O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhli meyorlar
xulqi usulini belgilab beradi.
Shunday qilib, guruh ichidagi munosabatlar tizimida uni a'zolarining o'rni va mavqei, statusi, roli, guruhning ijtimoiy-psixologik dinamikasi - uni yuzaga kelishi, rivojlanishi, guruhli boshqarish, guruh ichidagi munosabatlar, guruhli me'yor va guruhli nazorat kabilar kichik guruhlarning asosiy hodisasi (fenomenologiyasi) hisoblanadi. Kichik guruh a'zosining pozitsiyasi - uni guruh ichidagi hodisalarga munosabatining turg'un tizimidir. Pozitsiyaning yetukligi uning turg'unligi, ziddiyatsizligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan belgilanadi. Guruh a'zosining statusi (guruhli status) - guruh a'zosining guruh ichidagi munosabatlarda tutgan o'rni, mavqei, uning guruhdagi obro'sidir. Rolь - individ tomonidan bajarilayotgan ijtimoiy funktsiya, individning shaxslararo munosabatlar tizimidagi xulq uslubi (etakchi, lider, autsayder va boshqa rollar). Guruhning yuzaga kelishi va unga yangi a'zolarning kirishi, guruhni tashkil topish jarayoni va shaxsning guruh ichidagi adaptatsiyasi bilan bog'liq. Guruhli 219 me'yor va guruhli qadriyatlar, ya'ni shu guruhda nima ko'proq ahamiyatli, istiqbolli bo'lsa, shular guruh hayotiy faoliyatini boshqaruvchi asos bo'lib xizmat qiladi. Guruhli me'yorlar boshqaruvchi, baholovchi, sanktsiyalovchi va stabil- lashtiruvchi turlarga bo'linadi. Boshqaruvchi me'yorlar - bular: standartlar, guruh ichidagi o'zaro munosabatlar namunasi, guruh a'zolari xulqiga qo'yiladigan guruhli talablardir. Guruhli me'yorlar ularning majburiylik darajasiga ko'ra farqlanadi. Oliy darajadagi me'yorlarning buzilishi mumkin emas, u eng qattiq guruhli sanktsiyalar bilan jazolanadi. Majburiyligi o'rtacha darajada bo'lgan me'yorlarning arzimagan, sezilarsiz darajada buzilishiga yo'l qo'yiladi. Majburiylik darajasi quyi bo'lgan me'yorlar - bu guruhli xulq usulini (stilini) belgilab beradigan me'yorlardir. Eng yuqori darajada rivojlangan, qadriyatlari va me'yorlari umum-ijtimoiy talablarga mos keladigan guruh - jamoa deyiladi. Guruh qanchalik yuqori ijtimoiy rivojlangan bo'lsa, u shaxs rivojlanishiga shunchalik ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Guruhning korporatsiya darajasigacha pasayishi, uni a'zolarining ijtimoiy destabilizatsiyasiga, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning nizoli bo'lishiga olib keladi. Guruh a'zolari xulqiga uning kattaligi va tuzilishi, individual tarkibining o'ziga xosligi ta'sir ko'rsatadi. Deyarli bir xil shaxsiy tarkibdan tashkil topgan guruh - gomogen, turli xil shaxslardan iborati - geterogen guruh deyiladi. Rasmiy guruhlarda guruh hayotini tashkil qilish guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Guruhdagi norasmiy shaxslararo munosabatlarni boshqarish esa Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling