O'zbekiston respublikasi profi universitety
individ psixologiyasining ijtimoiy shartlanganligini tan olinganligi bo'ldi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
individ psixologiyasining ijtimoiy shartlanganligini tan olinganligi bo'ldi.
Psixologiyani individ psixologiyasi deb talqin qilish to'xtatildi. Umumiy psixologiya imkon qadar ko'proq ijtimoiy psixologiya bilan yaxlitlashib (integrallashib) bordi. Chet ellarda “maishiy” psixologik tajriba, interaktiv tadqiqotlar keng ko'lamda yo'lga qo'yila borildi. O'tgan asrning 20-yillarida, sovetlar tuzumining dastlabki yillarida, sobiq ittifoqda ham ijtimoiy psixologiya jadal rivojlandi. Biroq u vaqtlarda hukumron bo'lgan refleksologiya va reaktologiya zaminida ijtimoiy 206 psixologik muammolar biologizatorlik yo'nalishini olgan edi. So'ngra bu yo'nalishning tanqidi ijtimoiy psixologiyaning tanqidiga aylanib ketdi. 20- yillarning oxiriga kelib ijtimoiy psixologiya, go'yo marksistik g'oya bilan baxslashuvchi ta'limotdek qabul qilinib, o'sha davr siyosati uchun o'z mohiyatini yo'qota bordi. 1937 yilda qabul qilingan VKP (b) ning ma'lum va mash'um “Xalq ma'orifi komissariyatidagi pedalogik buzilishlar haqida”gi qaroriga binoan esa ijtimoiy psixologiyaning keyingi rivojiga butunlay barham berilgan edi. O'tgan asrning 60 yillarining oxiriga kelib ijtimoiy psixologiya yana asta- sekinlik bilan rivojlanish yo'liga o'tdi. Turli xil eksperimental, nazariy va amaliy ijtimoiy psixologik tadqiqotlar o'tkazila boshlandi. Biroq, u vaqtlarda sobiq ittifoqda ijtimoiy psixologiya yutuqlari izchil tizimga keltirilmagan edi. Uning tom ma'noda yo'lga qo'yilishi 80-90 yillarga kelib amalga oshirila boshlandi. Bu vaqtga kelib ijtimoiy psixologiya, psixologiya fanlarining yetakchi sohalaridan biriga aylana bordi. Sobiq ittifoqning so'nggi o'n yillarida ijtimoiy psixologiya muammolari, qator psixologiya ilmiy tadqiqot institutlarida, oliy o'quv yurtlarining psixologiya fakulьtetlarida (SSSR FA Psixologiya ITI, PFA Umumiy va pedagogik psixologiya ITI, Moskva, Leningrad, Kiyev, Tbilisi, Tartu, Yaroslavlь universitetlarida) keng o'rganila boshlandi. Sobiq ittifoqning atoqli psixolog olimlari G.M.Andreyeva, A.A.Bodalev, Ye.S.Kuzьmin, B.D.Parigin, A.S.Chernishevskiy, Ye.V.Shoroxova, M.G.Yaroshevskiy, A.V.Petrovskiy, N.N.Obozov, K.K.Platonov va ularning xodimlari, shogirdlari tomonidan ko'plab ilmiy psixologik tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bizning mamlakatimizda dastlabki ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar ham o'tgan asrning so'nggi o'n yilliklariga kelib, 85-90 yillardan boshlab o'tkazila boshlandi. 1989 yilda bizning respublikamizda, o'sha vaqtdagi O'zbekiston Respublikasi KP MK huzurida: “O'zbekiston SSJda o'zbek ayollarining o'z-o'zini yondirishining ijtimoiy psixologik sabablarini o'rganish” ilmiy-amaliy laboratoriyasi tashkil etilgan (shu satrlar muallifi mazkur laboratoriyada xizmat qilgan. Keyinchalik mazkur laboratoriya zaminida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Respublika Oila ilmiy-amaliy Markazi”, undan- da keyinroq “Mahalla va oila” vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti faoliyat ko'rsatgan). Shu vaqtga kelib mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan qator o'zgarishlar, yoshlar, ayniqsa talaba yoshlar ijtimoiy faolligining ortishi, kabi holatlar ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar o'tkazish zaruratining ortishiga va ijtimoiy psixologik bilimlarning yanada dolzarblashuviga asos bo'ldi. Bu davrga kelib respublikamiz psixologlari tomonidan dastlabki ijtimoiy psixologik tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi. Ular faoliyatining mahsuli sifatida respublikamiz olimlari tomonidan dastlabki ijtimoiy psixologik, etnopsixologik xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Olimlarimizning ilmiy kontseptsiyalari yaratildi, soha bo'yicha olimlar yetishib chiqdi. Bular qatorida psixologiya fanlari doktorlari, professorlar M.G.Davletshin, G'.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov, B.M.Umarov, M.A.Utepbergenov, U.D.Qodirov, R.A.Abdurasulov va psixologiya fanlari nomzodlari Z.R.Dushaboyev, E.N.Sattorov, M.Yu.Atadjanov, N.A.Sog'inov, T.M.Adizova, 207 T.B.Norimbetov, M.S.Salayeva va boshqalar rahbarligida amalga oshirilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlarni aloxida ta’kidlab o’tish mumkin. Biroq, aksariyat hollarda bunday ishlar tajriba materiallarini bayon etish darajasidagina qolib ketganligi kuzatiladi. Bugungi kunga kelib respublikamizda, o'z yechimini kutayotgan shunday ijtimoiy psixologik muammolar mavjudki, ularni hal etish ijtimoiy-psixologiya, etnopsixologiyani jadal rivojlanishiga munosib hissa bo'lib xizmat qilishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling