O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatidagi tuzilishi uning asosiy mezonlari 
(tushunchalari, kriteriyalari) tizimi bilan belgilanadi. Bular:
- ijtimoiy jamoa tushunchasi; 
- ijtimoiy rasmiy va ijtimoiy norasmiy jamoalardagi odam xulqi 
xususiyatlari;
- ijtimoiy guruhlar tushunchasi, ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi; 
- kichik guruhlarning ijtimoiy - psixologik tuzilishi;
- ijtimoiy guruh sharoitlarida individual xulqning modifikatsiyasi 
(muvofiqlashuvi); 
- muloqotning ijtimoiy o'zaro munosabat vositasi ekanligi; 
- muloqot jarayonida shaxslararo o'zaro munosabat; 
- katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi; 
- ommaviy kommunikatsiya va ijtimoiy hodisalar psixologiyasi; 
- ijtimoiy boshqaruv psixologiyasi. 
Ijtimoiy psixologiya metodlari. Ijtimoiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot 
metodlari: tabiiy va laboratoriya eksperimenti, qo'shilgan kuzatish, anketa, 
so'rovnomalar, intervьyu, kontent-tahlil, omilli tahlil, sotsiometriya, ekspert 
baholash, bir-biriga tobe bo'lmagan tavsifnomalarni umumlashtirish metodlari va 
boshqalardir. 
Sotsium_individual_xulqni_tashkil_qilish_omili_sifatida_Ijtimoiy_jamoa'>2 §. Ijtimoiy jamoalar tushunchasi va turlari. 
Sotsium individual xulqni tashkil qilish omili sifatida 
Ijtimoiy jamoa - individlarning ma'lum bir ijtimoiy xatti-harakat yaxlitligini 
kashf etuvchi sub'ekt sifatidagi - ijtimoiy, siyosiy, ishlab-chiqaruvchi, madaniy 
yoki etnik majmuidir (millatlar, partiyalar, jamoatchilik va ishlab-chiqarish 
tashkilotlari, madaniy jamoalar va sh.k.). Barcha ijtimoiy jamoalar sotsiumga 
integratsiya qilinadi. Sotsium (lot. socium - umumiy, birgalikdagi) - turg'un 
ijtimoiy jamoa bo'lib, madaniyatining umumiyligi va hayotiy faoliyati 
sharoitlarining birligi bilan, shaxs munosabatda (aloqada) bo'ladigan ijtimoiy 
muhit bilan farqlanadi. 
Har bir davr o'zining madaniy-tarixiy sotsiumini, o'z etnosi - madaniy 
muhitini, olamni sezish uslubini, o'z-o'zini ijtimoiy tashkil qilish xususiyatini, 
ma'lum bir xulq namunalarini tashkil qiladi. Mazkur sotsium doirasida, unga 
kiruvchi ijtimoiy jamoalar, guruhlar va ayrim individlar faoliyati umumiy 
an'analar, urf-odatlar, axloqiy me'yorlar va qonun qoidalar bilan boshqariladi. 


208 
Individ ayrim vaziyatli ijtimoiy ahamiyatli sharoitlarga ijtimoiy shartlangan 
(determinlashgan) mavjudot sifatida munosabat bildiradi. 
Jamiyat - iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo'lgan muayyan ijtimoiy 
tizim, yaxlit ijtimoiy tashkilot sotsiumdir. Jamiyat tarkibida guruhli va ommaviy 
jamoalar farqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling