O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy fikr (jamoatchilik fikri) - ma'lum bir hodisalarga, jamiyatning turli 
ijtimoiy qatlamlarining munosabati tufayli yuzaga keladigan, ommaviy ong 
holatidir. Ijtimoiy fikrning mazmuni dolzarb, tortishuvli muammolarga 
qiziqishning o'tkirlashuvi bilan asoslanadi (shartlanadi).
Ijtimoiy fikr, tuzilishiga ko'ra monistik (grek. monos - bitta) va plyuralistik 
(ko'plik) bo'lishi mumkin. Ijtimoiy ongning turli darajalarida (fanda, g'oyada, 
kundalik ongda) yuzaga kelar ekan, ijtimoiy fikr (jamoatchilik fikri) voqelikka 
adekvat va noadekvat bo'lishi, real va illyuziyali tasavvurlardan tashkil topgan 
bo'lishi mumkin. 


243 
Jamoatchilik fikrining adekvatligi jamiyatda demokratik erkinlik-larning 
rivojlanganligi, uning siyosiy madaniyatiga bog'liq bo'ladi. Demokratik 
jamiyatlarda ijtimoiy fikr - uning progressiv rivojlanishini ta'minlovchi, ijtimoiy 
boshqaruvning doimiy amal qiluvchi omili hisoblanadi. Shu bilan birga, maxsus 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (ijtimoiy fikrni, jamoatchilik fikrini o'rganib 
boruvchi sotsiologik markazlar, xizmatlar) muntazam ravishda jamoatchilik fikrini 
aniqlab boradi, uni erkin ifodalanishining, bildirilishining ta'minlanishiga har 
tomonlama harakat qiladi (referendiumlar, tanlab (oralatib) so'rov o'tkazish, pilotaj 
zondajlar). 
Ijtimoiy (jamoatchilik) kayfiyat ommaning impulьsiv xulqiga ta'sir etuvchi, 
jamoat psixologiyasining emotsional xarakteristikasi, katta ijtimoiy guruhlardagi 
hissiyot va aqlning alohida holati, ijtimoiy - siyosiy siljishlarning asosidir.
Voqelikni o'zlashtirib olish usuliga ko'ra ilmiy va kundalik (hayotiy) 
jamoatchilik ongi farqlanadi. 
Elatning o'tmish tajribasiga asoslangan, me'yoriy boshqaruvning turg'un 
shakli, urf - odat (rasm, udum)lar deyiladi. Urf - odatlar xulq me'yori sifatida ham 
namoyon bo'ladi, ular yuzaga kelgan ijtimoiy (jamoatchilik) munosabatlarini 
yoritish funktsiyasini bajaradi. Urf-odatlar davlat – huquqiy boshqaruvidan oldin 
ro'y beradi, ya'ni ular zaminida haquqiy boshqaruv shakllanadi. Lekin, ular hozir 
ham kundalik turmushda fuqorolik rasm-rusmlarida ijtimoiy boshqarishning asosiy 
shakllaridan biri bo'lib qolmoqda. Hozirgi vaqtlarimizda jamiyatni boshqarishda 
mahallalarning o'rniga berilayotgan e'tiborning tobora ortib borayotganligi bejiz 
emas.
Turli ijtimoiy guruhlarda avloddan-avlodga uzatilib kelinadigan ijtimoiy va 
madaniy tajriba elementlari - an'analar deyiladi. An'analar ijtimoiy ijobiy va 
qoloq, reaktsion bo'lishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling