O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashabbuskorlik holati
2 §. Irodaviy holatlar
Faoliyatni irodaviy boshqarish qator irodaviy psixologik holatlar tizimida namoyon bo'ladi. Bular: tashabbuskorlik, maqsadga intiluvchanlik, ishonchlilik, qat'iylik, tirishqoqlik va boshq. Bu irodaviy holatlar o'z majmuida butun faoliyat davomida namoyon bo'ladi. Biroq, faoliyatning ba'zi bir bosqichlarida ayrim irodaviy holatlar yetakchi ahamiyat kashf etadi. Masalan, maqsadni tanlab olish - maqsadga intiluvchanlik bilan bog'liq, qaror qabul qilish esa - qat'iylik holati bilan, xatti-harakatlarni bajarish esa - tirishqoqlik bilan bog'liq va h.k. Irodaviy xatti-harakatlarni faoliyat tuzilishiga muvofiq ravishdagi ketma- ketlikda ko'rib chiqamiz. Tashabbuskorlik holati kelayotgan, olinayotgan (mavjud) ma'lumotlarni qayta ishlash, birinchi navbatdagi muammolarni aniqlab olish va eng ahamiyatli maqsadlarni, ularga erishish yo'llarini belgilab olish bilan xarakterlanadi. Tashabbuskorlik holati - bu maqsadni qidirishga bo'lgan ko'tarinki intilishdir. Agar bir necha maqsadlar mavjud bo'lib qolgudek bo'lsa, qat'iylik holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Qat'iylik - bu masadlarni va ularga erishish usullarini asosli va tez aniqlab olishga safarbar qilinadigan psixologik holatdir. Qat'iyatlilik holati psixikaning emotsional va intellektual faolligining ortishi (ko'tarinkiligi) bilan bog'liq. Qat'iylik nafaqat hissiyotlar bilan uyg'onadi, balki turli hissiyotlarni bosish bilan, faol aqliy 181 faoliyat bilan, vaziyat va xatti-harakatning bo'lajak natijasini (oqibatini) oldindan ko'rish o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni hisobga olish bilan uzviy bog'liq. Turli odamlarda qat'iyatlilik holati turlicha individual-tipologik xususiyatlarga ega. Ba'zi bir odamlar har bir qarorini jamiyat tomonidan (ijtimoiy) ma'qullangan qandaydir - bir g'oyaga, tamoyilga, sxemalarga moslashtirishga (to'g'rilashga) harakat qiladilar (“qoidasi shunaqa”, “shunday qabul qilingan”, “ko'rsatma shunaqa” va sh.k.). Ma'lum bir tamoyillarga bo'ysunish, qaror qabul qilishni yengillashtiradi. Biroq, bunda noadekvat, qoloq (qotib qolgan) xulqning namoyon bo'lish ehtimoli ortishi mumkin. Boshqa odamlar esa, qaror qabul qilishda vaziyat taqozosiga ko'ra, ularni o'zgartirishga aralashmay (“nima bo'lsa bo'lar” tarzida), ularning yechimini boshqa odamlarga ishongan (topshirgan) holda ish tutishni ma'qul ko'radi. Qat'iylik holatining individual-tipologik xususiyatlaridan biri tezkor, asoslanmagan, impulьsiv qaror qabul qilish hisoblanadi. Bu ayrim odamlarning zo'riqishli motivlar kurashi holatidan imkon qadar tezroq xalos bo'lishga intilishi bilan tushuntiriladi. Bu o'rinda tashqi ko'rinishiga ko'ra qat'iylikdek tuyulgan holat zaminida faoliyatni irodaviy boshqarishning yetarli emasligi yashiringan bo'ladi. Haqiqiy qat'iylik esa, barcha alьternativ qarorlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olish asosida, nisbatan tezda bironta qat'iy qarorga kelishni talab qiladi. Biroq, qat'iylik holatidagi sub'ektiv tafovutlarga qaramay, qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir qiladigan ob'ektiv omillar ham mavjud. Bunday omillarga vaqt tanqisligi, odam oliy nerv faoliyatining tipi, signal sistemalarining o'zaro munosabati xususiyatlari va shu kabilar misol bo'la oladi. Masalan, birinchi signallar sistemasining ikkinchi signallar sistemasi tomonidan yetarlicha boshqarilmasligi oqibatida odam havotirlanishni, xaotik reaktsiyalarni namoyon qiladi. Ikkinchi signallar sistemasining birinchi signallar sistemasi bilan yetarlicha bog'lanmaganligida - ortiqcha “nazariylashtirish”, qaror qabul qilishni cho'zib yuborish kuzatilishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling