O'zbekiston respublikasi profi universitety


mafkuraviy, madaniy, huquqiy, siyosiy va boshqa “makonlarni”


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

mafkuraviy, madaniy, huquqiy, siyosiy va boshqa “makonlarni” shakllantirish 
vositasi bo'lib qoldi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy ong ko'proq differentsiyalashgan 
va tuzilishli bo'lib qoladi. 
Hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari “siyosiy tamosha” fenomenini 
ham yuzaga keltirdi, jamiyatning va ayrim siyosiy kuchlarning siyosiy hayotini 
ko'rib - bilib boradigan, hammabop qilib qo'ydi. Odamlar siyosiy hodisalarni 
guvohlari, siyosiy yoqtirish va yoqtirmaslikning tashuvchilari bo'lib qoldilar. 
Siyosiy arboblar o'zlarini targ'ibot qilishning va siyosiy safarbarlikning yangi 
imkoniyatlariga ega bo'ldilar. 
Yashirin siyosiy effektli aktsiyalarni amalga oshirish, keng ko'lamli “siyosiy 
o'yinlar”ni o'ynash imkoniyati yaratildi. Biroq, shular bilan bir qatorda siyosiy 
jarayonlar ustidan ijtimoiy nazorat qilish imkoniyati ham ortib bormoqda. 
Jamiyatning demokratizatsiyalashuvi nazoratsiz siyosiy aktsiyalarga yanada 
ko'proq to'siq qo'yadi. 
Ommaviy 
axborot 
vositalari 
xulqning 
ommaviy 
shakllarini 
boshqaruvchisi sifatida ishtirok etadi. Ular jamiyat hayotining turli jihatlarini 
aks ettiruvchi g'oyalar va tassavurlar, hissiyot va kayfiyatlar majmuini 
shakllantiradi. Ishlab - chiqarish, iqtisod, siyosat, iste'mol, muloqot, san'at, sport, 
sud voqealari va boshqalarni turli tomonlari keng yoritiladi. Bunda ommaning 
xabardorlik darajasi va ularning bilish imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari 
darajasi, qadriyatli yo'nalganligi va ustanovkalarining majmui hisobga olinadi.
Ommaviy kommunikatsiya psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir 
sohasi sifatida, ommaviy muloqotning samaradorligiga, ommaviy ustanovka-
larning mustahkamlanishi va o'zgarishiga, jamoatchilik kayfiyati va ijtimoiy 
fikrning yuzaga kelishi va amal qilishiga, odamlarning ma'lum bir xatti-
harakalarga undash, ulardan foydalanish usullariga, ma'lumotlarni o'zlashtirish va 
qayta ishlashga, uni qabul qilish yoki qabul qilmaslikka ta'sir qiluvchi ob'ektiv va 
sub'ektiv omillarning ta'sirini tadqiq qiladi.
Ommaviy kommunikatsiya idoralari faoliyatining o'ziga xosligi shundaki, 
ular odatda ma'lumotlarning manbai emas, balki ularni olib uzatuvchi 


245 
(retranslyator) bo'lib hisoblanadi. Keng auditoriya esa, retranslyatorni ma'lumot 
manbai bilan bir xil deb qabul qilishga moyil bo'ladi. 
Ijtimoiy reformatsiya davrlarida radio va televideniye xodimlari, 
jurnalistlarning roli ayniqsa yuqori bo'ladi. Ma'lum bir faktlarni tanlab olib va 
ularni o'z sharhi bilan boyitib, ular ijtimoiy ong va jamoatchilik kayfiyatini sezilarli 
darajada tashkil qiluvchi rolini bajaradi. 
Ularning ko'pchiligi o'zlari jamiyatning norasmiy liderlari bo'lib oladilar va 
kommunikatsion elitani (eng yaxshi nomoyonda) tashkil qiladi. Bu tashkilotlar 
pozitsiyalaridagi (tafovut) farqlar, ular hukumatning yuqori eshalonlariga 
yaqinlashib borgani sari kamayib boradi. Biroq, matbuot, radio va televideniye 
tomonidan aks ettirib boriladigan keskin ichki siyosiy kurash, aholining bu 
voqealardan keng miqyosda xabardor bo'lib borishiga ob'ektiv yordam beradi.
Odamlarning o'z hayotini g'oyaviy mazmun bilan to'ldirish, haqiqat, 
samimiylik va adolat uchun oxirigacha turib berishga intilishi cheksizdir. Shuning 
uchun ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy artikulyatsiyaga yo'nalganligi - 
ijtimoiy ahamiyatli xulq me'yor va qoidalarini tartibga solishi ayniqsa muhimdir.
Ommaviy kommunikatsiya tashkilotchilari siyosiy, ilmiy, madaniy - ma'rifiy 
g'oyalarni o'rtacha iste'molchi darajasiga moslashtiradi. Ular jamiyatning 
demokratizatsiyalashuviga ham, uning jadal rivojlanishiga ham va shuningdek, 
ortiqcha siyosiy tashviqod vositasida ijtimoiy ongning afsonalashuviga 
(mifologizatsiyasiga) ham sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. 
Ma'lumotni obro'li, ishonchli kommunikativ kanallar orqali uzatish, bunda 
ko'pchilik uchun yoqimli, “kumir” bo'lgan jurnalistlar, san'atkorlar, atoqli 
kishilardan foydalanish, uning ommaviy ta'sirchanligini yanada oshiradi (turli 
lotareya o'yinlari, tele-shoularning avj olishini ham shu bilan tushuntirish 
mumkin). 
Biroq, ommaviy ma'lumotlarni oluvchilar ham, shunchaki jabrlanuvchigina 
bo'lib qolmay, balki ular o'z pozitsiyalarini, ishonch va stereotiplarini saqlab 
qolgan holda, shu ma'lumotlar bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar, uni inkor qilish 
ratsionalizatsiya, proyektsiya (ma'lumotni o'z etiqodlari prizmasidan o'tkazib idrok 
qilish) va boshqa ko'rinishlardagi psixologik himoya usullaridan foydalanadilar. 
Iste'molchi ommaviy axborot bozorida o'z talablarini qo'yar ekan, shu bilan 
ma'lumotlar oqimi raqobatiga o'z hissasini qo'shadi. 
Jamiyat bilan aloqa o'rnatishning maxsus tarqalgan tizimi ijtimoiy 
kutishlarni hisobga oladi, tashkilotlar, kompaniyalar va firmalarning talab 
qilinadigan imijini yaratadi. Global axborot tizimi, Internet tizimining yaratilishi 
ijtimoiy kommunikatsiya, uning tezkorligini va teskari aloqa imkoniyatlarini 
keskin orttirib yubordi. Tarmoqli (retialь) kompьyuter kommunikatsiyasi, global 
axborot tarmoqlarini yoyib yuborar ekan, iste'molchilarning tegishli ommaviy 
global bo'g'imi (segmenti)ni tashkil qiladi. Odamlar psixikasi, ularning ehtiyojlari 
va qiziqish-larining globalizatsiyalashuviga yordam beradigan umumjahon axborot 
tarmog'i tarkib topadi. Bu, kompьyuter tizimining shakllanishiga erkin kira olish, 
qator axloqiy muammolarni yaratadi, ayrim hollarda ijtimoiy nazorat ostiga 
olinishi lozim bo'lgan ijtimoiy xavfli hodisalarni yuzaga keltiradi. 


246 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling