O'zbekiston respublikasi profi universitety


Stressga chidamlilikni maxsus shakllantirish mumkin


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Stressga chidamlilikni maxsus shakllantirish mumkin. Zo'riqishli 
vaziyatlarda olinishi mumkin bo'lgan shikastlovchi zo'riqishlardan odam o'zini-o'zi 


192 
himoya qilishining qator usullari mavjud. Stressli vaziyatlar to'satdan yoki asta-
sekin yuzaga kelishi mumkin. Stress asta-sekin yuzaga keladigan holatlarda odam 
ma'lum bir vaqt stress-oldi holatida bo'ladi. Bu vaqtda u tegishli psixologik himoya 
maqsadida biron bir chora, usul, ko'rishi mumkin.
Bunday usullardan biri - ratsionalizatsiya hisoblanadi. Bunda yaqinlashib 
kelayotgan salbiy hodisa har tomonlama tahlil qilinadi, uning noaniqlik darajasi 
pasaytiriladi, uning ichiga kirib, unga oldindan moslashib boriladi, kutilmaganlik 
(to'satdanlik) effekti bartaraf qilinadi. Shaxsiy ahamiyatga ega bo'lgan stressli 
vaziyatlarni, ularning qadrsizlantirish, ahamiyatini pasaytirish yo'llari bilan 
psixologik shikast yetkazishi ehtimol bo'lgan ta'sirini pasaytirish mumkin.
Individning nizoli emotsional holatlaridan yana biri affektdir. Affekt holati 
stressdan o'zining jo'shqinligi bilan farq qiladi. Affekt (lot. affectus - ruhiy 
hayajon, ehtiros) - keskin nizoli vaziyatlarda to'satdan yuzaga keluvchi, xaddan 
tashqari nerv-psixik (asabiy) qo'zg'alish holati. Affekt ongning vaqtincha buzilishi 
(uning torayishi) va impulьsiv reaktsiyalarning keskin faollashuvi ko'rinishida 
namoyon bo'ladi.
Affekt - o'ta nizoli (keskin) vaziyatlardagi emotsional portlashdir. Mazkur 
odam uchun juda og'ir bo'lgan haqoratdan (qattiq) xafa bo'lish, xavfning to'satdan 
yuzaga kelishi, chuqur jismoniy zo'riqish (zo'rlanish) - bu holatlarning barchasi 
shaxsning individual xususiyatlariga bog'liq ravishda affektni keltirib chiqarishi 
mumkin.
Affekt holati, odam xatti-harakatini ongli boshqarishining sezilarli darajada 
buzilishi bilan xarakterlanadi. Affekt holatida odam xulqi oldindan o'ylangan 
maqsad bo'yicha emas, balki shaxsni butunlay qamrab olgan hissiyotlar bilan

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling