O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

 
 


190 
 
4 §. Nizoli emotsional holatlar 
(stress, affekt, frustratsiya) 
Stress (lot. strees -zo'riqish) - o'ta kuchli qo'zg'atuvchi ta'sirida yuzaga 
kelgan, nerv-psixik ortiqcha zo'riqish. Stress - juda qiyin, xavfli holatlardan chiqish 
yo'lini topish, o'ta murakkab sharoitlarga moslashish uchun organizm kuchlarini 
ommaviy safarbar qilishdir.
O'ta kuchli qo'zg'atuvchilar - stressorlar vegetativ o'zgarishlarni yuzaga 
keltiradi (tomir urishi tezlashadi, qonda qand miqdori ortadi va sh.k.) - organizm 
jadal xatti-harakatlarga tayyorlanadi. O'ta og'ir sharoitlarga javoban odam himoya 
reaktsiyalari kompleksi bilan javob beradi.
Individ hayoti uchun xavfli bo'lgan barcha holatlarda so'zsiz stress yuzaga 
keladi. Surunkali stress holati, hayot uchun xavfli vaziyatlarda uzoq muddat qolib 
ketish orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Stress sindromi ko'pincha odam istiqboli 
uchun xavfli vaziyatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda u qo'rqoqlik, 
kasbiy nomutanosiblik va shu kabilar bilan o'zini sharmanda bo'lishidan qo'rqadi. 
Stress holatiga o'xshash holatlar, muntazam hayotiy muvaffaqiyatsizliklar tufayli 
ham yuzaga kelishi mumkin.
Stress tushunchasi kanadalik olim Gans Selьe (1907-1982) tomonidan ilmiy 
muomalaga kiritilgan. U, stressga organizmning jismoniy va psixik shikast 
yetkazishi mumkin bo'lgan ta'sirlarga nisbatan bildiradigan adaptatsion - 
himoya munosabatlari majmui, deb ta'rif beradi. 
Stressli holatlarning rivojlanishida G.Selьe uch bosqichni farq-laydi:
1) xavotirlanish (hayajon); 2) qarshilik ko'rsatish; 3) tugash (tamom bo'lish). 
Xavotirlanish munosabati shok bosqichi (fazasi) (markaziy nerv sistemasi 
depressiyasi) va shokka qarshi bosqichdan (buzilgan psixik funktsiyalar qayta 
tiklanishi fazasidan) tashkil topadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling