O'zbekiston respublikasi profi universitety
guruhli ong, odat va an'analardir
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnik guruh yoki etnos
- Vatanni sevish
guruhli ong, odat va an'analardir. Katta guruh ma'lum bir psixik tuzilish bilan
xarakterlanadigan guruhli psixologiyaga ega. Har bir katta guruhda guruhli ong (partiyaviy, sinfiy, milliy), guruhli ideallar tizimi, qadriyatli yo'nalganlik, hissiy afzal ko'rish, maqullashlar shakllanadi. Ongning ayrim stereotiplashtirilgan elementlari guruhli ongsizlik jihati (“sinfiy his”)ga o'tadi. Guruhli omillar - sinf, partiya, millat va sh.k.lar, tegishli shaxs tipining shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu shaxslar guruhi - ustanovkalar va stereotiplar, xulqning ishontirilgan namunalarining tashuvchilari hisoblanadi. Ko'p sonli katta ijtimoiy guruhlar orasida ikkitasi etnik guruhlar va sinflar tarixiy jarayon sub'ektlaridir. Etnik guruh yoki etnos (grek. etnos - urug', xalq), ma'lum bir hududda tarixan shakllangan, madaniyatning stabil xususiyatlariga, tili, psixik tuzilishiga, xulqiy xususiyatlariga ega bo'lgan, o'zining birligi va boshqa o'ziga o'xshash birikmalardan farqlanib turuvchi turg'un ijtimoiy jamoadir. Tarixiy rivojlanish jarayonida etnoslar hududiy birligini yo'qotishi mumkin, lekin tili, xulq me'yorlari, urf - odatlari, madaniyatini saqlab qoladi. Etnik guruhlar madaniy yaxlitligi bilan farqlanadi, etnik o'zligini anglashga ega bo'ladi, uning asosida - mazkur etnosning barcha vakillarini kelib chiqishining umumiyligi, ajdodlarining birgalikdagi tarixiy tajribalari haqidagi tasavvurlari yotadi. Rivojlanishning yuqori bosqichida ko'pchilik elatlar, urug'lar (etnoslar) turg'un ijtimoiy - iqtisodiy yaxlitlikni - millatni (lot. natio - xalq) tashkil qiladi. Etnik jamoalar psixologiyasida etnosning psixik tuzilishi, uning xarakteri, temperamenti, axloqi, urf-odatlari, turg'un etnik (milliy) hislari farqlanadi. Millat, xalq, etnos - o'z tili, an'analari, xulq me'yorlari va etnik qadriyatlar tizimiga ega bo'lgan, tarixiy shakllangan, madaniy ijtimoiy jamoadir. Odamlar psixikasining etnik xususiyatlarini etnopsixologiya o'rganadi. Biroq umumiy va ijtimoiy psixologiya doirasida ham xarakterning milliy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Odamning milliy xususiyatlari uning psixofiziologiyasi, hissiy - irodaviy, xulqiy xususiyatlarida namoyon bo'ladi. Har bir xalqning o'z atalishi - o'z nomi 240 (etnonimi) va o'zini-o'zi anglashi bor. Biroq etnik o'zligini anglash - ikkilamchi hodisa bo'lib, u etnos hayotiy faoliyatining ob'ektiv shart-sharoitlari hosilasidir Etnoslar odamlarning xohishiga ko'ra emas, balki ob'ektiv tarixiy jarayonlarning borishida yuzaga keladi. Bu ob'ektiv sharoitlar ta'siri ostida xalq turmush tarzining etnik xususiyatlari, uni vakillarining psixologik tuzilishi shakllanadi. Milliy xarakter xususiyatlari - bu milliy o'zini-o'zi anglash, xususiyatlari, xalqning tarixiy xotirasi, odamlar ongida muhim ijtimoiy-psixologik jarayonlarni aks ettirish va bu asosda o'zini boshqa xalqlardan farqlashdir. Xalq xotirasida o'tmishning tarixiy qarama-qarshiliklari (kolliziyalari) va yirik milliy - madaniy yutuqlari chuqur iz qoldiradi. Har qanday millatga mansub kishi, o'zining madaniy - tarixiy va tabiiy muhitida tug'ilib o'sar ekan, ilk bolaligidanoq uning kuchli ta'siri ostida bo'ladi (birlamchi ta'sirning ustivorligi effekti yuzaga keladi). Hayot tongi, odamni, u beshikdaligida va ilk bolaligida o'rab olgan muhit, omillar, uning kindik qoni to'kilgan joy, o'ziga xos jalb etib turuvchi kuchga ega bo'ladi. Vatanni sevish - eng kuchli insoniy hislardan biridir. Uning asosida millat fahri, milliy iftihor shakllanadi, u hatto ayrim hollarda aktsentuatsiyalashtirilib yuborilishi ham mumkin. Millatchilik, bir millatni afzalligi, boshqalardan ustunligi g'oyasi, ob'ektiv asosga ega bo'lmay, milliy o'zini-o'zi anglashda voqelikni buzib aks ettirish holati hisoblanadi. Millatlararo o'zaro munosabatlar uchun tarixiy o'tmish bilan shartlangan idrok stereotiplari xarakterlidir. Turli stereotiplarga asoslangan holda etnik guruhlar yutuqlarini baholash, odatda o'ta yuzaki bo'ladi. Ko'pincha ular etnotsentrizm - o'z etnosiga etalon sifatlarni berish bilan shartlanadi. Etnos ongida olamning etnik kartinasi shakllanadi. Bu maxsus dunyoqarashli yo'nalish bo'lib, uning muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari xususiyatlarini belgilab beradi. Elat va elatlararo hayot hodisalarini, boshqa etnik jamoalarning psixik sifatlari haqidagi oldindan taxmin qilingan tasavvurlaridan kelib chiqqan holda, ma'lum bir, steriotiplashgan tarzda idrok etiladi. Bu tasavvurlar asosida, ayrim hollarda elatlararo nizolarga, ijtimoiy jamoalarni etnik belgilariga ko'ra taraflarga (qutublarga) bo'lishga olib kelish mumkin bo'lgan impulьsiv xulq, reaktsiyalar yuzaga keladi. Ko'pchilik hollarda etnik qarama-qarshiliklar emas, balki ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar elatlararo nizolarning manbai bo'lib hisoblanadi. Biroq elatlararo nizolarning o'sishida shubhasiz negativ etnik stereotiplar, o'sib borayotgan etnotsentrizm ishtirok etadi, milliy ideologiya dolzarblashadi. Bunda elatlararo nizolarni boshqarish keskin qiyinlashib ketadi. Bunday boshqarish faqat nizolashayotgan tomonlarning asosiy manfaat- larini zudlik bilan, shoshilinch qondirilishi, milliy yetakchilarning tinchlikparvar pozitsiyasi, elatlararo nizolar ob'ekti ahamiyatliligini pasaytirish kabilar orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida katta ijtimoiy jamoalar o'rniga ijtimoiy Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling