O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy - ijobiy guruh individning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga 
kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu guruhlarga kirar ekan, bola tug'ilganidanoq, 
ulardan o'zi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy tajriba komponentlarini, insoniy 
madaniyatni o'zlashtirib oladi. Ijtimoiy guruhlarda individning turli qobiliyatlari 
ro'yobga chiqadi. Ularda, individ o'z o'rnini, o'z qadrini biladi, o'zining kuchli va 
zaif tomonlarini anglaydi. Biroq, ijtimoiy guruh individ imkoniyatlarini nafaqat 
kuchaytirishi, balki bosib tashlashi ham mumkin. Guruh tomonidan individ 
imkoniyatlarining bosib tashlanish effekti - ingibitsiya deyiladi.
Asotsial jamoa ijtimoiylashuv sinovlaridan (chiniqtirishlaridan) o'tmaslik 
shaxs taqdiriga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shaxsning shakllanishida 
tasodifan, vaziyat taqozosi bilan yuzaga kelgan asotsial jamoalar o'ta xavflidir. 
Bunday jamoalarda individ deindividualizatsiyalashadi, shaxsiy xususiyatlarini, o'z 
qiyofasini yo'qotadi. 
Kriminallashgan yetakchiga o'ylamay itoat etish yo'liga tushar ekan, shaxs 
ijtimoiy rivojlanish yo'lidan chalg'iydi, sodda tobelik va majburlik qopqoniga 
tushib qoladi, uning shakllanishi sun'iy madaniyat etalonlari bo'yicha amalga osha 
boshlaydi. 
Ijtimoiy guruhlar asosiy ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan turli pozitsiyalarni 
egallashi mumkin. Ularning faoliyati ijtimoiy yo'naltirilgan (ishlab-chiqish, 
o'quv, ijtimoiy-madaniy va shu kabilar), asotsial - faqat mazkur guruh 
a'zolarininggina ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan (xippilar, rokerlar, 
breykerlar va sh.k.) va antisotsial (aksil ijtimoiy) - jinoiy guruhlar bo'lishi mumkin. 
Antisotsial guruhlarning hayot faoliyati qat'iy qonunlar, mavqe (rang, daraja) 
bo'yicha mos kelish qoidalari, kuch (zo'rovonlik) qonuni, hammaning bir-biriga 
kafilligi (bir-birining sirini yashirish), ojizlarni quvish va sh.k. bilan amalga 
oshadi. Kriminal, antisotsial guruhlar ijtimoiy-ijobiy guruhlardan tubdan farq 
qiluvchi tuzilishga ega bo'ladi.
Ijtimoiy rivojlangan guruhlar bilan bir qatorda sodda (primitiv, xovli, 
mahallalardagi birikmalar, shishadoshlar davrasi, shaxmatchilar, qimorbozlar va 
sh.k.) guruhlar turlari ham farqlanadi. 
Qamoqxonalarda, armiyada ayrim norasmiy guruhlar mazkur mikro-ijtimoiy 
piramidaning 
tubida 
joylashgan 
a'zolariga 
nisbatan 
shavqat-sizlarcha 
qattiqqo'llikka asoslangan alohida hukmronlikka ega bo'ladi. Boshliqlarning xulqi 
o'ta xudbinlik, cheklanmagan hukmronlik orqali o'zini-o'zi ta'kidlashi, hamma 
narsa mumkinligidan zavqlanishi bilan ajralib turadi. Bu yerda hukmronlik qo'pol 
jismoniy kuchga asoslanadi - yuqorida eng tajovuzkor tiplar bo'ladi ular nizolarni 
paydo qiladi va nizoli qarama-qarshiliklarda ustun kela oladigan bo'ladi. 
Hukmronlikda tasdiqlanish shaxsning keyinchalik yanada deformatsiyalashuviga 


216 
olib keladi – kalondimog'lik, kekkayganlik, takabburlik, o'zboshimchalik, 
zo'ravonlik kabilarga zamin yaratiladi. 
Ijtimoiy-ijobiy norasmiy guruhlarda, guruhning chuqur hurmatga ega, aqlli 
va yuqori axloqli, o'zining shaxsiy hukmronligi emas, balki guruhning rivojlanishi 
haqida qayg'uruvchi a'zosi uning yetakchisi bo'lib tanlanadi. 
Rasmiy o'rta va kichik guruhlarning aksariyat qismini ishlab-chiqarish 
guruhlari, mehnat jamoalari tashkil qiladi. Bu ochiq toifadagi guruhlardir - ular 
keng ijtimoiy aloqalar uchun ochiq, doimo yangi a'zolar bilan to'ldirilib turadi, 
keng kasbiy birlashmalarga integratsiyalashib turadi. Bunday guruhlar faoliyati 
yetarli darajada reglamentlangan: ularning faoliyat tartibi, ish natijalarining 
baholash mezonlari belgilab qo'yilgan bo'ladi. Professional guruhlarning 
shakllanishi bilan tegishli ijtimoiy tashkilotlar shug'ullanadilar. 
Sotsium o'ziga iqtisodiy turg'un tuzilmalarni asosan professional guruhlar 
vositasida yaratadi. Biroq jamiyat ehtiyojlari professional faoliyat doirasidan ancha 
chiqib ketadi. Shuning uchun, unda professional va boshqa rasmiy guruhlardan 
tashqari, yangitdan yuzaga kelgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling