O'zbekiston respublikasi profi universitety


faoliyatga ta'sirining davomiyligiga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

faoliyatga ta'sirining davomiyligiga bog'liq ravishda farqlanadi. 
Hissiyot va hislarning sifatiy o'ziga xosligi odam tegishli hodisaga qanday 
munosabatda bo'lishiga ko'ra namoyon bo'ladi. Hissiyot va hislarda aks 
ettirilayotgan voqelik, qanchalik ahamiyatligiga bog'liq ravishda chuqur va sayoz 
hissiyotlar va hislar farqlanadi. 
Faoliyat faolligiga ta'sir ko'rsatishiga bog'liq ravishda hissiyot va hislar 
stenik (grek. sthenos - kuch) va astenik turlarga farqlanadi. Stenik hislar faol 
faoliyatga undaydi. Astenik hislar esa odamni holsizlantiradi, uning kuchini bo'g'ib 
qo'yadi. 
Faoliyat tuzilishida asosiy hissiyotlarni faoliyat maqsadini, uning strategik 
yo'nalganligini va ulardan kelib chiqadigan operatsional (amaliy) hissiyotlarni 
farqlash mumkin. 
Asosiy hissiyotlar individ turmush tarzining yo'nalganligini belgilaydi. 
Operatsional hissiyotlar esa – uni, faoliyatning turli shartlariga, erishish mumkin 
bo'lgan natajalarga munosabatini belgilaydi. Maqsadga erishishga yordam 
beradigan nimaiki bo'lsa ijobiy hissiyotni yuzaga keltiradi, unga halaqit qiluvchilar 
esa salbiy hissiyotni yuzaga keltiradi. 
Asosiy hissiyotlarning klassifikatsiyasi individning asosiy ehtiyojlari 
klassifikatsiyasi bilan mos keladi. Hosila hissiyotlar esa klassifikatsiya qilinmaydi 


188 
- ular odamlar hayotiy faoliyati qanchalik xilma-xil bo'lsa, shunchalik xilma-xildir. 
Hosila hissiyotlar ko'zlangan maqsadga erishishning eng samarali yo'nalishlarini 
belgilab beradi, buning uchun eng ahamiyatli bo'lgan vosita va sharoitlarni 
aniqlaydi. 
Yetakchi emotsional - boshqaruv mexanizmi, bu muvaffaqiyatga erishish - 
muvaffaqiyatsizlik hissiyotidir. Muvaffaqiyat hissiyoti maqsadga erishishning 
boshlang'ich qo'zg'atuvchilarini kuchaytiradi, muvaffaqiyatsizlik hissiyoti esa 
tormozlaydi, gohida hatto faoliyatni ham izdan chiqarishi mumkin. Quvonch, 
hayrat, qoniqishning mumkin bo'lgan barcha ko'rinishlari bir tomondan, 
muvaffiqiyat - muvaffaqiyatsizlikning asosiy hissiyotlarini o'zida namoyon qiladi. 
Odam o'zi duch kelishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyati va muvaf-
faqiyatsizligi, quvonch va tashvishlari tajribalarini umumlashtiradi. U hamisha 
“ovvora bo'lishga arziydimi yoki yo'qmi”ligini ma'lum darajada aniq belgilab 
olishga qodir. Favqulotda vaziyatlarda muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik 
hissiyotlari hayratlanish, qo'rquv yoki g'azab affektlariga o'zgaradi. 
Shunday qilib, barcha hissiyotlar mazkur odam uchun turli hodisalarning 
biologik yoki ijtimoiy asoslangan ahamiyatliligi vektori (yo'nalishi) bo'yicha 
tuzilgan bo'ladi. 
Hissiyotlar mazmuniy o'ziga xosligiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) 
sezgilarning hissiy plani; 2) hissiy javob (xayrixohlik hissi); 3) kayfiyat; 4) nizoli 
emotsional holatlar: stress, affekt, frustatsiya; 5) oliy hislar - his. 
Turli sezgilar (hid, rang, tovush va sh.k.) biz uchun yoqimli, neytral yoki 
yoqimsiz hisoblanadi. Sezgilarning hissiy toni - bu bizning sezgilar sifatiga 
munosabatimiz, ob'ektning ehtiyojli xususiyatlarini psixik aks ettirishdir. Bizga 
gullarning hidi, sharsharaning shovqini, ufqdagi osmon rangi va shu kabilar 
yoqadi, lekin aynigan hid, tormozlarning g'ijirlashi yoqmaydi. 
Ayrim qo'zg'atuvchilar ta'siriga hatto organik og'riqli jirkanish - 
idiosinkraziya
1
yuzaga keladi. 
Hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan qo'zg'atuvchilarga hissiy munosabatda 
bo'lish nasldan-naslga beriladi. Bu organizmning zararli (zaharli) ob'ektlarga ilk 
bor duch kelgan vaqtdayoq unga tegishli munosabatda bo'lishni ta'minlaydi. 
Turli ta'sirlarning emotsional (hissiy) toni, xotirada mustahkamlanadi
keyinchalik esa turli idrok va tassavvurlarda ishtirok etadi. 
Emotsional (hissiy) xotira, odamning hissiy tajribasi, tushunarli ma'lumotlar 
taqchilligi sharoitlarida ish tutish zarur bo'lib qolgan holatlarda muhim rolь 
o'ynaydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling