O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
Ijtimoiy boshqaruv - ijtimoiy rivojlanishning asoslangan dasturlarini ilgari
surishning, ijtimoiy muammolarni yechishni adekvat vositalarini qidirib topishning jamoatchilik mexanizmidir. Ijtimoiy boshqarish boshqaruv mexanizmini rivojlanganligiga, uning tizimlarini iyerarxik tuzilganligiga, ularning funktsional differentsiyalashganligiga va strategik integratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy boshqarish qator sikllar: ijtimoiy bashorat qilish - ijtimoiy loyihalashtirish - ijtimoiy rejalashtirish - ijtimoiy boshqarish - yakuniy natija va uning adekvat baholanishidan tashkil topadi. 247 Ijtimoiy boshqaruv jamiyat va uning tizimlarini, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi mezonlari va ko'rsatkichlarini aniqlash, uni rejalashtirilgan holatiga yetishish bosqichlari va vositalarini belgilash asosida progressiv rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan bo'ladi. Ijtimoiy bashorat qilish ijtimoiy rivojlanishning mumkin bo'lgan istiqbollarini tadqiq qilishni, rivojlanish alternativlarini ekspert baholash va ilmiy modellashtirish metodlaridan keng foydalangan holda aniqlashni bildiradi. Shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarning yaqin va uzoq oqibatlarini aniqlaydi. XULOSA Psixologiya, shaxs psixologiyasi muammosi, umuman psixologiyani bilish, o'rganish muammosi insoniyat taraqqiyotidagi azaliy muammolar sarasiga kiradi. Bu fanni va uning o'rshanish predmeti bo'lmish odam psixologiyasini o'rganish eng murakkab bilish ob'ektlaridan hisoblanadi. Chunki, odam doimo o'zgarishda, rivojlanishda bo'ladi. Shunday ekan uni o'rganuvchi fan ham shunga mos ravishda doimo rivojlanishda bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda biron-bir maxsus ta'limot yo'qki, u shaxsni kompleks o'rganishdek eng murakkab vazifani ishonchli hal qilsa. Albatta shaxsni o'rganishga mo'ljallangan psixologik ta'limotlar ko'p va xilma- xildir. Biroq, ularning har biri shaxsning qandaydir bir jihatini, qaysidir bir rakusda talqin qilishga yo'naltirilgan. Shaxsni kompleks o'rganishning murakkabligi, bir tomondan, buning uchun adekvat psixodiagnostik qurol, vosita ishlab chiqishning imkoni yo'qligi, uning (insonning) “eng murakkab bilish ob’ekti” ekanligi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa tomondan, shaxs haqidagi ta'limotlarning o'zida ham qator muammolar mavjudligi bilan bog'liq. Chunki, qo'llanmada ta'kidlab o'tilganidek, shaxs ko'plab ta’limotlar (psixoanaliz, psixosintez, bixeviorizm, kongnitiv psixologiya, geshtald psixologiya va boshq.) asosida va shu yo'nalishlar namoyondalari tomonidan yaratilgan o'nlab “shaxs nazariya”lari nuqtai nazaridan o'rganiladi. Bular esa shaxsni bilish uchun u bilan juda ko'p miqdorda “tuz eyish”ni talab qiladi. Bunga esa umid qilmasa ham bo'ladi. Chunki, ular xilma-xil, hatto ayrim jihatlariga ko'ra tafovutli hamdir. Ularning o'rganish ob’ekti bo'lmish shaxslarning o'zi ham xilma-xil va takrorlanmasdir. Lekin, jamiyatda bunga zarurat bor. Ayniqsa, qo'llanmada bir necha bor ta’kidlab o'tilganidek, harbiy sohada, davlat xizmatari idoralari xodimlari faolitida, shaxsni bilish, unga adekvat baho berish, uning xulqini maqsadga muvofiq tarzda yo'naltirish zarurati bor va u muvaffaqiyatli xal etilishi shart. Aksincha bo'lishi mumkin emas, bu davr, qolaversa xizmat talabi. Bu zarurat, soha xodimlari uchun, boshqa har qanday kasb egasidagiga nisbatan sezilarli darajada kuchli va uning dolzarbligi ertaga – kecha va bugungiga qaraganda ortsa–ortadiki, aslo pasaymaydi. Shunday ekan, faoliyati bevosita inson omili, odamlar ruhiy olamini bilish bilan bevosita bog'liq sohalar mutaxassislari, qo'llanmada berilgan ma'lumotlarni o'zlashtirgan holda, ularni yanada boyitish maqsadida bu boradagi bilimlarini tobora oshirib borishi lozim. Buning uchun xodim o'z ustida, o'zining psixologik savodxonligini oshirish ustida muntazam ishlashga odatlanishi lozim. Bu ishni qilish, yoqadimi, yo'qmi, qanday bo'lishidan qat'iy nazar, bo'lajak xodimning 248 ertangi faoliyati, inson omili bilan ishlashni taqozo qilar ekan, agar shu sohada o'sishni, rivojlanishni xohlar ekan (“general bo'lishni orzu qilmagan soldat – soldat emas”), shubhasiz bu boradagi mavjud ilmiy-nazariy ma'lumotlardan boxabar bo'lishga, boshqacha aytganda zamon bilan hamqadam bo'lishga odatlanish zarur. Buning uchun nima qilish kerak? Qayerda va qancha muddat o'qish kerak? Bu kabi savollarning tug'ilishi tabiiy. Ho'sh, shaxsni bilish uchun qayerda va qancha muddat o'qish kerak? Albatta savolning bu tarzda qo'yilishi noo'rin. Chunki, odam ayrim oliy o'quv yurtlarida 1,2 semestr davomida 50-100 soat miqdorida psixologiyani o'qishi (boshqa ta’lim muassasalarida undan ham kam, psixolog mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus fakultetlarda 4, 6 yil (1000-1200 soat) va undan ko'proq bo'lishi mumkin) bilan bu borada bilag'on bo'lib qolmaydi. Bu o'rinda bo'lajak mutaxassisni “qayerda” va “qancha” o'qishi emas, balki, uning “kim”ligi va “nima uchun” o'qiyotgani muhim. O'quvchining “kimligi” va “nima uchun” o'qishi uning o'quv faoliyati motivini bildiradi. Shuning uchun, mazkur qo'llanmada (va fan bo'yicha o'tkazilgan mashg'ulotlarda) tanishib chiqqanimiz, faoliyat haqida tushuncha, o'quv faoliyati motivatsiyasi, uning qanday ekanligi kabilar hal qiluvchi omil hisoblanadi. Agar kursantlarni u yoki bu bilimni o'zlashtirishga undayotgan motiv “yaxshi mutaxassis bo'lish” “elimizga – yurtimizga malakali xizmat qilish”, “bu yo'nalishda buyuk bo'lish” kabi ichki, shaxsiy ahamiyatli motivlar bo'lgudek bo'lsa, ularda shunday dunyoqarash, ma’naviyatni shakllantira olsak, unda kutilganidan-da yuqoriroq natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Qo'llanmada o'quv dasturi doirasida, u yoki bu mavzuga oid psixologik qarashlardan misollar keltirildi. Bunday bilim, malaka, ko'nikmalarga ma’lum bir darajaga erishgandan so'ng to'xtab qolmaslik, bu yo'nalishda intilishni uzluksiz davom ettirish kerak. Shunday ekan, muhtaram kursantlar, tinglovchilar, o'quvchilar, siz bu qo'llanmada berilgan materiallar yordamida erishgan natijalaringiz miqdorini “ummondan tomchi” deb aytish mumkin. Kurs davomida sizlarga psixologiyadan mashg'ulotlar o'tilgan ekan, ularda biz sizlarga, “nimani o'qish kerak?”, “qanday o'qish kerak?”, “nima uchun o'qish kerak?”, “o'qigan, o'zlashtirgan bilimlardan qachon, qayerda va qanday foydalanish mumkin?” – degan kabi savollarga javob berdik xolos. Shu bilan o'quv dasturida psixologiya fanini o'qish uchun ajratilgan o'quv soatlari tugadi. Bu esa psixologiyani o'qishingiz ham tugadi degani emas. Sizlarning o'qishinglar endi boshlanadi. Qo'llanmada berilgan materiallar orqali, Sizlarning e’tiboringizni nimalarga qaratish, nimani, nima uchun va qanday o'qish, o'rganish zarurligi haqida birlamchi ma’lumotlar berildi xolos. O'zbek xalq maqollarining birida: “Toki aqling bor ekan – odamlarni o'rgan!” - deyilganidek, siz ham toki odamlar bilan ishlar ekansiz, ular orasida yashar, faoliyat olib borar ekansiz, kelgusidagi faoliyatingiz bevosita inson omili bilan chambarchas bog'liq ekan, “odamlarni o'rganish” borasida o'z ustingizda muntazam ishlashga odatlaning va uni uzluksiz davom ettiring. Bu mashg'ulot sizning kundalik odatiy yumushlaringizdan biriga aylanishi kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling