O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 §. Shaxslararo munosabatlarda nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi
konfliktologiyani yuzaga keltirdi.
234 So'nggi vaqtlarda nizolar va ularni xal etish omillarini tadqiq etish jadal rivojlanib bormoqda. Nizoli vaziyatlarni nazorat qilish qator bajarilishi lozim bo'lgan ishlar tartibi (protseduralar)dan tashkil topadi: - ro'y berishi mumkin bo'lgan nizolar ishtirokchilarining qiziqishlari, manfaatlari, niyat-o'ylari, ko'zlayotgan xatti-harakati haqida ishonchli ma'lumotlar almashinish; - nizoli vaziyatga boshqarib bo'lmaydigan xarakter bera oladigan barcha xatti-harakatlardan o'zini tiyish; - nizoni xal etishga xolis, obro'li arbitrlarni jalb qilish; - nizoni xal etishning har tomonlama maqbul bo'lgan, barcha imkoniyat- larini aniqlash va ulardan foydalanish; - ishchan sheriklik muhitini yaratish va uni saqlab turish, nizodan keyingi salbiy hissiy qarama-qarshilikdan qochish. 3 §. Shaxslararo munosabatlarda nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi Umuman psixologik adabiyotlarda, konfliktologiya sohasidagi adabiyotlarda nizolarning har-xil turlari farqlanadi. Aksariyat hollarda nizolarni bir yoqlama, ularni salbiy nuqtai nazardan baholash hollari kuzatiladi. Lekin, nizoni - nizodan farqi bor. Chunki, ma'lum ma'noda nizo shaxslararo, guruhlararo munosabatlarni rivojlantiruvchi omil bo'lib ham xizmat qiladi. Quyida keltirib o'tilgan sxemada ko'rinib turganidek (40-rasm), shaxslararo munosabatlarning har qanday turida tomonlarning munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin, shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlari, ularning kechishi, unda ishtirok etuvchilarning xulqi va shu kabi ko'plab omillarga ko'ra nizolar va nizoli munosabatlar farqlanadi. Biz rasmda shartli ravishda rahbar va xodim o'zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolar va ularning rivojlanish yo'li haqidagi ma'lumotlarni keltirib o'tdik. Bu sxemani deyarli har qanday shaxslararo munosabatlar tipiga, masalan: “xodim↔xodim”, “rahbar ↔ xodim”, “komandir ↔ kursant”, “o'qituvchi↔talaba” “ota-ona ↔ farzand”, “talaba ↔ talaba”, “er ↔ xotin” va hokazo munosabatlar tipiga tadbiq qilish mumkin. Quyida, dastavval ijobiy psixologik iqlim hukm surgan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz jamoalarda ro'y berishi mumkin bo'lgan nizolarni ko'rib chiqamiz. Rasmda ko'rinib turganidek shaxslararo munosabatlar muvaffiqiyatli jamoalarda biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz jamoalarda esa ajratuvchi xarakterdagi nizolar kuzatiladi. Bu nizolar psixologik adabiyotlarda “konstruktiv” (“biriktiruvchi”) va “destruktiv” (“ajratuvchi”) nizolarga farqlab beriladi. Ular o'zlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, nizolarning kechishi, ularning ishtirokchilari, oqibatlari va unda boshqalarning ishtiroki xarakteriga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling