O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Burch hissi - odam tomonidan ijtimoiy majburiyatlarni anglash va qabul 
qilishdir. Burch hissi vijdon va shon-sharaf hislari bilan munosib keladi. 
Vijdon - shaxsning o'zini-o'zi axloqiy nazorat qila olishga qodirligi, o'zini-
o'zi axloqiy anglash mezonidir. 
Shon-sharaf (izzat-hurmat) hissi – xulqning, mazkur jamiyat uchun va 
shaxsning o'zi uchun ham ahamiyatli bo'lgan jihatlariga nisbatan o'ta emotsional 
sezgirlik. 
Burch hissi, ijtimoiy javobgarlik, mas'uliyatlilik, vijdon va shon-sharaf hissi, 
ijtimoiy adaptatsiyalashgan xulqning asosini tashkil qiladi. Bu axloqiy hislarning 
barchasi shaxsning ko'tarinki o'zini-o'zi nazorat qilishi, uning ma'naviy o'zini-o'zi 
tuzishi (qurishi)dir.
Murakkab (og'ir) vaziyatlarda axloqiy qarorlarni qabul qilish - bu individni 
o'zining insoniy mohiyatini tasdiqlashidir. 
Estetik hislar (grek. aisthetiros - sezuvchi, his qiluvchi) - atrofdagi o'rab 
turgan narsalar olami va ijtimoiy muhitdagi go'zallikni his qilish, idrok qilish, 
go'zallikka qadriyatli ahamiyat berish.


198 
Go'zallikni, narsalar va hodisalarning nafisligini, san'at asarlarining badiiy 
qimmatini idrok qilish va baholay olish - individni psixik rivojlanganligining 
asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. 
Estetik hislar ko'p jihatdan san'at vositalari orqali shakllantiriladi. San'at
voqelikning muhim jihatlarini obrazli aks ettirilishi bo'lib - odamning 
ideallashtirilgan voqelikni aks ettirilishini simvolli tushuna olish qobiliyatiga 
mo'ljallangan. Odamning hayoliga tayanar ekan, san'at bevosita tajriba doirasini 
kengaytiradi, odamning ideal intilishlarini shakllantirish vositasi bo'lib xizmat 
qiladi. 
San'at odamning ma'naviy olamini boyitadi, uni kundalik hayotdan (hayot 
tashvishlaridan) yuqori qo'yadi va o'zining eng yuqori ko'rinishlarida katarsis 
(grek. katharsis - tozalanish)ni, emotsional to'lqinlanish orqali ruhan (ma'naviy) 
qayta tug'ilishni amalga oshiradi. Haqiqiy san'at asarlari axloqiy imkoniyatlarni 
(potentsiallarni) tashuvchisi bo'lmish, tegishli (munosib) xulqiy ustanovkalarni 
shakllantiradi.
Estetik hislar nafaqat go'zallik va xunuklikni his qilishdagina emas, balki 
komik va tragik (quvnoq va fojiali) kechinmalarni his qilishda ham namoyon 
bo'ladi. Kulgili, komik holatlar odatda qandaydir kutilmagan nomutanosib 
vaziyatlarda yuzaga keladi. Yumorda jiddiy narsalar kulgili niqoblar ostida ifoda 
etiladi. 
Komik hodisalarni idrok 
etish, 
ekspressiv hissiyot - psixik 
yengillashishning ixtiyorsiz reaktsiyasi, kulgi bilan kuzatiladi.
Lekin, hamma narsaning ustidan kulib bo'lmaydi. Odamlarning qayg'u-
alami, tashvishi, azoblanishi va ijtimoiy qadriyatlarning buzilishi ustidan 
kulinmaydi. Bu o'rinda, yana bir estetik his – fojeani ham farqlab o'tish joiz. Fojea 
hissi - bu ko'tarinki - hayajonli his, beqiyos, bebaho va yuqori qadrlanadigan 
narsasini yo'qotish hissi. Bu his ham, shaxsning o'zini-o'zi qayta qurishi, hayotiy 
chidamliligining tasdiqlanishi, uning taqdir zarbalaridan bukilmasligi kabilar bilan 
bog'liq.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling