O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Katta ijtimoiy birliklarning ijtimoiy - psixologik fenomenlari
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ong
2 §. Katta ijtimoiy birliklarning ijtimoiy - psixologik fenomenlari
Barcha mikro ijtimoiy jarayonlar u yoki bu darajada makro ijtimoiy jarayonlar bilan belgilanadi. Umum ijtimoiy me'yorlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va ustanovkalar makro ijtimoiy darajada shakllanadi. Bu jarayonlar katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tashkil qiladi (yaratadi). Katta ijtimoiy birliklar psixologiyasining ongli - boshqaruvchi jihati (komponenti) - ijtimoiy ongdir, impulьsiv - boshqaruv jihati esa - omma ko'rinishidagi hodisalardir. Ijtimoiy ong - jamiyat hayotiy faoliyatini ma'naviy jihati, uni mavjudligining ob'ektiv sharoitlarining umumlashtirilgan aksi, jamiyat ijtimoiy hayoti (turmushi)ning tirixiy tipi, ma'naviy oriyentirlar va umum ijtimoiy qadriyatlar tizimidir. Ijtimoiy ongning g'oyaviy va ijtimoiy - psixologik darajalarini ajratish mumkin. Ijtimoiy ongning ijtimoiy - psixologik jihati jamiyat azolari tomonidan, ularning ong maydonida to'planuvchi (kontsentratsiyalanuvchi) ijtimoiy jarayonlar va munosabatlarning anglanishi va hissiy kechilinishidan tashkil topadi. Ijtimoiy ongning diqqat maydoni, turg'un omillar bilan ham, tassoddifiy sharoitlar (ijtimoiy ongning favqulotda vaziyatlar, siyosiy kurashlar va sh.k. bilan ishg'ol qilib olinishi) bilan ham tashkil topishi mumkin. 242 Millatning ijtimoiy ongi uning tarixiy o'tmishi, etnik sotsio-stereotiplari bilan, xalq tarixida uzoq vaqt ta'sir ko'rsatgan, uning yashash tarzi, sharti, madaniy va iqtisodiy an'analari bilan shartlanadi. Ijtimoiy ong (jamoa onggi) - sotsiumning hayotiy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi, odamlarning olamga va o'z-o'ziga ma'naviy - vositali, ijtimoiy - qadriyatli munosabatlari tizimidir. Ijtimoiy ong ijtimoiy turmushni aks etadi, u bilan belgilanadi, unga ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy ong shakllarining majmui - fani, ijtimoiy me'yorli jihatlari (axloqi, g'oyasi, huquqi, siyosati), san'at va din bilan tashkil qilinadi. Hududiy rivojlanishning ma'lum bir ijtimoiy - tarixiy bosqichlarini bosib o'tar ekan, ijtimoiy ong hozirgi vaqtda umuminsoniy ongga o'sib yetadi. Ijtimoiy ongning turlaridan biri - ommaviy ongdir. U hamisha ijtimoiy ongdan torroq bo'ladi, voqelikni ma'naviy o'zlashtirishning maxsus shakllari (ilmiy, etik va estetik kontseptsiyalar) undan tashqarida qoladi. Ommaviy ong, ommaning o'zigagina taalluqli bo'lgan xususiyatlarga - amorflik, yetarlicha tuzilmaganlik, uni tashuvchilar tarkibining aniqlanmaganligi, bu tarkibning turli xilligiga ega bo'ladi. Ommaviy ong - ijtimoiy ongning hosilasi hisoblanadi. Omma ongi dolzarb ijtimoiy - siyosiy ma'lumotlarni idrok etish borasida kechadigan shaxslararo va guruhlararo muloqot jarayonida shakllanadi va individual ongning umumiy asosi (muvofiqlashtiruvchi) sifatida namoyon bo'ladi. Jamoaning barcha a'zolarini qamrab oluvchi, jamoa hayotining umumahamiyatli muayyan hodisalari ommaviy ong mazmuni hisoblanadi. Ommaviy ong asosan ommaviy kommunikatsiya vositalari asosida shakllanadi. Ommaviy ong sub'ekti ta'sir etishning til vositalari, targ'ibot va tashviqot ta'siri ostida yo kengayishi yoki torayishi, tanqidiy va konformli bo'lishi mumkin. Ommaviy ongda - mazkur jamiyatda ijtimoiy ongning rivojlanganlik darajasi, ommaning turmush darajasi bilan asoslanuvchi - ommaviy qiziqishlar, ommaviy ma'lumotlarning tashkil etilishi, ommaning siyosiy faollik darajasi namoyon bo'ladi. Ommaviy ong fragmentar (uzuq-yuluq)ligi, qarama-qarshiligi, ko'tarinki dinamikligi va stereotipligi bilan belgilanadi. Ommaviy madaniyat bilan o'zaro munosabatda bo'lar ekan, u ommaviy xulqiy stereotiplarni shakllantiradi. Xulqning ommaviy shakllarini bevosita boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'luvchi ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat ommaviy ongga mos keladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling