiya millat vakillariga, ayniqsa, uning yoshlariga 
milliy meros, urf-odat, an’ana va axloqdagi  eng  ilg‘or 
 
xususiyatlarni, qadriyatlarni singdirish orqali milliy ong, 
dunyoqarash, ruhiyatni shakllantirish, o‘zligini anglatish, milliy 
g‘urur va iftixor tuyg‘u larini mustahkamlash, milliy manfaat, 
millat istiqboli uchun mas’ ullikni ongi va qalbiga singdirish, milliy 

47
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
zaminlardagi boy meros asosida ma’naviy boyitish borasida olib 
boriladigan amaliy faoliyat yo‘nalishidir.
shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqimiz tarixning har qan-
day to‘fon va suronlariga qaramasdan, milliy o‘zligi va azaliy 
qadriyat larini saqlab qolib, bugungi dorilamon zamonlarga be-
zavol yetib kelishida uning qon-qoni, suyak-suyagida bo‘lgan 
ma’ naviy jaso rat tuyg‘usi, hech shubhasiz, hal qiluvchi ta’sir o‘t-
kazib kelmoqda.
Chunki o‘zbek xalqi dunyo maydonida kuni kecha tasodifan 
paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Biz – boy tarix, yuksak madaniyat, bu yuk 
ma’naviyat vorislarimiz. Qadimiy tariximizni har tomonlama o‘rganib, 
shunday xulosaga kelish mumkinki, eng qaltis va tahlikali davrlarda 
millatimizga umid va ishonch bergan, uni yovlarga qarshi kurashga 
undagan, ajdodlarimizni ilmiy kashfiyotlar, har biy zafarlarga, ma’rifat 
mash’alini baland ko‘tarib, jaholatga qarshi chiqishga chorlagan 
beqiyos kuch ham aynan ma’naviy jasorat tuyg‘usidir.
har qanday tarbiyada bo‘lganidek milliy tarbiyada ham aniq 
maqsadlar ko‘zlanadi. 
o‘zligini anglagan, dunyoqarashi shakllangan millat vakili o‘z 
millatini ulug‘laydi, uning manfaatini himoya qiladi, uning oldida 
mas’ul ekanligini tushunib yetadi, uning manfaatini boshqalar 
manfaati bilan almashtirmaydi, unda sadoqat kuchli bo‘ladi. shu 
millat vakili bo‘lganidan faxrlanadi va g‘ururlanadi. Bu inson 
uchun eng oliy ne’mat hamda ulug‘ ma’naviy boylik ekanligini 
doimo his etib yashaydi. 
Ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan 
mam  lakat, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini 
ta’ minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-
oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishini alohida qayd eta di. 
Aksariyat olimlar – dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuch-
lar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘y sun-

48
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
dirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avva lam-
bor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish 
milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga 
urinadi. shuning uchun – bu sharq yoki G‘arb mamlakatlari 
bo‘ladimi, olis Afrika yoki osiyo qit’asi bo‘ladimi – jahonning 
qaysi burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir 
tahdid paydo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘zining bugungi kuni va ertangi 
istiqbolini o‘ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq 
tashvishga tushishi tabiiy, albatta. Muallif ma’naviy tahdidlar 
haqida gapirar ekan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xuruj 
kabi inson ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini qo‘ygan, 
tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi insonning tom 
ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashga qarshi qaratilgan xurujlar 
mohiyatiga to‘xtaladi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalq farovonligi, yurt tinchligi, 
Vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo 
bag‘rikenglik, komil inson kabi g‘oyalarga tayanar ekan, ana 
shu g‘oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki 
tahdidlarning oldini oladi. Yot g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashda 
begona g‘oyalarning qo‘poruvchilik ta’siriga qarshi doimiy va 
uzluksiz aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki 
bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, 
balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi. 
Biz yosh avlodga qaysi qadriyatlarni singdirishimiz kerak? 
Ularda qaysi sifatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor? Bunda, avvalo, 
har jihatdan faol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratish, g‘oyaviy 
tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini yuqori darajada yuzaga 
chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga 
urg‘u berish zarur. Buning uchun inson passiv ijrochilikdan emas, 
balki faol tashabbuskorlikdan ko‘proq manfaatdor ekanligiga 
ishontirish kerak. 

49
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK
NASHRLARDAGI INFORMATSIYAVIY TAHDIDLAR MONITORINGI: tahlil, rеjalashtirish va amalga oshirish
Yoshlarda mehnatga ishtiyoq uyg‘otish, tirishqoq va serg‘ay-
rat shaxsni tarbiyalash, shaxsni o‘zi ustida qunt bilan ishlashga 
o‘rgatish. shuningdek, milliy g‘ururi baland, mas’uliyat va burch 
hissiga ega, intizomli, demokratiyani hayot tarziga aylantirgan
kelajagi o‘z qo‘lida ekaniga ishongan mustaqil shaxsni tarbiya-
lashga ustuvor ahamiyat berish zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, psixologik jihatdan yoshlarni 
har qanday destruktiv faoliyatga yo‘llovchi omillar uning xavf-
sizlik, hurmat va o‘z ijodiy saloxiyatini ro‘yobga chiqarishi, 
o‘zini-o‘zi namoyon qilish ehtiyojlariga kiradi. Yoshlar o‘zini-o‘zi 
namoyon qilishi uchun bir qator to‘siqlarni yengib o‘tishi kerak. 
Bu jarayon yoshlarni nafaqat shaxsiy sifatlarini (iroda kuchliligi, 
maqsad, ish qobiliyati, qiziqishiga) ega bo‘lishini, balki muayyan 
davrda ma’lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi 
lozimligini ham anglatadi. Albatta, tahlil qilinayotgan masalani bir 
ish, risola doirasida to‘la o‘rganib chiqish qiyin. Zero, destruktiv 
faoliyat, destruktiv g‘oyalar, ongni nazorat qilish fenomeni hozirgi 
kunda sotsiologiya, psixologiya va boshqa qator fanlar doirasida 
o‘rganilishi zarur bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Ushbu 
muammolarni bartaraf etishda “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” 
hamkorligini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot-tash-
viqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

50
S.Yu.Maxmudov,
M.A.Umaraliyеva, G.K.Karimova
III BOB. 
ILMIY-PЕDAGOGIK VA O‘QUV-MЕTODIK NASHRLAR 
MONITORINGI 
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling