O'zbekiston respublikasi profi universitety


Ijtimoiy tashkil qilingan jamoalar. Ularning klassifikatsiyasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy tashkil qilingan jamoalar. Ularning klassifikatsiyasi 
Tuzilishiga ko'ra uyushmagan (amorf) ijtimoiy jamoalardan farqli o'laroq, 
ijtimoiy tashkil qilingan jamoalar o'ziga xos tafovutli xususiyatlarga ega bo'ladi. 
Ular o'zlarining ijtimoiy rivojlanganlik darajasiga ko'ra: assotsiatsiya, korporatsiya 
va ijtimoiy guruhlarga farqlanadi. 
Assotsiatsiya - (lot. associatio - bog'lanish, birlik) - odamlarning shaxsiy 
epizodli maqsadlarining vaqtinchalik muvofiq kelishi asosida birikkan uyushmasi 
(sayohatchilar guruhi, bir kupedagi yo'lovchilar). Bunda ijtimoiy aloqalar epizodik 
va noturg'un bo'ladi.
Korporatsiya - odamlarning turg'un maqsadlarining qisman mos kelishi 
asosida biriktirgan birlashmalari. Masalan, sayohatchilarning ayrim guruhlari birga 
ovqatlanish, u yoki bu manzillarga birgalikda borish uchun birlashgan jamoalari, 
yoki uy-joyga muhtoj odamlar - kooperativ uy qurish uchun birlashishlari mumkin.
Ijtimoiy jamoalarning eng rivojlangan tuzilishli shakli - bu ijtimoiy 
guruhdir. Ijtimoiy guruh - umumiy ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar va mazkur 
maqsadlarga erishishni ta'minlovchi tegishli guruh ichidagi tuzilishga ega bo'lgan 
turg'un ijtimoiy tashkil topgan jamoadir.


213 
Ijtimoiy guruhlarning asosiy funktsiyasi - guruh manfaatlarini ro'yobga 
chiqarish uchun odamlar xulqini boshqarishdir.
Ijtimoiy guruhda individ boshqa individ bilan munosabatda bo'libgina 
qolmay, balki, u guruhning boshqa a'zolari o'zaro munosabatlariga nisbatan ma'lum 
bir pozitsiyani, o'zining guruhdagi mavqeini egallaydi.
Shunday qilib, ijtimoiy guruh o'z tarkibiga kamida uch kishini biriktiradi
faqat shundagina guruh ichidagi munosabatlar yuzaga keladi.
4 §. Ijtimoiy guruhlar haqida tushuncha. Ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi 
Ijtimoiy guruh - umumiy qiziqishlar, maqsadlar va hamkorlikdagi faoliyat 
bilan birlashgan, odamlarning ijtimoiy tashkil topgan jamoasidir. Ijtimoiy guruh - 
ijtimoiy tashkil etilgan va ijtimoiy ahamiyatli faoliyat sub'ektidir. Ijtimoiy guruhlar 
katta, o'rta va kichik guruhlarga farqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling