O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Ijtimoiy boshqaruv psixologiyasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

4 §. Ijtimoiy boshqaruv psixologiyasi 
Ijtimoiy boshqaruv - ijtimoiy institutlar va tashkilotlarning, ijtimoiy 
jarayonlarni boshqarishga yo'naltirilgan tizimli (izchil) faoliyatidir. Jamiyatni 
ijtimoiy boshqarish o'zaro bog'liq bo'lgan mafkuraviy, siyosiy va iqtisodiy 
ta'limotlar (kontseptsiyalar), ijtimoiy - psixologik qonuniyatlarni hisobga olish 
asosida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy boshqarish ko'p bosqichli tuzilishga ega. Ijtimoiy boshqarishning 
oliy bosqichi ijtimoiy siyosatni - jamiyatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining 
asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Hukumatning mahalliy bosqichi joylarda 
(hudularda) o'zini-o'zi boshqarish funktsiyasini amalga oshiradi. 
Ijtimoiy boshqarishning samaradorligi, jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlari 
manfaatlari va istagi, xohishi, irodasining hisobga olinishiga bog'liq. Ijtimoiy 
boshqarishning muhim vazifasi - jamiyatning barcha a'zolarining faol ijtimoiy - 
ijobiy faoliyatini, tegishli ehtiyojlar va xulq motivlari, ijtimoiy qadriyatlar 
ustivorligi orqali rag'batlantirishdan iborat. Jamiyatning progressiv rivojlantirish 
maqsadi va vositalari ilmiy, jumladan ijtimoiy-psixologik bilimlar asosida 
belgilanadi. 
Demokratik 
yo'nalgan 
ijtimoiy 
boshqaruv 
shaxsning 
ijtimoiy 
himoyalanganligini, uning asosiy huquqlarini ro'yobga chiqarish, shaxs 
rivojlanishi uchun zarur bo'lgan optimal turmush tarzini ta'minlashga 
qaratilgan bo'ladi. 
Jamiyat rivojlanishining har bir tarixiy bosqichi yaxlit o'zini-o'zi tashkil 
qiluvchi organizmni namoyon qiladi va unga ijtimoiy boshqarishning tegishli 
usullariga ega bo'lgan tegishli iqtisodiy va ijtimoiy tizim xos bo'ladi. Ijtimoiy 
boshqaruv ijtimoiy tashkilotlar tizimi (siyosiy, huquqiy, xo'jalik - ishlab 
chiqaruvchi, madaniy, ma'rifiy) orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy tashkilot - ijtimoiy ahamiyatli yo'nalishlarga zarur kuchlarni 
jamlash, ommaviy xatti-harakatlarning bir yo'nalishdaligi, ixtisoslashganligi, 
sinxronligi afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy tuzilmalar 
(tashkilotlar) uchun vazifalarni rasmiylashtirish, ularni ro'yobga chiqarish 
usullarini stereotiplashtirish, guruhli tuzilmalarni iyerarxiyalashtirish, tashkilot 
a'zolari xulqini qat'iy boshqarish kabilar xarakterlidir. 
Ijtimoiy tashkilot - pastdagilarning yuqoridagilar hukmiga bir yoqlama 
bog'likligi (tobeligi)dan iborat - muntazam iyerarxik tuzilishga ega bo'ladi. Unda 
xulqning korporativ me'yorlari va standartlari shakllanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling